So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  3 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4

O'zbekcha transfer: Sergeev "Paxtakor"ga qancha foyda keltirgan? Yangiliklar

O'zbekcha transfer: Sergeev "Paxtakor"ga qancha foyda keltirgan?

Championat.asia'da "O'zbekcha transfer" rukni davom etadi.

Xabaringiz bor, oldingi safar hamyurtimiz Odil Ahmedov ishtirokida imzolangan o'tish bitimlari haqida malumot bergandik. Namanganlik futbolchi 2011 yilning yozida "Anji"ga o'tayotgan mahalda "sherlar" hisob raqami 1,7 mln evroga boyigan.

"Paxtakor"ning Ahmedovdan keyingi yirik transferi 2018 yilning qishida sodir bo'ldi. O'shanda Igor Sergeev "Al Dafra" tarkibiga qo'shilgan, BAA klubi hujumchi uchun 1,5 mln evro to'lagan edi. Ammo, Igorning Birlashgan Arab Amirliklari superligasida ishlari yurishmadi va o'sha yilning yozida erkin agent sifatida Toshkent jamoasiga qaytdi. Bundan tashqari, "Paxtakor" Sergeevni 2016 yilgi mavsumning 2-qismida "Beyczin Goan"ga ijaraga bergan va 6 oylik shartnoma uchun 500 ming evro ishlab olgan. Xullas, futbolchi o'zini tarbiyalagan klubga umumiy hisobla 2 mln evro foyda keltirgan.

Joriy yilning fevral oyida Igor faoliyatida 3-bor legionerga aylanib, Qozog'istonning "Aktobe" jamoasi tarkibiga erkin agent sifatida borib qo'shildi. Sergeev yangi klubi safida allaqachon 14 o'yinda 7 ta gol urishga ulgurgan. "Paxtakor" sport direktori Jafar Irismetovning Championat.asia'ga malum qilishicha, ayni paytda 28 yoshli hujumchini jamoaga qaytarish bo'yicha muzokara o'tkazilmoqda. Igor katta ehtimol bilan yangi mavsumni "sherlar" safida boshlasa kerak.

Sergeev Qozog'istonni zabt eta oladimi?

Muallif :
Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика