O'zbekiston - Falastin. Ertaga o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
17 noya 2019, 18:17
O'zbekiston va Falastin terma jamoalaring o'zaro o'yini oldidan ertaga 18 noyabr kungi tadbirlar rejasi.

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirokidagi matbuot anjumani “Paxtakor” stadionida soat 15:30da boshlanadi. Jamoamizning rasmiy mashg'uloti esa 16:00da start oladi va 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi.

Falastin terma jamoasi bosh murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumani 16:45da boshlanadi. Soat 17:15da esa Falastinlik futbolchilar “Paxtakor” stadionida mashg'ulot o'tkazadi. Mashg'ulot jarayonining dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi, - deb xabar berdi O'FA matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia