So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  1 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

Ozarbayjonda tug'ilib, afg'on urushida qatnashib, O'zbekistonda qadr topgan Abramov bugun 57 yoshga to'ldi Yangiliklar

Ozarbayjonda tug'ilib, afg'on urushida qatnashib, O'zbekistonda qadr topgan Abramov bugun 57 yoshga to'ldi

Bugun, 5 avgust sanasida futbol sohasida faoliyat yuritayotgan bir necha hamyurtlarimiz o'z tavallud kunlarini nishonlashyapti.

Ular orasida futbolimiz tarixida O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan Osiyo Kubogida eng yaxshi natijani qayd eta olgan tajribali murabbiy Vadim Abramov ham bor. Karlenovich bugun 57 yoshga to'ldi. 

Vadim Abramov - 1962 yilning 5 avgust kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dunyoga kelgan. Millionlar o'yiniga bo'lgan qiziqish oilaviy muhit tasirida yuzaga kelgan. Otasi ham havaskor jamoalarda to'p tepgan. Xatto xarbiy xizmatni o'tayotgan chog'ida Ukrainaning "Tomer" klubi to'purari bo'lgan. Kichik Abramov 8 yoshida Bokuning "Neftchi-2" jamoasida murabbiy Eduard Oganesov qo'l ostida futbol o'ynashni boshlagan.        

- Ozarbayjonda oddiy oilada tavallud topdim, - deya eslaydi yoshlik yillarini bugungi qahramonimiz. - Onam rus millatiga mansub, otam arman. Ularning ikkisi ham Bokuda tavallud topishgan. Sakkiz yoshimda onamdan futbol maktabiga olib borishini so'raganman. "Neftchi-2" jamoasida Eduard Oganesov qo'l ostida millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rgana boshladim. 1976 yil Ozarbayjon o'smirlar terma jamoasi safiga qabul qilindim. 1979 yilgacha o'smirlar va yoshlar terma jamoalarida o'ynadim. 

1981 yil 100 nafar askar bilan Qobulga uchdim. Afg'onistonda 1979 yili urush boshlangan, men borgan paytda esa urush ancha qizigan edi. Ikki yil davomida harbiy xizmatni o'tadim. Katta-kichik ordenlarga ega bo'ldim. Uyga qaytganimda 85 kg vaznga ega edim. Harbiy xizmat davomida bir marotaba Toshkentga ham kelgandim. O'shandayoq menga O'zbekiston yoqib qolgandi. SHu sababli o'zimga O'zbekistondan jamoa qidira boshladim. 1984 yili tanishim orqali Evgeniy Valickiyga qo'ng'iroq qildim. U kishi "Narimonov" jamoasi bosh murabbiyi edi. Menga "O'zbekiston" mehmonxonasiga kelishimni aytdi.

Mehmonxonaga keldim, maoshim ham zo'r edi. Bunday maoshni oliy liga futbolchilari olishmasdi. Jamoaning "Ikarus" rusumdagi avtobusi bor edi. Toshkentga kelgan kunimning ertasiga mashg'ulotga borish uchun ko'chaga chiqsam, avtobusimizni o'g'irlab ketishibdi (kuladi). Keyin uni CHinozdan topib kelishdi. O'g'rilar CHinozgacha haydab borib, u erda avtobus ichidagi qimmatbaho narsalarni echib olishgan ekan. SHundan keyin haydovchimiz tunni ham avtobusda o'tkazadigan bo'ldi. Debyutim "Celinograd" jamoasiga qarshi bo'lib o'tdi. Ular Qozog'istonda birinchi o'rinni olgan edilar. Biz 2:0 hisobida g'alaba qozondik. Balki ishonmassiz, lekin o'sha yili meni "Paxtakor"ga chaqirishdi. SHunda murabbiyim "Vadim, bilasanmi, to'g'ri "Paxtakor" oliy liga jamoasi, lekin sen bizda 500 so'm maosh olasan, mukofot pulimiz ham bor. "Paxtakor"ga borsang 160 so'm. Farqini ko'ryapsanmi?", - degandi.

Vadim Abramov Xorazmning "Narimonov" klubidan keyin Tojikistonning "Leninobod", Aktobedagi mahalliy jamoa hamda "Sohibkor" sharafini himoya qildi. Grigoriy Ceytlin qo'l ostida futbolchilik faoliyatimga yakun yasadi. 1987 yili "Paxtakor" vice-prezidenti lavozimiga tayinlandi. Keyinroq klub mamuri bo'lib ishladi. "Paxtakor" oliy ligaga chiqqanidan keyin uni Yuriy Sarkisyan "Neftchi"ga chaqirgan. To'rt yil davomida O'zbekiston oliy ligasida chempionlikka erishgan. 

Abramov 2000 yilda murabbiy sifatida mustaqil faoliyatini boshlagan. "NBU-Osiyo" bosh murabbiyi etib tayinlangan Abramov bir yil ichida klubni 1-ligaga olib chiqadi. 2003 yilda Toshkentning "Traktor" klubini qabul qilib olgan. Abramov boshchiligidagi "Traktor" O'zbekiston kubogi finalida o'ynadi, chempionatda kuchli to'rtlikdan joy oldi. 2007 yilda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi, keyin olimpiya terma jamoasiga ustozlik qildi. 2010 yili esa milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan. 2011 yili Qatar yashil maydonlarida o'tgan Osiyo Kubogi nafaqat Vadim Abramov, balki milliy terma jamoamiz tarixidagi hozirgacha eng yaxshi natija bo'lib qolyapti.   

- Albatta, 2011 yilgi Osiyo Kubogi faoliyatimda alohida sahifa, - deya qita chempionatini eslaydi Abramov. - Bunga qadar men O'zbekiston olimpiya terma jamoasida ishlaganman. O'sha tarkibdagi ko'plab futbolchilar keyinchalik milliy terma jamoaning etakchilariga aylanishgandi. Qatardagi Osiyo Kubogida 90 foiz futbolchi men bilan birga olimpiya terma jamoasida ham ishlagandi. O'sha musobaqaga ketishdan oldin men Osiyo Kubogini qo'lga kiritish uchun ketyapmiz, deb aytgandim. Ko'pchilik bunga ishonmagandi. Biroq yaxshi ishtirok etishimizga negadir ishonch bor edi. To'g'risi, birinchi marta O'zbekiston olimpiya terma jamoasini menga topshirishganida, biroz ikkilanish bo'lgan. Ammo ertasi kuni ishonch paydo bo'lgan.

Bilasizmi, o'tgan asrning 90-yillari men tadbirkor bo'lib ishlagan paytlarda O'zbekiston terma jamoasiga yordam berardim. To'g'ri, hech qaerda ro'yxatda bo'lmaganman, ammo safarlarga borardim, moliyaviy jihatdan yordam berardim, homiylarni topib berardim. O'shanda terma jamoa tarkibiga qarab turib "agar menga milliy terma jamoani topshirsangiz, Jahon chempionatiga olib chiqaman, agar buni uddalay olmasam "Mersedes" rusmli mashinam sizlarga" degandim. Ammo o'shanda hech kim menga ishonmagandi, oradan 15 yil o'tib baribir terma jamoa bosh murabbiyiga aylandim. Bu taqdir bo'lsa kerak.

Ha, Vadim Abramov haqida uzoq gapirish mumkin. SHunchaki, ajoyib inson. Bir guruh hamkasblarimiz bilan birga 2011 yili Qatardagi Osiyo chempionatini yoritish uchun borganmiz. O'shanda terma jamoadagi muhit, murabbiyning futbolchilar bilan qanday suhbatlashayotganini ko'rib, ochig'i Abramovning mahoratiga tan bergandim. Hozirda Vadim Karlenovich "Bunyodkor" jamoasini muvaffaqiyatli tarzda boshqarmoqda. 

Fursatdan foydalanib, Vadim Abramovni bugungi tavallud kuni bilan saytimiz xodimlari va o'quvchilari nomidan muborakbod etamiz. 

Reyting: +88   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика