So’nggi yangiliklar

11:23Челестини Файзуллаевнинг ЦСКАдаги тақдирини ҳал қилади  1 10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  2 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг қанча муддат футбол ўйнамаслиги маълум  17 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  1 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0 08:52Янги келишувга кўра Роналдунинг “Ал Насср“даги маоши маълум  25 08:27Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди  17 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди  8 07:30Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  16 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  38 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  4 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  2

O'zbek futboli ustiga birinchi qor yog'di. O'yin esa endi boshlanadi Yangiliklar

O'zbek futboli ustiga birinchi qor yog'di. O'yin esa endi boshlanadi

Matbuot sohasida faoliyat olib borganlar yaxshi bilishadi, gazetalar yozda uncha sotilmaydi. Qishda esa uchib ketadi. Sovuq kunda issiq choy ichib, bir nimalarni o'qish odamlarga yoqsa kerak.

Bugun birinchi qor yog'di. Yana ikki kundan keyin katta ehtimol bilan O'zbekiston Kubogining finali qahratonda bo'lib o'tadi. Final OFKning kattasi uchun dekabrga qoldirildi. O'sha katta aka issiq xonada, to'kin stol yonida o'zi uchun ahamiyatsiz futbolni ko'radi. Siz-u biz oldin dorixonaga borib, shamollash boshlanmay turib ichiladigan, boshlanib qolganida shimiladigan, o'tib ketganida sanchib qilinadigan bir nimalar olib, istar-istamas stadionga boramiz. SHimning ichidan uch qavat narsa kiyib, balki yopinchiqqa o'ralib ham olarmiz.

Menga shunchaki qiziq, futbol ko'rishdan boshqasiga yaramaydigan ob-havoda stadionga kelmaydigan toshkentliklar, sovuq kunda finalni ko'rish uchun kelarmikin? O'ylaysizki, stadionga kirish pullik bo'lgani uchun ularning oyog'i stadiondan uzilgandi-yu, tekin stadionga uchib kelishlarini kutishyaptimi? Yo'q, ochdan o'lishning iloji ancha kam bo'lgan O'zbekistonda odamlarni chipta narxi o'ylantirayotgani yo'q. Ular shunchaki kelganlariga achinmaydigan bir nima ko'rishni istashadi. Hamma gap shunda.

Ishonamanki, rahbariyat kelasi mavsumdan hammasini boshidan boshlaydi. Hozir har narsada ularni ayblash fikridan yiroqman.


Kelishlari uchun sharoit bo'lgani yaxshi. Masalan, qulay ob-havo, ish vaqtidan keyingi futbol, kamida “Nasaf” — “Paxtakor” o'yini kabi jonli spektakl. Biz esa hozircha bularning barchasiga qarshi chiqdik: ish kunining qoq o'rtasida va albatta sovuq ob-havoda futbol. Sovuqda futbolchilar ochiq va hujumkor futbolga juda qiynalishini hammamiz bilamiz. Bepul chipta bilan mana shu kamchiliklarni xastpo'shlashga urindik. Oqibatda, futbol muxlislar uchun o'ynaladi jumlasini, u rahbarlar uchun o'ynalmoqdaga almashtirishga majbur bo'ldik.

Ishonamanki, rahbariyat kelasi mavsumdan hammasini boshidan boshlaydi. Hozir har narsada ularni ayblash fikridan yiroqman. Bazilari futbolga endi kirib ko'rdi, ayrimlari u nima ekani haqida bilishni boshladi. O'zgarayotgan qarorlar, inqilobiy chiqishlardan asosan 1 ta narsani ko'rib turibman: rahbariyat futbolni o'zgartirishga, uni yaxshilashga bel bog'lagan. Nima qilib bo'lsa-da, ular o'zbek futbolini ko'tarishni istamoqda. Biroq siz-u bizga malumki, faqatgina istak bilan ish bitmaydi. Har qanday odamning aslida qanday ekani, uning istaklari yoki gap-so'zi bilan emas, harakatlari bilan o'lchanadi. Yangi mavsumdan boshlab ular biz yangi edik, deya olmaydi. Endi matbuot ham, boshqasi ham ishga boshqacha yondoshadi.  

Men qishda gazetalar ko'proq sotilishiga bejiz urg'u bermadim. Buning yana bitta yaxshi sababi bor. Endi tahlil ko'proq bo'ladi, endi jurnalist zerikkanidan ham qiziqroq mavzu topishga harakat qiladi. Yuqorida aytib o'tganim kabi, rahbariyat futbolni oyoqqa turg'azishni qanchalik istasa, jurnalist ham shuning payidandir. Bu yo'lda mazkur ikki qutb birlashishi shart emas, umuman kerak emas bu narsa. Hamma o'z ishini bilib qilganidagina bir nimaga erishish mumkin bo'ladi. Buni tarix ko'rsatib turibdi.

Asosan kamchilik qidirmoqchi bo'lamiz. Biroq unutmang, do'stlar, yutuqlar haqida og'zidan bol tomadigan kasbdoshlarimiz etarli.


Ha, tilimiz yomon. Hamma narsaga burnimizni suqamiz. Asosan kamchilik qidirmoqchi bo'lamiz. Biroq unutmang, do'stlar, yutuqlar haqida og'zidan bol tomadigan kasbdoshlarimiz etarli. Hamma birvarakayiga ular safiga o'tib, dalada bayram qilsak, vaqti kelib omborga o'tib ketib qoladi.

Biz majburmiz o'z yo'limizdan yurishga, bizda huquq yo'q bir nimalarni o'zgartirib yuborishga va biz maqola yoki chiqishlarimizni odamlarga majburlab ko'rsata olmaymiz. Kimga kerak bo'lsa o'qiydi, yoqmasa o'tib ketaveradi. Va shu tomonimiz bilan ham ustunmiz. Rahbariyatda esa boshqacha, ular hal qiladi ko'p narsani va qolganlar shunga rozi bo'lishga majbur etiladi. SHu tomoni bilan masuliyatning kattasi ularning bo'ynida. O'zbekiston Kubogi o'taversin, yangi yilni kutib olaylik. Haqiqiy o'zgarishlar va chiqishlar chamamda keyin boshlanadi. Bizni zerikish qiyin bo'lgan qish kutib turganini hozir sezmoqdaman.

Muallif :
Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика