O'zbekcha "el-klasiko", SHackix oldida avgust "imtihoni" yoxud "Paxtakor" - "Neftchi" uchrashuviga prevyu
05 avg 2023 13:07
Yangiliklar
O'zbekcha "el-klasiko", SHackix oldida avgust "imtihoni" yoxud "Paxtakor" - "Neftchi" uchrashuviga prevyu
Paxtakor |
Superliga. 15-tur 05/08/2023, 20:00 1
:
0
Tugadi
|
Neftchi Diyor Turopov - 69' |
90 yillar o'rtasi va yangi asrning boshlarida cho'qqiga chiqqan ushbu derbi, so'ngi yillarda bir oz o'z ahamiyatini yo'qotgandek. Bunga sabab "Neftchi"ning inqirozga yuz tutishi sabab bo'lgan edi, lekin joriy mavsum birinchi uchrashuvda "o'zbek el-klassiko"si qaytgandek.
O'zaro o'yinlar tarixi
Jamoalar chempionatlar tarixida 57 o'yin o'tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 27 g'alaba, 9 durang va 21 mag'lubiyat. Raqib darvozasiga 95 to'p kiritgan "SHerlar" 69 to'p o'tkazib yuborishgan. Toshkentdagi bellashuvlarning 21tasida "Paxtakor" ustun kelgan bo'lsa, 5 bahsda farg'onaliklar g'alaba qozongan. Ikki o'yin durang bilan tugagan. "Paxtakor" o'z maydonida oxirgi 15 uchrashuvda "Neftchi" faqat birgina bellashuvda gol ura olgan. "SHerlar" o'z stadionida kechgan to'qnashuvlarda 59 gol urgan holda 16 to'p o'tkazib yuborgan. "Paxtakor" 10 bor raqibni yirik natija bilan dog'da qoldirishga erishgan bo'lsa, "Neftchi"da bunday g'alabalar soni uchtani tashkil qiladi.
"Neftchi" esa chempionat doirasida 21ta uchrashuvda g'alaba, 9 durang va 27 marotaba mag'lubiyatga uchragan. Farg'onada kechgan o'yinlarda "Neftchi" ustun: 27 uchrashuv, 14ta g'alaba, 7 durang va 6 mag'lubiyat.
So'ngi uchrashuvlar
30.09.2015. "Neftchi" - "Paxtakor" 3:2
15.10.2016. "Neftchi" - "Paxtakor" 1:0
08.03.2017. "Neftchi" - "Paxtakor" 0:0
12.06.2018. "Neftchi" - "Paxtakor" 1:1
12.08.2022. "Neftchi" - "Paxtakor" 0:2
10.03.2023 "Neftchi" - "Paxtakor" 2:1
To'purarlar
O'zaro uchrashuvlarda Rustam Do'rmonov 12 bor "Paxtakor" darvozasiga yo'l topib To'purarlar qatorini boshqarmoqda. "Neftchi" afsonasi Anvar Berdiev 8ta to'p bilan ikkinchi o'rinda ketmoqda. "Paxtakor"dan Dilmurod Nazarov va Igor Sergeev 6tadan gol urishgan. SHuhrat Maqsudov va Temur Kapadze har ikki jamoa tarkibida gol urgan o'yinchilar sanaladi.
1) Rustam Do'rmonov 12ta gol
2) Anvar Berdiev 8ta gol
3) SHuhrat Maqsudov 6ta gol
4) Igor Sergeev 6ta gol
Joriy mavsumdagi natijalar
Jamoalar turnir jadvalida, ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallab turishibdi. "SHerlar" ushbu mavsum chempionat doirasida 13ta uchrashuvda maydonga tushib 10ta uchrashuvda g'alaba, 1 durang va ikki marotaba mag'lub bo'lishgan. "Paxtakor"ning Superliga doirasidagi so'nggi mag'lubiyatini aynan "Neftchi"ga qarshi uchrashuvga qabul qilib olgan. Farg'onada kechgan bahsda "Neftchi" 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi. CHempionatda yaxshi o'yin namoyish etayotganiga qaramay, "Paxtakor" bir necha kun avval O'zbekiston kubogidan chiqib ketdi. Pro liga vakili Samarqandning "Dinamo"siga mag'lub bo'ldi."Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix uchun bugungi uchrashuv juda katta ahamiyatga ega, sababi Maksim SHacix jamoasi bugun ham mag'lubiyatga uchrasa, chempionatdagi natijalarini ham yomonlashib ketadi.
Levchenko shogirdlari esa mavsumni kutilgandan yaxshiroq o'tkazishmoqda. Farg'onaliklar joriy mavsum Superliga bahslari doirasida 14ta uchrashuv o'tkazishdi va ularning 7tasida g'alaba, 7tasida durang qayd etishdi. Bugun "Neftchi" "Paxtakor"ni mag'lub etadigan bo'lsa, turnir jadvalida "Paxtakor"ga etib olishi mumkin.
Qiziqarli faktlar
- "Paxtakor" chempionat bahslaridagi so'ngi mag'lubiyatini aynan "Neftchi" jamoasidan qabul qilib olgan.
- "Neftchi" joriy mavsum superliga doirasidagi bahslarda mag'lub bo'lmagan yagona jamoa
- "Paxtakor" 2017 yildan buyon o'zaro uchrashuvlarda "Neftchi" darvozasiga kamida bitta gol urib kelmoqda.
- "Neftchi" joriy mavsum hech qaysi bir jamoadan ikkitadan ko'p gol o'tkazib yubormagan.
- Farg'onada kechgan 27ta uchrashuvning faqat 1tasida jamoalar maydonni golsiz tark etgan (2017 yil, 0:0).
SHacix uchun "imtihon" oyi avgust
"Paxtakor" jamoasi avgust oyida juda zich taqvim kutib turibdi. Deyarli har 3-4 kunda uchrashuv o'tkazishi kerak bo'lgan "sherlar avgust oyida jami 7ta uchrashuvda ishtirok etishlari kerak, ularning orasida principial raqiblar "Navbahor" va "Nasaf"ga qarshi ikkita uchrashuv kutib turibdi. O'zbekiston kubogini "sensacion" tarzda tark etgan "Paxtakor" Superliga doirasida "Nasaf" va "Navbahor" jamoalariga mag'lub bo'lsa, turnir jadvalida raqiblardan ancha pastlab qoladi. Qo'shimchasiga, 24 avgust kuni "Paxtakor" Superkubok finalida ishtirok etadi. Avgust oyi Maksim SHackix uchun asosiy "imtihon", SHackix ushbu "imtihon"dan o'ta olmasa, "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi lavozimi vaqtinchalik bo'sh qolishi mumkin.
Muallif taxmini
Futbolchilik faoliyatidagi ustozidan "tarsaki" egan Maksim SHackix bugungi uchrashuvga borini tikadi, ustiga ustak birinchi davrada "sherlar" Farg'onada mag'lub bo'lishgan.
"Neftchi" bugungi uchrashuvda asosan qarshi hujumlarga tayanib o'ynaydi. "Paxtakor"ning motivaciyasiga qaramay, bugungi uchrashuvda "Neftchi" qarshi hujumda gol urib kichik hisobda g'alaba qozonadi.
P.S: CHeran gol katta ehtimol bilan bugun gol uradi, uning goli o'yin taqdirin hal qilishi mumkin
Imkoniyatlar: 60%/40% "Paxtakor" foydasiga
Abdulvosit Bektemirov
Fikrlar