O'zbekiston ayollar termasi FIFA reytingida nechinchi o'rindaligini bilasizmi?
28 sen 2018 14:09
Yangiliklar
O'zbekiston ayollar termasi FIFA reytingida nechinchi o'rindaligini bilasizmi?
Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) ayollar terma jamoalarining yangi reytingini elon qildi. Unga ko'ra, O'zbekiston ayollar terma jamoasi 1557 ochko bilan 41-o'rinni band etdi.
OFKga azo terma jamoalari orasida Avstraliya ayollar terma jamoasi 2012 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Jahon reytingida bu jamoa hamon 6-pog'onada bormoqda.
Yaponiya ayollar terma jamoasi 1981 ochko bilan Osiyoda ikkinchi (dunyoda ettinchi) bo'lsa, KXDR ayollar termasi 1938 ochko bilan uchinchi (dunyoda o'n birinchi) o'rinni egallab turibdi.
O'zbekiston ayollar termasi yuqoridagi terma jamoalardan tashqari Janubiy Koreya (1880), Xitoy (1876), Tailand (1677), Vetnam (1638) va Xitoy Taypeidan (1560) keyin Osiyoda 9-pog'onani egallab turibdi.
Jahon reytingida AQSH ayollar termasi (2114) hamon peshqadamlik qilmoqda. Germaniya (2060) ikkinchi, Angliya (2034) uchinchi o'rinda bormoqda.

O’xshash yangiliklar
23:28
Arauxo "Barselona" mashg'ulotlariga qaytdi. Himoyachi psixologik muammolar sabab tanaffus olgandi 0
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar