So’nggi yangiliklar

15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  1 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  1 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   2 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  1 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  2 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  7 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  10 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  3 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1

O'zbekiston chempionati va kubogida g'alaba qozongan birinchi xorijlik mutaxassis olamdan o'tdi Yangiliklar

O'zbekiston chempionati va kubogida g'alaba qozongan birinchi xorijlik mutaxassis olamdan o'tdi

Ukrainalik mutaxassis Leonid Ostroushko 2019 yilning 3 dekabr kuni vafot etdi.

O'tgan asr oxirida "Navbahor" va "Do'stlik" klublaridagi faoliyati bilan yurtimiz futboli ishqibozlariga yaqindan tanish bo'lgan mutaxassis 83 yoshida olamdan o'tdi.

Bu haqida taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'zining telegramdagi kanalida shunday yozadi:

"Bugun Leonid Ostroushko vafot etdi. Ham O'zbekiston chempionati, ham mamlakat kubogida g'alaba qozongan birinchi xorijlik murabbiy. U O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi sifatida o'tkazgan yagona o'yinida Bora Milutinovich boshqaruvi ostidagi Xitoy terma jamoasini mag'lubiyatga uchratgandi. 

Albatta, Leonid Konstantinovich tarixda eng avvalo SSSR chempionatining asosiy ligasida 200 ta uchrashuv o'tkazgan "Qayrat" klubi futbolchisi sifatida qoladi.

Leonid Ostroushko 83 yoshda edi. U uzoq va sharafli hayot kechirdi. Bugun esa u oramizda yo'q. Undan yorqin xotira qoldi...".

Ushbu fikrlarga qo'shimcha qilishimiz mumkinki, Leonid Konstantinovich Ostroushko 1936 yilning 10 avgustida Ukrainada tavallud topgandi. Futbolchilik faoliyati Kievning "Dinamo"si va Qozog'istonning "Qayrat" klubi safida o'tgan. Qozog'iston, Rossiya va O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, sport ustasi. Marhum mutaxassisning so'nggi klubi Minskning "Dinamo" klubi bo'lgandi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика