O'zbek futboli 110 yoshda. Jizzaxdagi tadbirlar boshlandi
01 apr 2022 11:42
Yangiliklar
O'zbek futboli 110 yoshda. Jizzaxdagi tadbirlar boshlandi
Bugun Jizzax viloyatida o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan bir qator tadbirlar start oldi.
Jarayonni yoritish uchun ayni paytda saytimiz muxbirlari voqea joyida bo'lib turishibdi. Tadbir Jizzax shahridan boshlandi. Quyidagi suratlardan ham ko'rish mumkinki, futbolimiz faxriylari, taniqli shaxslar va O'FA xodimlari, OAV jam bo'lishgan. Dastlab ish SHarof Rashidov haykali poyiga gul qo'yishdan boshlandi. Birozdan so'ng matbuot anjumani ham tashkil qilish rejalashtirilgan. Bugungi kundan shuningdek, ikki nafar futbol faxriylarining uyiga tashrif, o'rtoqlik uchrashuvlari ham o'rin olgan.
Foto: Jahongir Fayzullaev
Kamoliddin Alimov, Jizzax
Fikrlar