So’nggi yangiliklar

11:18Нико Уильямс МЮ билан ўйин ҳақида: "Фаворит йўқ, улар АПЛда пастда жойлашишган. Биз "Атлетик Бильбао" нималини кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  4 10:54Раньери «Рома»нинг «Верона» устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди  1 10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  5 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  4 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  13 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  9 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  5 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  25 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

Oybek Rustamov: "Mard o'g'lon" mukofotini qo'lga kiritish katta sharaf va yuksak masuliyat" Yangiliklar

Oybek Rustamov: "Mard o'g'lon" mukofotini qo'lga kiritish katta sharaf va yuksak masuliyat"

Yaqindagina "Mard o'g'lon" mukofoti bilan taqdirlangan Oybek Rustamov bilan intervyu tashkil qildik.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda faollik ko'rsatib, o'zining bilim va iqtidori, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo'shib kelayotgan, yuksak manaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatiy hayotiy poziciya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, yurt istiqboli uchun masuliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan fidoyi va mard o'g'lonlarimizni munosib rag'batlantirish maqsadida hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida”gi PF–5106-son farmoni va 2017 yil 21 noyabrdagi “Mard o'g'lon” davlat mukofotini tasis etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ–3402-son qaroriga asosan 27 nafar yigit “Mard o'g'lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Taqdirlanganlar orasida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi va "Qo'qon-1912" futbol klubi azosi Oybek Rustamov ham bor. Biz futbolchini ushbu yuksak mukofot bilan tabrikladik va faoliyati haqida suhbatlashishga qaror qildik.

-  Oybek, “Mard o'g'lon” davlat mukofotiga sazovor bo'lganingiz bilan muborakbod etamiz. Ushbu yangilikni birinchi bo'lib kimdan eshitdingiz?

- Xabaringiz bor, iyun oyi so'nggida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Turkiyada yig'in o'tkazdim. Xorij yig'ini vaqtida otam qo'rg'iroq qilib, Prezidentimizning yuskak etirofiga sazovor bo'lganligimni aytilar.

- Ushbu xabarni eshitganda nimalarni his qildingiz?

- O'sha damda juda quvondim, buni so'z bilan tariflab bera olmayman. Oddiygina qishloq yigitining mamlakat Prezidenti etiboriga tushishi bu katta sharaf va baxt deb hisoblayman. “Mard o'g'lon” davlat mukofotiga loyiq ko'rilganimdan men ham, barcha oila azolarim ham juda quvondik. Bu oddiy mukofot emas, Muhtaram Yurtboshimizning bizga bo'lgan ishonchlaridir. Ushbu ishonch menga va “Mard o'g'lon” davlat mukofotiga loyiq topilgan barcha yigitlarga katta masuliyat yuklaydi. O'zbek sporti, xususan o'zbek futbolini yanada rivojlantirish uchun borimni berib harakat qilishim lozim. Prezidentimizning ishonchlarini oqlashimiz shart. O'zbek futboli sharafini himoya qilish uchun ikki karra kuch bilan o'ynashga to'g'ri keladi.

Ushbu mukofot futboldagi birinchi ustozlarim Samandar Meliboev, Miraziz Mirzaahmedov, Jamol Rahmatulllaev va bugungacha menga katta mahorat maktabini o'tab bergan murabbiylarimning xizmatlari evaziga berilgan, deb o'ylayman. SHu o'rinda ustoz va murabbiylarimga tazim qilaman. Ota-onamning ham quvonchlari cheksiz, ularsiz men hech narsaga erisha olmasdim. Bunday yuskak mukofot barcha yigitlarga nasib etishini tilab qolaman.



- O'quvchilarimizga Oybek Rustamov futbolga qanday kirib kelgani qiziq...

- 1997 yil Farg'ona viloyati Uchko'prik tumanida tug'ilganman. Yoshligimdan futbolga qiziqishim kuchli bo'lgan. Ko'chalarni changitib to'pning ortidan quvardik. 5-sinfga o'tganimda bolalar va o'smilar sport maktabi murabbiyi Samandar aka Meliboev qo'l ostida futbol bilan shug'ullanishni boshlaganman. Ushbu murabbiy qo'lida 5 yil shug'ullanganman. 2012 yilda Samandar akaning tavsiyasi bilan poytaxtga, "Spartak" futbol maktabiga ko'chib o'tganman. Uch yil davomida aynan shu erda tahsil oldim. SHu bilan birgalikda transport kasb-hunar kollejida ham o'qishni davom ettirdim.

- "Qo'qon-1912"ga o'tish qachon va qanday sodir bo'lgan?  

- Xabaringiz bor, 2015 yilda "Qo'qon-1912" jamoasi oliy ligaga qaytdi. Rahbariyat o'rinbosarlar jamoasiga futbolchilarni yig'ishni boshlandi. SHunda murabbiylar menga ham taklif bilan chiqishdi va Qo'qonga qaytdim. Dastlab "Qo'qon-1912" o'rinbosalari safida o'ynadim. 2016 yilda esa asosiy tarkibda oliy ligada debyut qildim.

- Oliy ligadagi ilk uchrashuv yodingizdami?

- Birinchi o'yinimni unutib bo'larkanmi? Namanganda "Navbahor"ga qarshi vodiy derbisi edi. Bosh murabbiy Murod Ismoilov ikkinchi bo'limda meni Aziz To'xtaboevning o'rniga zaxiradan maydonga tushirgandi. O'shanda jamoam yirik hisobda yutqazgani juda alamli bo'lgandi. Ammo futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi deyishadiku. O'sha yil jamoa safida 10dan ortiq o'yinda ishtirok etdim. No'mon Hasanov jamoani qabul qilib olgach xatto asosiy tarkibda, to'liq o'ynata boshladilar. Aynan 2016 yilgi mavsumda katta o'sishga erishdim.

- Siz dastlab O'zbekiston yoshlar terma jamoasida o'ynadingiz...

- To'g'ri, 2016 yil oktyabr oyida Bahraynda bo'lib U-19 Osiyo chempionati musobaqasi bo'lib o'tgandi. Unda Jasur Abduraimov boshchiligidagi jamoa safida ishtirok etishga muvaffaq bo'lgandim. Guruhda Tojikiston, Avstraliya va Xitoy kabi jamoalarni ortda qoldirib chorak finalga chiqqandik. CHorak finalda Eron bilan Jahon chempionati yo'llanmasi uchun maydonga tushgandik. Afsuski o'sha o'yinda tashabbus biz tomonda bo'lganiga qaramay yakunda 0:2 hisobida alamli mag'lubiyatni qabul qilib olgandik. Mundial yo'llanmasi ham forslarga nasib qilgandi. Biroq ko'plab muxlislar o'sha musobaqada jamoamiz ajoyib o'yinlar namoyish etganini takidlab kelishadi.


- 2018 yilning yanvar oyida Siz O'zbekiston U-23 terma jamoasi safida Osiyo chempioni bo'ldingiz...

- Ha, to'g'ri takidladingiz, shu yil boshida Xitoy mamlakati U-23 Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Bu safar Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi safida qita birinchiligida ishtirok etdim. Ushbu musobaqani hech qachon yodimdan chiqarmayman, chiqara olmayman.

Final nafaqat mening balki butun O'zbekiston xalqining yodidan chiqmaydi deb o'ylayman. "Qor jangi"da jamoamiz g'alabaga erishdi, ushbu musobaqada qatnashgan barcha futbolchilar va murabbiylarga rahmat aytaman.

Biz bir jamoa bo'lib Osiyo chempioni degan sharafli nomga ega bo'ldik. Butun boshli qitada bizning jamoa tengsiz bo'ldi. Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan Malibu avtomashinalari sovg'a qilinishi biz futbolchilarga ko'rsatilgan juda ham katta g'amxo'rlikdan darak beradi. Xalqimiz yarim tun va juda sovuq bo'lishiga qaramay bizni aeroportda bayramona tarzda kutib olishgani menda juda katta taassurot qoldirgandi. O'zbek xalqi mana shunday katta g'alabalarni sog'inib qolgani ko'rinib turardi.

- Futbol muxlislar uchun o'ynaladi deyishadi. Qo'qonlik muxlislar haqida qanday fikrdasiz?

- Jamoamiz muxlislari nomi "Sodiq muxlislar". Ular o'z nomlariga mos deb o'ylayman. Bizni yaxshi va yomon kunda yolg'izlatib qo'yishmaydi. Xudo xohlasa ikkinchi davrada ularni ko'proq xursand qilamiz deb umid qilaman. Biz aynan mana shu muxlislar uchun maydonga tushamiz.

- Bilishimizcha siz oliy o'quv yurtiga hujjat topshirish harakatidasiz. Sir bo'lmasa qaysi institut talabasi bo'lmoqchisiz?

- Qo'qon Pedagogika Institutining Jismoniy tarbiya yo'nalishiga hujjat topshirmoqchiman. Kelajakda yurtimizga yangi-yangi chempionlarni etkazib berishga o'z xissamni qo'shmoqchiman.

- Avgust oyida Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqadan nimalar kutayapsiz?

- Turkiyadagi yig'in aynan Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikning navbatdagi qismi bo'lib xizmat qildi. Ushbu yig'inda futbolchilar jismoniy hamda ruhiy tarzda tayyorgarlik ko'rishdi. Murabbiyimiz Ravshan Haydarov yigitlarga ishonch bildirmoqda. Nasib qilsa, Osiyo o'yinlarida murabbiyimiz va xalqimiz ishonchini oqlashga harakat qilamiz.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика