O'yin vaqti yurak urishi to'xtagan misrlik futbolchi vafot etdi
09 iyu 22:22
Yangiliklar
O'yin vaqti yurak urishi to'xtagan misrlik futbolchi vafot etdi
Misrning “Fyuche” futbol klubi yarim himoyachisi Ahmad Refaat 31 yoshida vafot etdi. Bu haqda Misr futbol associaciyasi malum qildi.
11 mart kuni Refaat Misr chempionatining 16-turida “Al-Ittihod”ga qarshi o'yinda (0:0) yurak xurujiga uchragandi. U hushini yo'qotib, maysazorga yiqilgan, keyin esa Misrdagi shifoxonaga etkazilgan. O'shandan beri u komada edi.
Futbolchining o'limi sabablari hozircha nomalum.
Refaat Misr terma jamoasi safida ettita o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. U 20 yoshida Afrika kubogini qo'lga kiritgan, shuningdek, "Zamalek" bilan Misr kubogi va superkubogi sohibiga aylangan.
Fikrlar