O'zbekiston FIFA reytingida 59-o'ringa tushdi
05 iyu 2014 14:04
Yangiliklar
O'zbekiston FIFA reytingida 59-o'ringa tushdi
FIFA milliy terma jamoalarning may oyi uchun yangi reytingini elon qildi.
Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi xuddi o'tgan oydagidan 6 pog'ona pastlab 59-o'ringa tushib qoldi. Ayni paytda Mirjalol Qosimov
shogirdlari 539 ochkoga egalar. Terma jamoamiz Osiyoda to'rtinchi o'ringa tushdi.
Osiyo qitasida hamon Eron termasi peshqadam. Forslar 43-o'rindalar. Yaponiya esa 46-o'rinda. Janubiy Koreya 57-o'rinda bormoqda. Avstraliya 66-o'ringa tushib ketdi.
Osiyo Kubogi-2015dagi raqiblarimizning o'rinlari:
KXDR - 146
Xitoy - 103
Saudiya Arabistoni - 90
OFK CHaqiruv kubogini qo'lga kiritgan Falastin terma jamoasi 71 pog'ona yuqorilab 94-o'ringa chiqib oldi.
Umumiy ro'yxatni hamon Ispaniya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ulardan so'ng Germaniya va Braziliya terma jamoalari joy olishgan.
To'liq reyting bilan FIFA rasmiy saytida tanishib olish mumkin bo'ladi.

Fikrlar