So’nggi yangiliklar

12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  0 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  3 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  4 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  31 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  19 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  24 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  2 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  14 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  17 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  40 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3

O'zbek futbolining bugungi darajasi haqida Yangiliklar

O'zbek futbolining bugungi darajasi haqida

Kuni kecha "Championat.asia" saytining "Tezkor studiya" loyihasida mehmon bo'lgan O'zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev o'zbek futbolidagi so'nggi voqealar haqida gapirar ekan, jamoatchilik tomonidan bildirilayotgan noo'rin, nohaq, salbiy munosabatlar ko'ngilni xira qilayotganini yashirib o'tirmadi.

Darhaqiqat, ijtimoiy tarmoqlardagi o'zbek segmentida futbolimiz, uning rahbariyati, futbolchilar va murabbiylar doimiy ravishda muhokama qilinadi. Kimdir o'zbek futbolini tamomila tugatish kerakligini targ'ib qilsa, kimdir futbolimiz darajasi va futbol kishilaridan noliydi. Yaqinda "Facebook"da shunday yozishdi:

Ha, o'zbek "fudbol"ini kuzatish, u haqida tushuncha hosil qilish tugul, ushbu sport turining nomini to'g'ri yozolmaydigan kishilar ham; MTJ o'yinini biror marta kuzatmagan, ammo hind seriallarini 2 martadan (takroriy qismi bilan) ko'radigan amakilar ham; futbol desa, ko'z oldiga to'p bilan derazasini urib sindirgan bolachalar keladigan Boychechak xolayam tanqid qilaveradi bu sohani. Nachora, bizga o'ylash, mushohada qilish uchun inom qilingan aql va farosat o'rniga, gapirish uchun berilgan bir qarich tildan ko'proq foydalamiz.

Hamma shu haqda gapirayotgan ekan, men ham o'z munosabatimni bildirishga qaror qildim. Quyida o'qiydiganlaringizning barchasi shaxsiy fikrlardir.


O'zbekistonga futbol nima uchun kerak? 

Birinchidan, hech qaysi soha mamlakatni sportchalik mashhur qilolmaydi. Futbol esa sportning boshqa turlariga qaraganda ko'proq kuzatuvchilar, muxlislarga ega. Misol uchun, ko'pchiligimizda Butan davlati haqida haqida faqat bitta malumot bor: muntazam ravishda FIFA reytingining so'nggi pog'onalarida yuradi. Endi tasavvur qiling, Butan terma jamoasi mundial guruh bosqichida Braziliya, Germaniya yoki Italiya bilan o'ynayapti. Butun dunyo aholisining etibori Butanga qaratiladi. Milliardlab odamlar shunday mamlakat borligi haqida tasavvurga ega bo'ladi va  u haqida malumotlarni qidirib ko'radi. Bu esa mazkur o'lkaga turistlar oqimining keskin oshishiga olib keladi.

Ikkinchidan, futbolda juda katta pul aylanadi, u orqali ko'p miqdorda xorij valyutasi kirib kelishi mumkin. Tasavvur qiling, 10 yildan keyin xorij bozoriga 200 nafar legioner chiqardik. O'rtacha hisobda bir yilda ularning har biri o'z oilasiga 500 ming AQSH dollari miqdorida pul jo'natib tursa, O'zbekistonga har yili 100 million dollar (!) kirib keladi.

Uchinchidan, xalqimiz sportning boshqa turlariga nisbatan futbolni ko'proq yaxshi ko'radi. Minglab yoshlarimiz shu sport turi bilan shug'ullanishni maqul ko'radi. Ularning barchasi katta futbolga o'tolmasligi mumkin, ammo eng kamida sog'lom bo'ladi...

O'zbek futbolining darajasi qay ahvolda?

Yaqinda etiboringizga havola qilingan maqolalardan birida shunday yozgan edim:

Etibor qilganmisiz, futbol masalasida o'ta pozitiv insonlarmiz. O'z navbatida, futbolchilar, murabbiylar, sport ahliga nisbatan haddan tashqari shafqatsiz ham. Mamlakatimiz talim, medicina, robototexnika yoki IT sohasi bo'yicha jahonda eng kuchli 32 talik tugul, Osiyoda ham etakchilar qatoriga kirolmasa, fojia yasamaymiz. Lekin jamiyatdagi ahvol nuqtai nazaridan qaraganda o'z bo'yidan 1 emas, 2 bosh baland sakragan milliy terma jamoamizning mundialga chiqolmagani biz uchun fiasko sanaladi. Uyalmay (alamdan) futbol kishilarining shaxsiyati borasida koncertlarda "emagan" hazillar qilishgacha ham bora olamiz. 

O'ylashimcha, sportda (xususan, futbolda ham) kamchiliklar etarlicha, ammo jamiyat hayotidagi istalgan boshqa yo'nalishga nisbatan ko'proq rivojlana olgan. Keling, vaziyatga real baho beraylik. Futbolimizdan qitaning eng yaxshi futbolchilari chiqdi, futbol tarixida rekord o'rnatgan hakam chiqdi, terma jamoalarimiz qitada tengsiz bo'ldi, jahonda eng kuchli sakkizlikka ham kira oldik. 

Kino, qiziqchilik, tibbiyot, talim, iqtisod, IT  yoki sizning (hurmatli o'quvchi, qaysi yo'nalishda faoliyat yuritasiz?) sohangiz reyting bo'yicha futboldan yuqori ekaniga ishonasizmi?! Sizga ham qator savollar bilan murojaat qilishimiz mumkin:
Nega yoshlarga to'g'ri tarbiya bermayapsiz?; nega kishilar hayotini saqlab qololmayapsiz?; nega iqtisodiy rivojlanishning "o'zbek mo'jizasi" deb nomlanishi mumkin bo'lgan taraqqiyot yo'lini ishlab chiqib, hukumatga taqdim qilmayapsiz?; nega kuchingizni jahon axborot texnologiyalari bozorida inqilob yasash uchun harakat qilish o'rniga allaqaysi futbol odamini muhokama qilish, so'kish uchun sarflayapsiz?

Futbolni Ali ham, Vali ham tanqid qilaveradi. Bu yaxshi. Lekin birovning shaxsiyatiga tegadigan so'zlar ishlatish, so'kinish — yomon. Natijalarga qarasak, futbol boshqa sohalardan ikki bosh balanddek ko'rinyapti. SHunday ekan, mundialga chiqolmagan futbolchilarni haqorat qilish uchun sarflaydigan energiyamizni o'zimiz faoliyat yuritadigan soha bo'yicha jahonda eng kuchli 32 talikka kirish uchun sarflaylik. Zero, futbol hayot uchun muhim bo'lmasligi mumkin. Lekin talim va tibbiyot singari sohalar bizning, farzadlarimizning — barchamizning hayotimiz uchun birlamchi ahamiyat kasb etadi.

Muallif :
Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика