So’nggi yangiliklar

07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  0 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  26 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1

"O'zbek Peresi" "futzal Gvardiolasi"ni O'zbekistonga olib kelyapti. U aslida kim? Yangiliklar

"O'zbek Peresi" "futzal Gvardiolasi"ni O'zbekistonga olib kelyapti. U aslida kim?

Jahongir Usmonovni futzalda tanimaydigan odam yo'q.

Oq sochlar soni ikki nafar bo'lsin dedilar shekilli. Xose Venansio Lopesni ishlab turgan joyidan O'zbekistonga olib kelyapti.


Agar mazkur kelishuv amalga oshsa, futzal tarixida katta tub burilish yasalgan bo'ladi. Xo'sh, aslida bizning qahramon kim? Venansio nima karomati uchun taklif qilinmoqda?

Jahongir Usmonov effekti 

O'zbek futzalining jonkuyari hisoblangan Jahongir Usmonov O'zbekiston futzal terma jamoasining keyingi yil yurtimizdagi Jahon chempionatida yaxshi natija qayd etishi yo'lida harakatlarni boshlab yuborgan. Jahongir  Mirabrorovich avval Serxio Sapo, Xose Luis Mendes kabi murabbiylarning ham terma jamoamizga kelishini taminlagan va bu borada yaxshigina tajribaga ega. Aynan Ispaniya futzalining terma jamoamizga mosligi va bu borada bizda ko'nikma shakllangani ham ayni muddaodir. Xose Venasio Lopes esa avlodlar almashinuvi boshlangan va yangi qonga muhtoj terma jamoaga ayni kerakli pallada kelyapti. U "oq bo'rilar"ni mundialga tayyorlaydi. 

Xose Venasio Lopes haqida 

Ispaniyani ikki marotaba Evropa chempioni qilgan, 2007 yildan beri ispanlarga bosh murabbiylik qilayotgan “Segoviya” bilan mamlakat chempioni bo'lgach ko'pchilikning nomiga tushdi. 59 yoshli murabbiy "Kaxa Segoviya" futzal jamoasidagi debyut mavsumidayoq chempionlik, kubok va superkubokni qo'lga kiritdi.  Bu chempionlik ularning tarixida yagonaligicha bo'lib turibdi. “Santyago” ham aynan shu kishi bilan o'z tarixidagi yagona kubok sohibi bo'lgan. Usmonov bu bilan katta yurishni amalga oshirdi. 2024 yilgi JCHda guruhdan chiqish, kerak bo'lsa sovrindorlar qatorida bo'lish juda muhim.  Xalqaro miqyosda Evropa chempionlar turniri, qitalararo kubok va yana bir nechta sovrinlarning egasiga aylandi. Venasio 2002 yilda klubni tark etdi.  

 

2007 yilda Ispaniya futzal terma jamoasida yangi Venasio davri boshlandi. Hali tayinlanganiga 2 oy bo'lmagan murabbiy terma jamoa boshqaruvida 2007 yilgi Evropa chempionatida bosh sovrinni boshi uzra baland ko'tardi. 2008 yilgi Jahon chempionatida kumush medallarga ega chiqqan Venasio, 2010 yil 3 yil avvalgi yutuqni takrorladi. Murabbiy faoliyati davomida 5 marotaba Jahonning eng yaxshi murabbiy sifatida etirof etilgan. 

Xose Venasio Lopes bugungi futzal haqida shunday deydi: "Albatta futzal o'zgargan. Ko'proq jismoniy holat asosiy planga chiqmoqda. 5X4 uslubi tobora ko'paymoqda. O'yin taqdiri aksariyat hollarda yuqoridagi uslub yordamida hal qilinmoqda. Mening fikrimcha, buni biroz o'zgartirishimiz va 4X4 formatga ko'proq etibor berishimiz kerak. Biz 5talik taktikani faqatgina hujum uchun foydalaniladigan elementga aylantirishimiz kerak. Undan hujum uchun emas, shunchaki to'pni ushlab turish uchun foydalanilsa, tomoshabopligi yo'qoladi"

O'zbekiston futzal terma jamoasidagi avvalgi xorijlik murabbiylar

Yuqorida aytganimizdek bir necha yillar avval terma jamoamizni braziliyalik murabbyi Serxio Sapo boshqargan va 2010 yil yurtimizda bo'lgan Osiyo chempionatida finalgacha olib chiqqan, yakunda Eronga imkoniyat berib qo'yilgan. Mendes bilan ilk urinishi samarasiz chiqqan bo'lsa, ikkinchi bor terma boshqaruvida Osiyo chempionatida finalga va shu bilan birga tarixda ilk bor mundialga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. 

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика