So’nggi yangiliklar

14:39"Кристал Пэлас" Даун синдромли болаларни жамоавий фотосессияга таклиф қилди  0 14:14"Ливерпуль" собиқ футболчиси БАА учинчи дивизиони жамоасида ўйнайди  0 13:43"Трабзонспор" Андре Онанага доимий шартнома таклиф қилди  1 13:16Ҳимоя чизиғида "катта тозалаш": "Интер" фахрийлар билан хайрлашишга тайёр  2 12:48Ҳолид Ал Фадли Ўзбекистон термасининг араб мамлакатларидан қандай фарқи борлигини айтди  2 12:27Файзуллаев Уругвай билан ўйнамайди  6 12:19Манба: Ўзбекистон халқаро турнирда Миср билан ўйнаши мумкин  6 12:05Реда Ҳани: "Мазкур беллашув Ўзбекистондаги сингари бизнинг мураббий учун ҳам биринчиси эди"  1 11:47Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК ҳакамлар академиясида малака оширади  0 11:35Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК Чақирув Лигаси ўйинларида!  0 11:24Ўзбекистон U-18 термаси Озарбайжон билан муроса кўчасини танлади  1 11:10Ўзбекистонлик аёл ҳакамлар Осиё чемпионати саралаш босқичида ишлайди  0 10:46"Арсенал" туркиялик футболчи учун катта суммадан воз кечишга тайёр  1 10:18"Реал" ҳужумчиси январда АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:50А Сериянинг энг кўп маош олувчи футболчилар рейтинги эълон қилинди  0

O'zbekiston delegaciyasiga Futzal Jahon chempionati-2024 kubogini topshirish marosimi bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'zbekiston delegaciyasiga Futzal Jahon chempionati-2024 kubogini topshirish marosimi bo'lib o'tdi

FIFA doirasida Markaziy Osiyoda ilk bor o'tkaziladigan turnir - FIFA Futzal Jahon chempionati-2024 musobaqasi yangi va muhim bosqichni qarshiladi.

Franciyada joylashgan tashkilot ofisida mundialning kubogi mezbon mamlakat — O'zbekistonga topshirildi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi.

Tadbirda FIFA Prezidenti Janni Infantino, O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov hamda MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov ishtirok etdi.

10-bor tashkil etilayotgan mundialda jami yigirma to'rtta jamoa ishtirok etadi. Afg'oniston, Tojikiston, Yangi Zelandiya va Franciya turnirda debyut qilsa, Portugaliya chempionlik unvonini himoya qilishga harakat qiladi. Turnir 2024 yilning 14 sentyabridan 6 oktyabriga qadar O'zbekistonning uch shahri — Toshkent, Andijon va Buxoroda bo'lib o'tadi. Musobaqaning qura tashlash marosimi 2024 yil 26 mayda YUNESKOning Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan Samarqandning Registon maydonida bo'lib o'tdi.

"Men Parijdagi ofisimizda rasmiy kubokni O'zbekiston sport vaziri Adham Ikromov va O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatovga topshirganimda muhim bir bosqichni bosib o'tdik. Ushbu tarixiy musobaqaga tayyorgarlik ko'rishdagi ulkan ishlar uchun minnatdorchilik bildirdim va omad tiladim. May oyida Samarqandda o'tkazilgan qura tashlash marosimi O'zbekistondan nimalarni kutishimiz mumkinligini ko'rsatib berdi. Men ushbu mamlakatdan ajoyib va go'zal turnir mezbonligini kutmoqdaman", - dedi FIFA Prezidenti Janni Infantino.


Uchrashuv davomida O'zbekiston delegaciyasi FIFA ofisida joylashgan muzey bilan ham tanishdilar. Muzeyda Ravshan Ermatovning hakamlik davridagi eksponat ham namoyish etildi.

"Parijda joylashgan ofisimizning muzeyiga sayohat qilish va futbolning buyuk tarixini ifodalovchi yodgorliklarni, shu jumladan Ravshan Ermatovning hakamlik davridan qolgan eksponatni ko'rish juda yoqimli bo'ldi", - deya qayd etgan FIFA prezidenti Janni Infantino.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика