So’nggi yangiliklar

00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  54 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0

O'zbek xalqi kimdan judo bo'ldi? Mirabror Usmonov haqida Yangiliklar

O'zbek xalqi kimdan judo bo'ldi? Mirabror Usmonov haqida

Teglar :  Mirabror Usmonov
Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol federaciyasining sobiq prezidenti Mirabror Usmonov vafot etdi.

Mirabror Zufarovich Usmonov - 1947 yilning 4 iyul sanasida Toshkent shahrida tug'ilgan. Samarqand kooperativ institutini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi. 

Vikipediyadagi malumotlarga tayanadigan bo'lsak, 1961-1967 yillar davomida Toshkentdagi "Bahor" restoranida oshpaz, 1970 yilda "Guliston" restoranida ishlab chiqarish bo'yicha boshliq lavozimida faoliyat yuritgan. 

1970-1986 yillarda "Do'stlik" va "Zarafshon" restoranlari direktori, Toshkent restoranlari tresti direktori, 1986-1990 yillar oralig'ida Toshkent shahri umumiy ovqatlanish ijroqo'mi boshlig'i bo'lib ishlagan. 

1990-1992 yillarda O'zbekiston Respublikasi savdo vaziri, 1992-1994 yillarda esa "O'zbeksavdo" kompaniyasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan. 

Qayd etish lozimki, Mirabror Usmonov davrida o'zbek sporti infratuzilmasi sezilarli ravishda o'sishga erishdi. 

Mirabror Zufarovich umri davomida bir nechta sport inshootlari qurilishi, jumladan "O'zbekiston" sport majmuasi, Suv sport saroyi, Gimnastika majmuasi, Milliy olimpiya qo'mitasi binosi, Farg'onadagi "Istiqlol" stadioni, Nukusdagi "Turon" stadioni, Buxorodagi "Buxoro" stadioni qurilishida jonbozlik ko'rsatgan. Bugungi kunda oddiygina stadionlar maysasini yangilash masalalari qay darajada qiyin ekanligini ko'rar ekanmiz, yuqoridagi sport inshootlarining barpo etilishi u kishining o'zbek sporti rivojiga qay darajada hissa qo'shganligini isbotlab turibdi. 

SHuningdek, Mirabror Usmonov MOQ prezidenti bo'lgan davrda O'zbekiston uchun Olimpiya o'yinlari tarixidagi rekord natija qayd etilgan. Sportchilarimiz Rio Olimpiadasida 13 ta medal qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 21-o'rinni egallagani ham Usmonov boshlab bergan islohotlarning mevasidir! 

Bundan tashqari, Mirabror Usmonov davrida o'zbek klublari Osiyo chempionlar ligasi uchun 4 ta kvotaga ega bo'lishdi. Jamoalarimiz OCHLning yarim final bosqichiga qadar etib bordi. 

Usmonov hayotda ham oliyjanob inson edi. Insonlarga hamisha qo'lidan kelganicha yordam bergan. Bu haqda ortiq gapirmasa ham, ko'pchilik biladi.  

2010 yil Toshkentda bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati finalidan so'ng


Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Al Sabax poytaxtimizda


Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax bilan


"Paxtakor" stadioni rekonstrukciyasi oldidan


Stadionning "VIP" lojasi bitgandan so'ng


O'zbekiston FIFAning "Feyr Pley" ("Halol o'yin") sovrinini ham aynan Mirabror Usmonov davrida qo'lga kiritgan


"Bunyodkor" (hozirda "Milliy") stadioni qurilishi chog'ida Zepp Blatter bilan birga


Sportchilarimiz (Bektemir Meliqo'ziev)ni taqdirlash jarayonida


Jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu yurtimizda


XOQ rahbari Tomas Bax bilan birga


Bu suratga ortiqcha izoh shart bo'lmasa kerak


Oxiratingiz obod bo'lsin!

Reyting: +119   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика