So’nggi yangiliklar

00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  11 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  9

O'zbekiston CHempionati va Kubogi bahslari uchun akkreditaciya jarayoni boshlandi Yangiliklar

O'zbekiston CHempionati va Kubogi bahslari uchun akkreditaciya jarayoni boshlandi

O'zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati 2015 yilgi O'zbekiston chempionati va Kubogi o'yinlari uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditaciyadan o'tkazish jarayonini boshlanganini elon qiladi.
2015 yilgi O'zbekiston CHempionati bahslari 14 mart kuni start oladi. Mavsum esa 8 mart kuni O'zbekiston Superkubogi uchun bahs bilan ochib beriladi. 2015 yilgi mavsumning to'liq taqvimi bilan bu erda tanishish mumkin.

O'zbekiston CHempionati va Kubogi bahslarini stadiondan turib yoritishni maqsad qilgan OAV xodimlari 2015 yilning 10-25 fevral sanalari oralig'ida akkreditaciya zayavkasini O'zPFL matbuot xizmati elektron pochtasiga (media@the-uff.com) jo'natishlari kerak. Akkreditaciya zayavkasi namunasi va talablari bilan O'zPFL rasmiy saytining Hujjatlar bo'limidagi Akkreditaciyadan o'tkazish tartibi faylini ko'chirib olish orqali tanishish mumkin.

Malumot o'rnida, 2013 yildan O'zPFL Matbuot xizmati tomonidan Akkreditaciyadan o'tkazish tartibi ishlab chiqilgan bo'lib, unda jurnalistlarga akkreditaciya berishda ular ishlaydigan OAVning muhimlik darajalari belgilab chiqilgan. Jumladan, O'zbekiston qonunchiligiga asosan ro'yxatdan o'tgan va kundalik tashrif buyuruvchilari soni 5000dan ortiq bo'lgan sportga ixtisoslashgan internet-nashrlarining muhimlik darajasi nisbatan yuqori hisoblanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика