So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  1 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  4 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  91 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

O'zbekiston bo'lajak uchrashuvlarda qanday tarkibda maydonga tushadi? Yangiliklar

O'zbekiston bo'lajak uchrashuvlarda qanday tarkibda maydonga tushadi?

Saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov bo'lajak o'yinlarda terma jamoamiz qanday tarkibda maydonga tushishi mumkinligini taxmin qildi.

O'zbekiston terma jamoasining vaqtincha bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Temur Kapadze bo'lajak o'yinlarda qo'l ostidagi barcha futbolchilarga o'ynash imkoniyati taqdim etilishini malum qilgandi.

Kapadzening gaplaridan kelib chiqib taxmin qiladigan bo'lsak, bo'lajak ikki bellashuvda katta ehtimol bilan ikki xil tarkibni ko'rsak ajab emas.

Masalan Senagalga qarshi bahsda butunlay boshqa tarkib, Marokash bilan esa Senegalga qarshi uchrashuvni zaxirada boshlaydigan futbolchilardan iborat tarkib bilan o'ynash ehtimoli yuqori.

Raqiblar nihoyatda jiddiy. Garchi bellashuv o'rtoqlik maqomida o'tayotgan bo'lsada, biz uchun bu raqiblar rasmiy o'yinlardagi osiyo grandlaridanda kuchli va yuqori salohiyatga ega jamoalar sanaladi.

Kapadzening qayd etishicha, bo'lajak raqiblar jiddiy bo'lishiga qaramasdan terma jamoamiz himoyaviy o'yinga asoslangan futbol uslubidan foydalanmaydi. Yani, avvalgi maqsadsiz himoyaga yotib olish va faqat natijani o'ylab o'ynaladigan futbolni ko'rmaymiz. Kapadzening qayd etishicha, Senegal yoki Marokash singari raqiblar bilan himoyadan o'ynash uchun bizda futbolchilar tanlovi yo'q. SHu boisdan ham jamoa o'z ustunliklaridan, yani ko'proq texnik jihatdan yuqori salohiyatga ega futbolchilar bilan hujumkor futbolga asoslangan o'yin qurishi katta ehtimol. Kapadze Toshkentdagi ilk mashg'ulotida futbolchilarga bir so'zni takror takidladi, yani maydonga qo'rquvsiz chiqib, futbolni rohatlanib o'ynash kerakligi aytildi. Bu kabi raqiblar, bunday mahorat egalariga qarshi har doim ham o'ynash imkoniyati taqdim etilmasligidan kelib chiqib, bunday bahslarda nimalarga qodir ekanliklarini ko'rsatishlari lozimligi uqtirildi. Har qanday futbolchi uchun milliy terma jamoa libosidagi imijdan yuqori reklama yo'q. Aynan shu jihatni ham futbolchilar alohida etiborga olishlarini va bu motivaciya ularni yanada dadilroq o'ynashga undashi kerakligi aytildi.

Bu gaplardan kelib chiqsak, xulosa shuki, O'zbekiston terma jamoasi Marokash yoki Senegalga qarshi uchrashuvni butun o'yinni himoyaviy taktika asosida o'tkazmoqchi emas. SHunchaki futboldan zavq olib, imkon qadar hujumkor va to'p bilan muomulaga qaratilgan o'yin tashkil etiladi.

Xo'sh tarkib qanday ko'rinish olishi mumkin? Keling, avval tahlil qilib, keyin o'z taxminlarimni bildiraman.

Marokashga uch nafar darvozabon bilan yo'l olindi. Nesterov, Suyunov va Ergashev. Botirali Ergashevning hali yuqori tajribaga ega emasligini inobatga olsak, birinchi bahsda Nesterov, kelasi o'yinda esa Suyunov darvozani qo'riqlashi haqiqatga yaqin. Yoki aksincha, dastlabki bellashuvni Suyunov, keyingisida esa Nesterov darvozaga turadi. Botirali Ergashevga esa har ikkala uchrashuvning oxirgi 10-15 daqiqasi balki taqdim etilishi ham mumkin.

Himoyachilarga keladigan bo'lsak, ro'yxatda jami 8 nafar himoyachi mavjud. SHularning to'rttasi markaziy himoya vakillari bo'lsa, qolgan to'rttasi qanot himoyachilari. Birinchi uchrashuvda o'ng qanotda SHuhrat Muhammadiev, markazda Anzur Ismoilov hamda Islom To'xtaxo'jaevni ko'rishimiz mumkin. CHap qanot esa Oleg Zoteev zimmasiga yuklanadi.

Yarim himoya chizig'i tayanch nuqtasida AHmedov, SHukurov harakat qilsa, hujumga yaqinroq markaziy yarim himoya nuqtasida Ikrom Aliboevni ko'rishimiz ehtimoli yuqori. Qanotlarda esa Sardorlar, yani Rashidov hamda Mirzaev.

Hujumda esa dastlabki bahsda Marat Bikmaev yoki Temurxo'ja Abduxoliqovdan biri maydonga tushish ehtimoli yo'q emas.

Marokashga terma jamoamiz 24 nafar futbolchi bilan jo'nab ketgan. SHularning uchtasi darvozabonlar, qolgan 21 nafar esa futbolchilar. Agarda har ikkala o'yinda ikki xil tarkibni qo'yadigan bo'lsak, unda bir futbolchi boshlang'ich tarkibdan tushib qoladi. Unda murabbiylar boshqacharoq yo'l tutishlari mumkin. Yani qaysidir hujumchi yoki vingerni har ikkala o'yinning ikkinchi bo'limida maydonga tushirish imkoniyatidan foydalanishadi. Yoki Jasur Yaxshiboevga qanotda nisbatan kamroq vaqt berib, vinger sifatida Bikmaev yoki SHomurodovdan foydalanish varianti ham yo'q emas. CHunki bu ikkala universal futbolchi ko'p o'yinlarda ham vinger, ham hujumchi rolida o'ynashgan.

Agarda birinchi bahsda shu tarkib maydonga tushdi deb hisoblasak, ikkinchi bellashuvda birinchi o'yinni zaxirada boshlagan futbolchilar asosiy tarkibda boshlashadi.
Darvozada Suyunov, o'ng qanot himoyasi SHorahmedovga, markaz SHerzod Azamov hamda Rustam Ashurmatovga topshiriladi. CHap qanotda esa Akrom Komilov javlon urishi mumkin.

Yarim himoyaning tayanch nuqtasida Odil Hamrobekov hamda Fozil Musaev o'ynasa, hujumkor yarim himoyachi sifatida Javohir Sidiqov harakat qiladi. Qanotlarda esa Jaloliddin Masharipov hamda Jasur Yaxshiboev yoki Marat Bikmaev o'ynashi mumkin. Hujumda esa birinchi o'yinda maydonda kam daqiqa o'tkazgan hujumchilardan biri tanlab olinadi.

Birinchi uchrashuvdagi taxminiy tarkibda himoya chizig'i asosan "Lokomotiv" futbolchilarining o'zaro hamjihatligi asosida tuzildi. Yarim himoya esa avvallari terma jamoada ko'p marotaba birga yonma-yon o'ynagan futbolchilar Ahmedov, SHukurovning o'zaro tushunishlari inobatga olindi. Qanotlarda ham "Lokomotiv" bog'lamlari ish berishi ko'zda tutildi.

Ikkinchi o'yindagi variantda ham o'zaro bir-birini nisbatan yaxshi tushunadigan futbolchilardan iborat asosiy tarkib xosil qilindi. Masalan Suyunov, SHorahmedov, Azamov "Paxtakor"da va "Nasaf"da birga o'ynashgan bo'lsa, mudofaa qizig'idagi boshqa futbolchilar Ashurmatov hamda Komilov "Bunyodkor"dagi o'yinlari orqali nisbatan o'zaro bir-birlarini yaxshi tushunishadi. SHu boisdan ham himoya chizig'i "Paxtakor" va "Bunyodkor" futbolchilaridan iborat bo'ladi.

Yarim himoyadagi tayanch nuqtasidan o'rin olgan Hamrobekov hamda Musaev ham malum muddat bir jamoada, yani "Nasaf" elkama-elka o'ynashgan va o'zaro hamjihatlik yaxshi darajada. Qanotlardagi vingerlar Jaloliddin Masharipov yoki Jasur Yaxshiboev/Marat Bikmaev ham bir jamoada o'ynashgani qo'l kelishi mumkin. Hujumda esa legioner maqomidagi Abduxoliqov yoki SHomurodov o'ynashi aniq.

Bu shunchaki mavjud tarkib va Kapadzening barchaga teng imkoniyat beriladi, degan gaplaridan kelib chiqib taxmin qilindi. Balki barchasi men taxmin qilganimdanda boshqacharoq bo'lishi mumkin. CHunki terma jamoaning to'liq tarkibdagi mashg'ulotlarini kuzatish imkoniyati bo'lmadi va murabbiylarning blajak o'yinlardagi to'liq rejalaridan boxabar emasman.

Muhimi, terma jamoamiz kuchli raqiblar fonida ishonchli va munosib futbol namoyish etib qaytishsa bo'lgani. Bu bo'lajak uchrashuvlar har bir futbolchi uchun katta maktab vazifasini bajarib berishi aniq. CHunki Sadio Mane yoki Keyta Balde singari futbolchilarga qarshi himoyalanadigan himoyachilarimiz o'zlari uchun yangi qirralarni ochishlari mumkin. Hujum chizig'i vakillari esa Kulibali yoki Benatiya singari jahon darajasidagi himoyachilarga qarshi o'ynab ancha toblanishadi. Umuman bu bo'lajak uchrashuvlardan terma jamoamiz natijadan qati nazar ko'zga ko'rinmaydigan juda katta yutuqni qo'lga kiritadi.

Marokashga yo'l olgan tarkib:

Darvazabonlar:
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
Botirali Ergashev (“Navbahor”)
Eldorbek Suyunov (“Paxtakor”)

Himoyachilar:
Rustamjon Ashurmatov (“Bunyodkor”)
SHerzod Azamov (“Paxtakor”)
Anzur  Ismoilov  (“CHan CHun Yatay” Xitoy)
Islom  To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”)
Akrom Komilov (“Bunyodkor”)
SHuhrat Muhammadiev (“Lokomotiv”)
Akmal SHorahmedov (“Paxtakor”)
Oleg Zoteev ("Lokomotiv")

Yarim himoyachilar:
Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG”, Xitoy)
Ikrom Aliboev (“Lokomotiv”)
Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)
Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”)
Fozil Musaev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya)
Sardor Rashidov (“Lokomotiv”)
Odiljon Hamrobekov (“Nasaf”)
Otabek SHukurov (“SHarja”, BAA)
Jasur Yaxshiboev (“Paxtakor”)
Javohir Siddiqov (“Qo'qon-1912”)

Hujumchilar:
Timurxo'ja Abduxoliqov (“Al-Sayliya”, Qatar)
Marat Bikmaev (“Lokomotiv”)
Eldor SHomurodov (“Rostov”, Rossiya)

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика