So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

O'zbek va nemis futboli o'rtasidagi farqni bilasizmi? Yangiliklar

O'zbek va nemis futboli o'rtasidagi farqni bilasizmi?

Asosiy mavzuga o'tishdan oldin nemis matbuotida chiqqan Toni Kroos haqidagi xabarni keltirmoqchiman.

"Kroosning o'yin uslubini yoqtirmayman. Evro-2020'da muammo faqat tezlikda emasligi ko'rinib qoldi. To'g'ri, Toni to'p bilan bo'lsa, ajoyib harakatlarni amalga oshiradigan futbolchi. Ammo, turnir davomida jamoa hujumlarini sekinlashtirgani va o'yin ritmini pasaytirgani ko'rindi.

Aytmoqchimanki, Kroos ortiq 1-darajali futbolchi emas. O'tgan mavsum "Real"da bir nechta yaxshi o'yin o'tkazdi, keyin yo'qolib qoldi", — nemis futboli afsonasi, "Oltin to'p"ning 1990 yilgi g'olibi Lotar Matteus (Kicker).

Umuman olganda, "Qirollik klubi" yarim himoyachisi Evro-2020'dagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin Germaniyada matbuotning asosiy nishoniga aylandi. Tajribali nemis murabbiylari, mutaxassislar uni keskin tanqid qilishmoqda. Masalan, Uli Xyoness Kroos endi terma jamoa libosiga munosib emasligini aytib, uni inson sifatida juda yaxshi ko'rishini o'z fikriga ilova qildi.

Bu voqealar fonida 31 yoshli futbolchi "Bundestim"dagi 11 yillik faoliyatiga nuqta qo'ydi. Malumot uchun, Toni ECHLda 4 bor zafar quchishni uddalagan kam sonli o'yinchilardan biri hisoblanadi. U "Real"ning Evropada, Germaniyaning jahonda tengsiz bo'lishida asosiy ishni bajargan figuralardan. Qisqa qilib aytganda, Toni so'nggi 10 yillikda o'z poziciyasida dunyodagi eng yaxshilardan biri yoki eng zo'ri. Ammo, uning futbol rivojiga qo'shgan hissasi va o'tmishdagi mehnatlari bugungi kunda tanqid qilinmasligini bildirmaydi.

Olmoniyada Xyoness, Zammer yoki Matteus kabilar anglagan kamchiliklarini baralla aytishadi. Klopp yoki Flikk terma jamoaning o'yin uslubi haqidagi savollardan chekinmaydi. Va eng muhimi, aytilgan barcha fikrlar muhokama qilinadi, kerakli xulosalar olinadi. Yani, chinakam tanqid mavjud va u o'sish uchun xizmat qiladi. Tanqidlar natijasida Myuller va Xummels terma jamoaga qaytarilishi yoki Lyov istefo berishi mumkin. SHu tufayli "nemis mashinasi" bugun muvaffaqiyatsizlikka uchragan paytida ham kelasi turnirning favoriti sifatida etirof qilinaveradi.

Bizda esa tarozi ham, toshning og'irligi ham o'zgacha. Birovning aybini ko'rsatib, uni tuzatishdan ko'ra yomon ko'rinmaslik afzal bilinadi. Bu futbol emas, xalqning asosiy kamchiliklaridan biri. Masalan, O'zbekiston terma jamoasi mundial saralashining 2-bosqichida qolib ketdi. Futbol ichidagi kishilar bilan suhbatlashsak, buni sharmandalik, "pozor" deb baholaganlar talaygina. Lekin, mikrofon tutilsa, ko'pi "mum tishlab qoladi". Mamlakatimizda yuzlab murabbiylar bor, lekin Vadim Karlenovichning Saudiya Arabistonidagi xatolarini ko'rsatib, tahlil qilib beradigan bir nafar mard topilmadi. Aslida bunnday shaxs futbolimizning butun tarixida bo'lmasa kerak.

Yuqorida dunyoning eng kuchli xavbeklaridan biri Germaniyada "er bilan bitta qilingani" haqida gapirdik. Bizda esa asosiy yuk 8 oy deyarli futbol o'ynamagan Ahmedov, jarohati tufayli uzoq muddat safdan tashqarida qolgan Aliboevning elkasiga tashlansa ham, birov "g'iring" demaydi. Xatoni, kamchilikni ko'radi, lekin ko'zini yumib oladi. To'g'ri, bu mentalitet bilan bog'liq masala va hech birimiz undan mustasno emasmiz.  Lekin, rivojlanish uchun qachondir bu qobiqni yorib chiqish kerak. Mentalitetsevar, manaviparvarlar buni har qancha ulug'lamasin, amalda illat bo'lib qolaveradi — hislat emas. Futbol va umuman butun rahbarlar yuziga oyna bo'lib, xatolarini ko'rsatishni boshlamasak, hech qachon rivojlanolmaymiz. Ammo, Germaniya mundialga chiqaveradi, nemislar hayoti yaxshilanaveradi. CHunki ularning Matteuslari, Xyonesslari bor...

Muallif :
Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика