So’nggi yangiliklar

09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  8 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  4 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  17 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  4 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  6 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  169 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  1 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  6 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  6 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0

O'zbekiston ayollar termasi ikkinchi o'yinida ham BAAni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

O'zbekiston ayollar termasi ikkinchi o'yinida ham BAAni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi

Teglar :  Ayollar futboliBAA
SHu kunlarda BAAning Dubay shahrida o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi kecha, 12 mart kuni BAA ayollar termasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

Mazkur bellashuvda SHerali Boboqulov shogirdlari 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Gollarga Mahliyo Sarikova, Lianna Narbekova, Lyudmila Karachik, Dildora Nozimova, Mahfuza Turopova mualliflik qildi.

O'zbekiston ayollar terma jamoasi 9 mart kuni o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida BAA termasini 8:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. Mazkur uchrashuvlar har ikki terma jamoa uchun Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichidagi ishtirokiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.

O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichi “B” guruhidan joy olgan bo'lib, final bosqichiga chiqish uchun Janubiy Koreya, Gonkong, Hindiston va KXDR ayollar termasiga qarshi bahs olib boradi. Saralash bosqichiing “B” guruhi uchrashuvlari 3–11 aprel kunlari KXDRda bo'lib o'tadi.  

SHerali Boboqulov qo'li ostidagi terma jamoa 14 mart kuni Toshkent shahriga qaytib keladi.

O'rtoqlik uchrashuvi
BAA, Dubay
12 mart, yakshanba

BAA – O'zbekiston - 0:5

Gollar:
Sarikova, Narbekova, Karachik, Nozimova, Turopova.

O'zbekiston: Maftuna Jonimkulova, Kamola Risqieva (Dildora Nozimova), Holida Dadaboeva, Zumrad Nazarova (Maftuna SHoyimova), Mavluda Munavvarova (Yulduz Nabieva), Nozima Kamoltoeva (Iroda Turdalieva), Mahfuza Turopova, Feruza Turdibaeva, Mahliyo Sarikova (Umida Zoirova), Lianna Narbekova (Nilufar Qudratova), Lyudmila Karachik.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика