So’nggi yangiliklar

19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  3 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   4 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  2 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  3 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  3 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  12 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  11 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  1 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  3 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  21 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4

O'zbek futboli tarixida hali bunaqasi bo'lmagan Yangiliklar

O'zbek futboli tarixida hali bunaqasi bo'lmagan

Bu voqea G'uzor shahrida, ayollar futboli bo'yicha mamlakat chempionatining 19-tur o'yinlari doirasidagi “SHo'rtan” va “Qizilqum” uchrashuvi chog'ida ro'y berdi.

Stadionda kelin salom...

O'zbek futboli tarixida hali bunaqasi bo'lmagan. Kelinchak kelin bo'lib tushgan kundanoq shu oilaning vakillariga, yaqinlariga salom berishni kanda qilmaydi. Kunlar, oylar, haftalar, hatto hayit marosimi sababli yil o'tsada boshida do'ppi, egnida kelin libos bilan etti bukilib salom berish odatimizdan faxrlanamiz. Agar kelin sportchi, deylik futbolchi bo'lsa-chi? Futbolchi qizlarimizning   kelinlik libosini kiyishi, ona bo'lishi va malum vaqt o'tgach oilasini deb futbolni tark etganlar ko'pchilikni tashkil etadi. Ammo shunday futbolchi qizimiz bor ekanki, bir haftalik kelin kuyovning ruxsati bilan maydonga tushishga, buni esa kelin salom bilan amalga oshirishga jazm eta oldi.  

Bu voqea G'uzor shahrida, ayollar futboli bo'yicha mamlakat chempionatining 19-tur o'yinlari doirasidagi  “SHo'rtan” va “Qizilqum”  uchrashuvi chog'ida ro'y berdi. O'zbek futboli tarixida ilk bor maydonda, ikki jamoa o'yini oldidan shu o'yinda maydonga tushishi lozim bo'lgan futbolchi boshida milliy kiyim - do'ppi va ro'mol bilan to'y marosimi kuylari ostida avval o'z jamoadoshlariga, keyin hakam va mehmon jamoa azolariga, so'ng tribunada o'tirgan tomoshabinlarga, oxirida esa o'z murabbiylari va klubi xodimlariga kelin salomini amalga oshirdi. Uldona To'xtaevaning turmushga chiqqaniga bir hafta bo'ldi. 29 avgust kuni ro'y bergan nikoh to'yi kuni uning jamoasi safarda to'p surishlariga qaramay, mamlakatimizning ko'pkarra chempioni “Andijanka” jamoasini mag'lubiyatga uchratib, ushbu yutuqni aynan kelin-kuyovga bag'ishlagan va shu o'yin tufayli futbolchi qizlar dugonalarining baxt oqshomida ishtirok eta olishmagandi. Dugonalar nomidan klub rahbarlari o'sha oqshomda Uldonaga baxt-saodat tilashgandi. Bir haftalik kelin maydonga tushishni istadi, buni esa kuyov bola SHahbozbek ham qo'llab-quvvatladi. Uldona esa maydonga tushishdan oldin o'zbek urf-odatlariga rioya qilishni lozim topdi va yuqoridagi voqeaga sabab bo'ldi. Bir bo'lim to'zliq maydonda harakat qilgan Uldona jamoadoshlarining dastlabki goliga hammualliflik qildi, bir gal esa penaltini aniq bajara olmadi ham.

Erkaklar o'rtasida bunday voqealarga guvoh bo'lgan onlarimiz yo'q emas. “Paxtakor” va milliy terma jamoamizning sobiq o'yinchisi SHuhrat Maqsudovning nikoh marosimini aynan “Paxtakor” stadionida, maydon markazida o'tkazganida unga tan bergan edik, mana, ayollarimiz ham har qanday sharoitda o'zbekona urf-odatlarimizni kanda qilmasliklarini isbotlamoqdalar.


Reyting: -67   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика