O'zbekiston - Argentina. CHipta narxi qancha?
31 jan 2021 12:54
Yangiliklar


O'zbekiston - Argentina. CHipta narxi qancha?
Ushbu o'yinlar uchun chiptalarni iticket saytidan onlayn xarid qilish mumkin. CHiptalar uch xil kategoriyada chiqarilgan bo'lib sektorga qarab 50000, 65000 va 100000 so'mdan sotilmoqda.
Yuqoridagi suratda ko'k rangdagi sektorlar uchun chiptalar (darvozalar orti) 50 ming so'mdan, yashil rangdagi sektorlar 65 ming so'mdan (247 o'rinlik "H" sektori uchun chiptalar umuman sotilmayapti), olovrang markaziy sektorlar uchun chiptalar 100 ming so'mdan sotilmoqda.
"O'zbekiston" sport saroyi o'z bag'riga 2400 nafar tomoshabinni sig'dira oladi. Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, uchrashuvdan oldin o'sha mashhur "Sahar" guruhi yakkaxoni Anvar Jo'raev muxlislar uchun ajoyib qo'shiqlar guldastasini taqdim etadi. Bundan tashqari yurtimizdagi futzal musobaqalarida hali bo'lmagan lazer shou ham namoyish etiladi. Tanaffus vaqtida esa muxlislarni barabanlar shousi kutmoqda.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Argentina o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinlari 2 va 3 fevral kunlari soat 18:30da boshlanadi.
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar