So’nggi yangiliklar

15:52Остон Ўрунов: "Ўтган мавсумдан сўнг етарлича дам олмаганим ва тиғиз тақвим туфайли мукаммал жисмоний ҳолатга кира олмадим"  0 15:27Кака Бразилия терма жамоасида Карло Анчелоттига ёрдам бериш истагини билдирди  1 14:59Ҳимояда ҳеч қандай муаммо бўлмайди. "Реал"нинг 4 нафар ҳимоячиси КЖЧда иштирок этиши мумкин  1 14:35Аббос Файзуллаев кечаги хатоси учун ЦСКА мухлисларидан кечирим сўради  3 14:08Агент Клоппнинг "Рома"га тайинлови масаласида баёнот берди  3 13:44ЎФА вакиллари "Шўртан" футбол академиясида бўлди  0 13:25"Бунёдкор" "Навбаҳор" билан ўйинда адолатсизликка учрадими? Суперлиганинг 10-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  7 13:10Ёзда эркин агентга айланадиган АПЛ футболчилари  4 12:42"Цементчи" "Арал" билан ўйин учун Нукусга бормайди. Жамоага техник мағлубият ёзилди  4 12:13"Милан" ярим ҳимоячиси "Реал"ни эмас, "Манчестер Сити"ни танлади  5 11:45"Артета эффекти": Райс "Арсенал"да олдинги фаолиятидагидан кўра кўпроқ гол урди  1 11:12Бразилиялик афсона ёнғин оқибатида касалхонага тушиб қолди  5 10:36ЦСКА устози кечаги учрашувдан сўнг Файзуллаев ҳақида фикр билдирди  11 10:05"Ливерпуль", "Бавария" собиқ футболчиси 42 ёшда футболчилик фаолиятини якунланади  3 09:34Ўзбекистон кубоги. Бугун 3-тур баҳслари давом эттирилади  1

O'zbek klublarini umuman yuta olmagan “Al Vahda” haqida Yangiliklar

O'zbek klublarini umuman yuta olmagan “Al Vahda” haqida

Teglar :  Al Vahda Lokomotiv
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turida O'zbekiston chempioni “Lokomotiv” klubi Toshkentda BAAning “Al Vahda” klubini qabul qiladi.

O'z ananamizga binoan o'quvchilarimizga raqib haqida malumot beramiz.

1984 yil Abu-Dabi shahrida tashkil etilgan "Al Vahda" klubi o'tgan yil BAA chempionatida kumush medallarga ega chiqqan.

Jamoani bugungi kunda gollandiyalik Xenk Ten Kate boshqarib bormoqda. Futbolchilik davrida "Vitess", "Xerakles" kabi Gollandiya klublarida o'ynagan. 1990 yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2003-2006 yillarda "Barselona"da Frank Raykaardga yordam bergan. Keyingi ikki yil "Ayaks"da bosh murabbiy bo'lib ishlagan. 2007-2008 yillarda "CHelsi"da Avraam Grantga yordamchi bo'lib ishlagan. Keyin Greciyaning "Panatinaikos", BAAning "Al Ahli", Qatarning "Umm Salal", Xitoyning "SHandon Luneng", BAAning "Al Jazira" klublarida bosh murabbiy bo'lgan. 2018 yildan buyon "Al Vahda"ni boshqarib kelmoqda.

Xenk Ten Kate 2000 yil "Budapesht" klubi bilan Vengriya kubogini qo'lga kiritgan. 2007 yilda "Ayaks" ustozi sifatida Gollandiya kubogida zafar quchgan. 2017 yil esa "Al Jazira"ni BAA chempioniga aylantirgan. O'sha yil "Al Jazira" safida o'zbekistonlik Sardor Rashidov faoliyat olib borgan. Biroq murabbiy hamyurtimizni klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida bironta o'yinda ham maydonga tushirmagan edi.



"Al Vahda" bunga qadar 8 marta Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida qatnashgan. 2004 yil chorak finalga, 2007 yil yarim finalga chiqqan. Qolgan 6 mavsumda jamoa uchun guruh bosqichi so'nggi manzil bo'lib xizmat qilgan.

Bu jamoa OCHLda 8 marta O'zbekiston klublariga qarshi o'yin o'tkazgan va umuman g'olib bo'la olmagan: 2 durang, 6 mag'lubiyat.

Bugungi kunda "Al Vahda" safida Argentinalik Sebastyan Talyabue, marokashlik Murod Batna, braziliyalik Leonardo, koreyalik Kim CHang Vu kabi legionerlar bor. Mahalliy futbolchilardan Ismoil Matar, Hamdan Al Kamoli, Muhammad Al SHamsi, Salim Sulton aynan shu klubda faoliyat olib borishmoqda.

Ayni paytda BAA pro-ligasida 17ta tur ortda qoldi. "Al Vahda" 8ta g'alaba bilan musobaqa jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. Jamoa hujumchisi Sebastyan Talyabue 15ta gol bilan to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinda bormoqda. Leonardo hisobida 10ta, Murod Batna hisobida 8ta gol bor. "Al Vahda" BAA chempionatida oxirgi 12ta uchrashuvning atigi to'rttasida g'olib bo'ldi xolos (4 g'alaba, 3 durang va 5 mag'lubiyat).




"AL-VAHDA" (BAA)
SHahar
: Abu-Dabi
Tashkil topgan sana: 1984
Uy stadioni: "Al Nahyon" stadioni
Sig'imi: 12000 tomoshabin
Klub xo'jayini: Diab Bin Zayd Al Nahyon
Bosh murabbiy: Xenk Ten Kate (Gollandiya)
Rasmiy sayti: alwahda-fc.com

Sovrinlari:
BAA chempioni -
4 marta
BAA Prezident kubogi sohibi - 2 marta
BAA Superkubogi sohibi - 4 marta
BAA Federaciya kubogi sohibi - 3 marta
BAA Liga kubogi sohibi - 2 marta



Darvozabonlar
1.Muhammad Al SHamsi
50.Rashid Ali Suvaydi
88.Said Mesmari

Himoyachilar

2.Muhammad Barqesh
4.Salim Sulton
8.Hamdan Al Kamoli
19.Xolid Ibrohim
23.Rim CHang Vu (Janubiy Koreya)
33.Majid Abdulloh
37.Ahmad Rashid
52.Hussayin Abbos

Yarim himoyachilar
5.Muhammad Abdulbosit
6.Sulton Al Gafri
10.Ismoil Matar
15.Nosir Abdulxadi
16.Salim Abdulloh
18.Ahmad Ali
30.Tariq Al Xodaim
42.Leonardo De Souza (Braziliya)
43.Ismoil Al Zaabi
46.Mansur Al Xarbi
56.Tahnun Al Zaabi
57.Abdulla Anvar Al Ameri
58.Muhammad Ismoil Al Jnebi
60.Eysa Ahmad
62.Muhammad Messari

Hujumchilar
11.Sebastyan Talyabue (Argentina)
20.Yahyo Al Gassani (Tanzaniya)
70.Muhammad Al Hammadi



Reyting: -20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика