So’nggi yangiliklar

07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  2 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  3 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  4 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  2 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  2 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  45

O'yin qoniqarli, ammo yana o'sha muammo: Gol yo'q Yangiliklar

O'yin qoniqarli, ammo yana o'sha muammo: Gol yo'q

BAAga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi haqida ikki og'iz.

Yangitdan yig'ilgan jamoa uchun o'yin qoniqarli, deyish mumkin.

BAAga qarshi o'yin uchun maxsus tayinlangan bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev qisqa vaqt ichida jamoani bundan boshqacha o'ynatolmasdi ham. Aksiga olib to'liq bo'lmagan murabbiylar shtabi bilan butkul yangi jamoani qandaydir 3 kun ichida tuzish juda qiyin masala. SHunga qaramasdan terma jamoamiz safarda BAA bilan munosib o'ynashdi. Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, o'yin bobida BAA bizni mag'lub etdi, deya olmaymiz.

Birinchi bo'limni yaxshi boshladik. Berdiev uchrashuvga 3-4-3 taktik sxemasini tanladi. Bu taktik sxemani ustun jihati, jamoa himoyalanayotganda 5 kishi bo'lib harakatlanishi mumkin edi. Asosan birinchi taymda BAA hujumga o'tganida maydondagi joylashuvimiz 5-4-1 sxemaga aylandi. Tanaffusdan keyin esa tashabbus to'liqligicha terma jamoamiz qo'liga o'tdi.

BAAda ham yangi bosh murabbiy ish boshlagani sezildi. Raqib o'z o'yini bilan bizni hayratlantira olmadi. Birgina yaratilgan vaziyatdan unumli foydalangan BAA Dzakkeroni qo'l ostidagi ilk g'alabasini nishonladi. G'alaba ham to'liqligicha italyancha uslubda qo'lga kiritildi. Yani taktik g'alaba.


Berdiev esa faqat mahalliy futbolchilardan iborat jamoa bilan Dzakkeroniga yaxshigina kurash taklif etdi. Ikkinchi bo'limda bir qator vaziyatlarda hamkasbini asabiylashtirishga ham erishdi. Ammo bizdagi eng asosiy muammo, yani gol urish kamchiligi yana bir bor yuzaga chiqdi. Marat Bikmaev, Ivan Nagaevda gol urish uchun qulay imkoniyatlar taqdim etilganida hujumchilarimiz vaziyatga yakuniy nuqtani qo'ya olishmadi.

Osiyo Kubogi-2019gacha hali bir yildan oshiq vaqt bor deb o'ylash xato bo'ladi

Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ichidan esa Dostonbek Hamdamov va Aziz G'aniev o'yinga kirishib keta olishmadi.

Uchrashuvda yaxshi taassurot qoldirganlar ichidan esa Azamov, Kozak, SHukurov, SHorahmedov, Muhammadiev, Abduraximovni alohida ajratish mumkin.

Bu bahsda muhim natija emasdi. SHu tomondan olib qaraganda, bu o'yin kelajak uchun bizga bazi savollarga javob olish uchun ko'mak vazifasini bajarib beradi.

O'FF esa terma jamoa bosh murabbiyi borasida bayonot bersa maqsadga muvofiq bo'lardi. Maqsad xorijdan mutaxassis olib kelish bo'lsa, unda hozirgi kunda kimlar bilan muzokaralar o'tayotgani haqida malumot berilishi lozim. Mahalliy mutaxassislar ishlashi kerak deb hisoblansa, ularni hozirdanoq tayinlash zarur. Kelasi yili terma jamoamiz rasmiy o'yin o'tkazmaydi, OK-2019gacha hali 1 yildan oshiq vaqt bor deb o'ylash xato bo'ladi.

Terma jamoaga kimni tayinlashdan qatiy nazar, bu ishni imkon qadar tezlik bilan amalga oshirish kerak.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика