So’nggi yangiliklar

10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  2 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  1 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  2 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  9 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  8 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1

O'zbek klublari OCHLni yutish uchun yana qancha vaqt kerak? Yangiliklar

O'zbek klublari OCHLni yutish uchun yana qancha vaqt kerak?

SHunday qilib "Paxtakor" va AGMK uchun bu yilgi Osiyo chempionlar ligasi o'z yakuniga etdi.

Har ikki klubimiz ham guruhdan chiqa olmadi. "Paxtakor" 3-o'rinni egallagan bo'lsa, AGMK oxirgi o'rinda qolib ketdi. Albatta, bu biz uchun qoniqarli ko'rsatkich emas, negaki muxlislar yanada ko'prog'ini kutishgandi. 

Guruhdan chiqish amrimahol bo'lib turgan bir paytda "O'zbek klublari OCHLni yutish uchun yana qancha vaqt kerak?" degan savolni o'rtaga qo'yish biroz g'alati bo'lsa kerak. SHunga qaramay biz maqsadni doim katta olib kelganmiz. Mana hozir ham keyingi bosqichga chiqish so'roq ostida qolayotgan bir paytda terma jamoadan jahon chempionatiga chiqishni kutyapmiz. 

Klublarimiz uchun OCHLdagi ishtirok tugaganidan so'ng Telegram kanalimizga "O'zbek klublari OCHLni yutish uchun yana qancha vaqt kerak?" degan so'rovnoma qo'ygandik. So'rovnomada ishtirok etgan 12 mingdan ziyod muxlis quyidagi variantlarni belgilagan. 

1 yil - 3 foiz

5 yil - 8 foiz

10 yil - 9 foiz

20 yil - 5 foiz

30 yil - 75 foiz


Ko'rinib turibdiki, aksar ishqibozlarning fikricha, bizning klublar ushbu musobaqada g'olib bo'lishi uchun hali ancha yillar kerak ekan. Mustaqil bo'lganimizga 30 yil bo'ldi deb hisoblasak, yana shuncha vaqtdan so'ng kimdir OCHLni yutib qolsa kerak. Albatta, boshqa variantlarni ham tanlaganlar bor, biroq ular juda kamchilik. Balki 50 yil varianti bo'lganida, 30 yilni ortda qoldirgan bo'larmidi?

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика