So’nggi yangiliklar

01:36Аморим Бруну ҳақида: "У даволанаётганда ҳам машғулотларга келади. Менинг ишимни олмоқчими ёки йўқми билмайман, лекин бу йигит – етакчи"  0 01:01Қайта ташкил этилган "Ғазалкент" ўзининг илк назорат учрашувини ўтказди  0 00:51"Манчестер Сити" кейинги 48 соат ичида трансфер борасида эълон қилиши мумкин  0 00:28Фабио Каннаваро Акмал Мозговой ва Отабек Шукуров ўйинини стадиондан томоша қилди  3 23:53Роналдо машғулотлар ҳақида: "Мени 15 километрлаб югуришга мажбур қилишарди, аммо бу менга керак эмас эди"  3 23:28Араухо "Барселона" машғулотларига қайтди. Ҳимоячи психологик муаммолар сабаб танаффус олганди  0 22:54БАА. Отабек Шукуров голли пас берди, Мозговой захирадан ўйинга қўшилди, уларнинг жамоаси ғалабага эришди  0 22:31"Нефтчи" Championat.asia да чиққан хабарга муносабат билдирди   10 21:43Аморим МЮ схемаси ўзгариши ҳақида: "Қарор ОАВ босими туфайли қабул қилинмади. Агар футболчилар тизимни матбуот сабаб ўзгартирдим деб ҳисоблашса, бу мураббий учун якун демакдир"  0 21:08"Фенербахче" Нкункуни сотиб олиши мумкин  1 20:23Сунатилло Абдуллажонов - "Сурхон" футболчиси  0 19:55"Бунёдкор" стадионида йил якунига бағишланган маданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди  3 19:29Ринкон: "Винисиус билан "Реал" ўз йўлидан адашди"  3 19:17Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  22 19:07Эшитдик-да! "Сўғдиёна" футболчиси "Навбаҳор"га ўтди  4

O'zbekiston – Eron uchrashuviga prevyu Yangiliklar

O'zbekiston – Eron uchrashuviga prevyu

Avval xabar berganimizdek, Jahon chempionati-2018 saralash bosqichi o'yinlari arafasida turgan O'zbekiston milliy terma jamoasi 11 iyun kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Eron terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tgazadi.

Ushbu o'yin O'zbekiston hamda Eron terma jamoalari o'rtasidagi oltinchi uchrashuv bo'ladi.

Bugunga qadar bu jamoalar turli musobaqalar hamda o'rtoqlik o'yinlari doirasida besh bora to'qnash kelishgan.

Bu o'yinlardan uchtasida Eron terma jamoasi ustun kelgan bo'lsa, bir bora O'zbekiston g'alabaga erishgan. Bir uchrashuv esa durang bilan nixoyasiga etgan.

Jamoalarning o'zaro o'yinlari doirasida qayd etilgan eng yirik hisob - 4:0. Aynan shu hisobda eronliklar Bangkokda bo'lib o'tgan XIII Osiyo o'yinlari chorak finalida g'alabaga erishgan.

O'zbekistonning Eron ustidan bugunga qadar qozongan yagona g'alabasi Jahon CHempionati-2014 saralash o'yinlari doirasida Tehronda bo'lib o'tgan uchrashuvda yuz bergan. Ulug'bek Baqoevning goli ushbu o'yinda O'zbekistonga g'alaba keltirgan edi.

Tarkibga etibor qaratsak, unda jiddiy jarohatidan so'ng tiklanib, yana yuqori darajadagi o'yinlarini namoyish eta boshlagan SHohrux Gadoev yana milliy terma jamoasidan chaqiruv olganini, shuningdek, ushbu mavsumda o'zini yorqin namoyon etib kelayotgan yosh futbolchi Ikrom Aliboev ham mamlakatning asosiy terma jamoasi safiga chorlanganini alohida takidlash mumkin.

O'zbekiston – Eron o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini, “Bunyodkor” stadionida, 11 iyun kuni, soat 18:00da boshlanadi. O'yin uchun chiqarilgan chiptalar stadion kassalarida sotilmoqda. SIP toifali chiptalar narxi 30 000 so'mdan, qolgan barcha chiptalar esa 13 000 so'mdan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика