So’nggi yangiliklar

14:34БАА кундалиги: Шаржада "йўқотилган" вақт  1 14:22Расман: "Андижон" икки легионер билан шартномани бекор қилди  1 14:00ПСЖ Чемпионлар лигаси бир мавсумида 148,4 миллион ишлаб топди. Нега бунча кўп?   1 13:23"Насаф" ўз футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  8 13:13"Крус Асул" - КОНКАКАФ Чемпионлар кубоги ғолиби  2 12:44Танаффусдаги тараддуд. "Шўртан" назорат учрашувида ғалаба қозонди  0 12:20Искандар Шойқулов: "Кўп очко йўқотдик. Умид қиламанки, тез орада ҳаммаси жойига тушади"  1 11:55Жалолиддин Машарипов: "Ҳаддан ташқари ортиқча мотивация ўйинга халақит бериши мумкин"  16 11:30Ҳамдан ибн Муборак БАА олдига Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатиш талабини қўйди  15 11:15Ўзбекистон миллий терма жамоаси кўтаринки кайфиятда БАА билан ўйинга тайёрланмоқда  3 10:50"Барселона" "Арсенал" футболчиси билан музокараларни бошлади  6 10:22ПСЖ яна бир талант учун курашга қўшилди  4 09:53Гарначо фаолиятини АПЛда давом эттиришга қарор қилди  4 09:24ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни ижарага бериш керак"  11 08:55Футзал. Бугун Ўзбекистон кубогининг финал учрашуви бўлиб ўтади  0

O'zbekiston 23 mart kuni Senegal bilan o'ynaydi Yangiliklar

O'zbekiston 23 mart kuni Senegal bilan o'ynaydi

O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Janni Infantino bilan uchrashuv chog'ida O'zbekiston terma jamoasi uchun kuchli raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilishda amaliy yordam berishni so'ragan edi.

Janni Infantino bu borada O'zbekistondan yordamini ayamasligini takidlab o'tib, buni amalda isbotlamoqda.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 27 mart kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z tarixida birinchi marta JCH-2018 ishtirokchisi Marokash terma jamoasi bilan Kasablanka shahrida o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Mart oyidagi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida, 23 mart kuni Kasablanka shahrida Afrikaning nomdor terma jamoasi, JCH-2018 ishtirokchisi Senegal terma jamoasi bilan ham o'rtoqlik o'yini o'tkazish borasida kelishuvga erishildi.

Ushbu kelishuv amalga oshishida FIFA prezidenti Janni Infantinoning yordami katta bo'lganini ham takidlab o'tish kerak.

Senegal terma jamoasi JCH-2018da “N” guruhidan o'rin olgan bo'lib, guruhdan chiqish uchun Polsha, Kolumbiya va Yaponiya terma jamoalari bilan bahs olib boradi.

O'zbekiston MTJ Senegal va Marokashdan tashqari, shu yilning may oyida Eron milliy terma jamoasi bilan ham o'rtoqlik o'yini o'tkazishini eslatib o'tish darkor.

Milliy terma jamoa uchun kuchli raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilish borasidagi muzokaralar davom etmoqda.

Reyting: +158   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика