So’nggi yangiliklar

07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  0 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  17 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  16 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  7 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  1 00:56Февзи Давлетов: "Бизга бу ғалаба жуда керак эди"  3 00:25РПЛ-2025/26да фақат сардорларга ҳакамлар билан мулоқот қилишга рухсат берилиши мумкин. Бошқалар жазоланади  0 23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  1 22:54"Ювентус" тезроқ Влаховичдан қутилмоқчи, Душан эса йиллик маоши 20 млн. евро бўлган таклифни рад этди  1 22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  1 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  67 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  2 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  5

O'zbekiston ayollar termasi Osiyo Kubogi–2018 saralashida ishtirok etish uchun KXDRga jo'nab ketdi Yangiliklar

O'zbekiston ayollar termasi Osiyo Kubogi–2018 saralashida ishtirok etish uchun KXDRga jo'nab ketdi

O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichida ishtirok etish uchun bugun, 30 mart kuni Toshkent vaqti bilan 15:00da KXDRga uchib ketdi.

KXDRga yo'l olishdan avval O'zbekiston ayollar terma jamoasi Terma jamoalar markazi rahbariyati bilan uchrashdi.

SHerali Boboqulov bosh murabbiyligidagi jamoa Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichi “B” guruhidan joy olgan bo'lib, final bosqichiga chiqish uchun Janubiy Koreya, Gonkong, Hindiston va KXDR ayollar termasiga qarshi bahs olib boradi.



Quyida saralash bosqichida ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxati keltirilgan.

Darvozabonlar:
Laylo Tilolova, Maftuna Jonimqulova, Gulandon Boymatova;

Himoyachilar: Xolida Dadaboeva, Kamola Risqieva, Maftuna SHoyimova, Dilrabo Asadova, Nozima Kamoltoeva;

Yarim himoyachilar: Irodaxon Turdalieva, Zumratxon Nazarova, Umida Zoirova, Malika Burxonova, Sevara Normurodova, Saida Galimova, Maxfuza Turopova, Feruza Turdiboeva, Mavluda Munavvarova, Dildora Nozimova;

Hujumchilar: Nilufar Qudratova, Lyudmila Karachik, Lianna Narbekova, Maxliyo Sarikova, Rushaniya Safina.

“B” guruhi uchrashuvlari 3–11 aprel kunlari KXDRda bo'lib o'tadi. O'zbekiston ayollar terma jamoasining o'yin taqvimi quyidagicha:

3 aprel. Gonkong – O'zbekiston

7 aprel. O'zbekiston – Hindiston

9 aprel. O'zbekiston – KXDR

11 aprel. Janubiy Koreya – O'zbekiston

Reglamentga ko'ra, faqatgina guruh bosqichida zafar quchgan terma jamoa Osiyo Kubogi–2018 turnirining final bosqichiga yo'llanma oladi. O'z guruhida g'alaba qozongan terma jamoalar Yaponiya, Avstraliya, Xitoy (Osiyo chempionati–2014 yakuniga ko'ra eng yuqori reytingga ega bo'lgan jamoalar) hamda Iordaniya (turnir mezboni)ga qo'shiladi.

SHu tariqa, 2018 yilning 7–22 aprel kunlari bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati final bosqichida jami 8 terma jamoa ishtirok etadi. Final bosqichida eng yaxshi natijani qayd etigan besh terma jamoa Franciyada iyun/iyul oylarida bo'lib o'tadigan ayollar o'rtasidagi JCH–2019 musobaqasiga yo'llanma oladi.

Malumot uchun, O'zbekiston ayollar terma jamoasi FIFA reytingida 42-o'rinda (1548 ochko) bormoqda.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика