So’nggi yangiliklar

00:09ПСЖдагиларнинг фикрича, Килиан клубдан 98 млн евро қарздор экан  0 23:45ЕЧЛ учун кураш. "Аталанта" - "Рома"  14 23:32"Ливерпуль" Фримпонг бўйича музокаралар олиб бормоқда. "Байер" ҳимоячисининг товон пули – 35-40 млн евро  0 22:23Мбаппе "Олтин бутса" учун курашда Дьокерешдан 3 очко ва Салаҳдан 2 очко ортда  2 22:02"Бавария" 150 млн. евролик футболчини сотиб олмоқчи  2 21:15МЮ "Ипсвич" ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 20:36Расман: Карло Анчелотти Бразилия терма жамоасини бошқаради  11 20:15"Халқим учун "Олтин тўп"ни қўлга киритишни истардим" — Муҳаммад Салоҳ  54 19:48Эшитдик-да! Эртага Шацких "Андижон" бош мураббийи этиб тайинланади  29 19:31Ханси Флик Пеп Гвардиоланинг ютуғини такрорлади  3 19:05Карло Анчелотти тез орада Бразилия терма жамоаси бош мураббийи сифатида иш бошлайди  7 18:48Футзал. "Оил Стар" Ўзбекистон Кубоги ярим финалининг илк баҳсида ЎзСҚБни йирик ҳисобда енгди  1 18:15"Лидс" трансферлар учун 100 млн фунт сарфлайди  6 17:47Де Брюйне "Наполи"га ўтишга рози  3 17:242 та дубль қайд этилган "Машъал" – "Қизилқум" тўқнашувидан ГАЛЕРЕЯ  0

O'zbekiston - Ekvatorial Gvineya uchrashuvi chiptasi bilan O'zbekiston - Suriya uchrashuviga kirish mumkin bo'ladi Yangiliklar

O'zbekiston - Ekvatorial Gvineya uchrashuvi chiptasi bilan O'zbekiston - Suriya uchrashuviga kirish mumkin bo'ladi

Bekor qilingan O'zbekiston-Ekvatorial Gvineya o'rtoqlik o'yiniga sotib olingan chiptalar bilan 1 sentyabr kuni Toshkentda o'tkaziladigan O'zbekiston-Suriya uchrashuviga kirish mumkin bo'ladi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasi ishqibozlarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda bekor qilingan o'rtoqlik o'yinining chiptasini Suriyaga qarshi o'yin uchun haqiqiy deb elon qiladi.

O'zbekiston-Ekvatorial Gvineya uchrashuviga sotib olingan chiptalarni avgust oyida “Bunyodkor” stadioni kassalarida O'zbekiston-Suriya o'yinining chiptasiga almashtirish mumkin. Almashtirish asnosida faqat chiptaning o'zi bo'lishi kifoya qiladi.

Buning uchun qo'lida O'zbekiston-Ekvatorial Gvineya o'yinining chiptasi bor ishqiboz 1 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston va Suriya o'rtasidagi o'yin arafasida “Bunyodkor” stadionining maxsus kassasiga kelib, chiptasini O'zbekiston-Suriya o'yini chiptasiga almashtiradi. Almashtirilayotgan chipta qaysi sektor va joyga sotib olingan bo'lsa, o'sha sektor va joy ko'rsatilgan yangi chipta beriladi. Demak, 1 sentyabrdagi o'yin uchun Ekvatorial Gvineyaga qarshi o'yinga sotilgan joylarga chipta sotilmaydi va u faqat eski chiptaga almashtirib beriladi.

CHiptani almashtirish tartibi Suriyaga qarshi uchrashuv arafasida qo'shimcha elon qilinadi.

SHu bilan birga chiptani almashtirmay, pulini qaytarishni istagan ishqibozlar o'rnatilgan tartibda “Bunyodkor” stadioni mamuriyatiga murojaat qilishlari mumkin.

Reyting: +79   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика