So’nggi yangiliklar

07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  2 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0

"O'zbek futbolida 3ta qirol bor" - Nodirxo'ja Yuldashev (3-con) Yangiliklar

"O'zbek futbolida 3ta qirol bor" - Nodirxo'ja Yuldashev (3-con)

"8+3" rukni davom etadi. Bu galgi suhbatdoshimiz Championat.asia sayti asoschilaridan biri, taniqli jurnalist va funkcioner Nodirxo'ja Yuldashev. Biz u kishiga futbol haqida 8ta, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.

- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

- O'zbekiston va "Paxtakor" o'yinlari orkali Ahmedov va Geynrix, klassikoda stadiondan kuzatganim Inesta, Buskets, Messi va Ronaldu, "Zenit" o'yinidan Xalk,  "Lacio" va "Milan" o'yinida Immobile, JCH-18 payti jonli kuzatganim Pogba va Modrich, Janubiy Koreya o'yinlaridan CHa Du Ri va albatta Qosimovning 2003-2004 yillardagi klassik harakatlari. 

- Tarixdagi eng kuchli jamoa (yoki terma jamoa) sifatida qaysini ko'rsata olasiz? 

- 2001-2004 yillardagi "Arsenal"

Ronaldino davridagi "Barselona"-2005-2006

Braziliya-2002 

Italiya-2000

"Paxtakor"-2003.

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

- PFL U-14 chempionati finalida "Odil Junior" futbolchisi Husanov Hojiakbar urgan goli.

Ronaldinoning 2005 yil "Real"ga urgan goli.

Odilning Katarga urgan goli. 

- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim? 

- Geynrix - pozitiv, Ahmedov - insoniylik, Kamoliddin Tojiev - shaxs, SHukurov - kamtarlik. Afsus, xammasini sanasam ko'p vaqt ketadi. 

- O'zbek futboli qiroli sifatida kimni ko'rsatasiz?

- 3 kishi: Qosimov va Ahmedov bular uzoq mavsum stabil uyin kursatishdi va shunga yarasha futbolchilik faoliyatidan keyin xam o'sha darajada qola bilgan va biladigan odamlar. 3-kishi bu yomon sharoitda bolalar futbolida qishloqlarda ishlayotgan har bir murabbiy men uchun futbol qirollaridir. 

- Nechanchi yillardagi terma jamoamiz barcha davrlarning eng kuchlisi edi?

- JCHga chiqqandan keyin aytaman mana shunisi kuchli bo'lgan deb. Bizda afsus eng kuchli deb bilgan terma jamoamizda xam 5 nafar kuchli futbolchi bo'lmagan. Har safar 2-3 nafar zo'ri bo'ladi xolos. 

- O'zbekiston chempionatlarida o'ynagan eng kuchli xorijlik o'yinchi kim?

- Boyan Miladinovich, Rivaldo, Stivica Ristich, Artur Gevorkyan. 

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering?

- Kurtua

Pike, Kellini, Ramos 

Ronaldu, Axmedov, Pogba, Inesta 

Messi, Geynrix, Neymar

- Yoqtirgan kitob yoki kinongizning nomini ayting (va eng yoqtirgan qahramoningiz).

- Odil Yoqubovning "Ulug'bek xazinasi". Ali Qushchi yoqtirgan qahramonim. Kino - "Legenda-17". 

- Siz uchun baxt nimadan iborat?

- Pulsiz hurmat qilishlari va qilayotgan ishimdan ota-onamni faxrlanishi. 

- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?

- 2005 yil universitetdagi domlam "sen toshkentliklarga kim quyibdi sessiyani 5 bahoga yopishga" - deb 4 qo'yganidan keyin o'qishni yig'ishtirib, amaliyotga chiqib ketganim. Qizil diplom bu - sen katta maosh oluvchi xodim deganig emas, hamma gap erta amaliyotga kirishishda.

"8+3". Ronaldino, Runi va Mirjalol Qosimov... (2-son) 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика