O'zbekiston amputantlar terma jamoasi Meksikadagi Jahon chempionatida ishtirok etadi
28 okt 2014 13:38
Yangiliklar

O'zbekiston amputantlar terma jamoasi Meksikadagi Jahon chempionatida ishtirok etadi
30 noyabrdan 7 dekabrga qadar Meksikaning Kuliakan shahrida nogiron-amputant futbolchilar o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tadi.
Ushbu musobaqada amaldagi Jahon chempioni O'zbekistondan tashqari 23ta terma jamoa ishtirok etadi.
Quyida Jahon chempionatida qatnashadigan barcha jamoalar bilan tanishib oling: Angola, Argentina, Belgiya, Braziliya, Kolumbiya, El Salvador, Angliya, Franciya, Gana, Gaiti, Eron, Irlandiya, Yaponiya, Keniya, Liberiya, Meksika, Gollandiya, Polsha, Rossiya, Sierra Leone, Turkiya, Ukraina, AQSH, O'zbekiston.
Mundialning final bosqichiga hali qura tashlash marosimi bo'lib o'tmadi.
Malumot uchun, 2012 yil Rossiyaning Kaliningrad shahrida bo'lib o'tgan Jahon chempionatida 12ta jamoa ishtirok etgandi.
O'zbekiston terma jamoasi so'nggi uchta Jahon chempionatida tengsiz bo'lib kelmoqda. 2012 yilgi mundialda terma jamoamiz finalda Rossiyani taslim qilib uchinchi marta Jahon chempioni bo'lgandi.

Fikrlar