Ozarbayjon chempionati muddatidan oldin yakunlandi. Gadoev jamoasi yangi mavsumda Evropa Ligasida qatnashadi
18 iyu 2020 18:20
Yangiliklar
Ozarbayjon chempionati muddatidan oldin yakunlandi. Gadoev jamoasi yangi mavsumda Evropa Ligasida qatnashadi
Ozarbayjon futbol federaciyasi ijroiya qo'mitasi (AFFA) koronavirus infekciyasi tufayli chempionatni muddatidan oldin tugatishga qaror qildi.
CHempionat mart oyi o'rtalarida to'xtatilgan edi va jami 20ta tur o'yinlari o'ynalgan edi. Restart esa 21 iyunga reja qilingandi.
Qo'mita qaroriga ko'ra, mamlakat chempioni va UEFA musobaqalarida ishtirok etuvchi jamoalar hozirgi o'rinlarga qarab belgilanadi.
8ta jamoa ishtirok etadigan chempionatda Agdamning "Karabax" jamoasi chempion bo'ldi, ikkinchi o'rinni Bokuning "Neftchi", uchinchi o'rinni esa hamyurtimiz SHohruh Gadoev harakat qiladigan Bokuning "Keshlya" jamoasi egalladi. Gadoev klubi Evropa Ligasining saralash o'yinlarida ishtirok etadi.
SHuningdek qarorga ko'ra, 2019/20 yilgi mavsum natijalariga ko'ra, hech bir klub premer-ligani tark etmaydi.
Fikrlar