So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  0 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  1 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  1 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  74 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Oybek Rustamov: "Ishtiyoq va muxlislarimiz daldasi orqali g'alabaga erishdik" Yangiliklar

Oybek Rustamov: "Ishtiyoq va muxlislarimiz daldasi orqali g'alabaga erishdik"

Superliganing 21-turining kutilmagan natijalaridan biri “Qo'qon-1912” – “Paxtakor” o'rtasida kechib, unda mezbonlar 4:2 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdan so'ng “Qo'qon-1912” safida birinchi golni kiritgan yarim himoyachi Oybek Rustamov bilan suhbatlashdik.

- Oybek, “Paxtakor” ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Ochig'i, O'zbekistonning bugungi kundagi birinchi raqamli jamoasiga qarshi tartibli o'yin ko'rsatganimiz evaziga g'alaba qozondik. G'alabamiz yo'lida harakter va ishtiyoq namoyish qildik.

- Mazkur bahsda darvozlarga 6ta to'p kiritildi. Gollarga boy o'yin bo'lishini kutganmidingiz?

- Yo'q albatta. Bunday bo'lishini hech  kim kutmagan bo'lsa kerak. Ikkala jamoa ham g'alaba uchun maydonga tushgani uchun ochiq futbol namoyish qildi. Bu esa o'yinni gollarga boy kechishini taminladi. 

- Stadionga tashrif buyurgan klubning ashaddiy ishqibozlarining daldasi ham g'alabaga ijobiy tasir ko'rsatdimi?

- Albatta. Futbol muxlislar uchun. Ayniqsa, qo'qon futbolini ishqibozlarsiz taassavur qilish qiyin. Bugungi g'alabamizda ularning o'rni bor. Muxlislarimiz har bir vaziyatimizda bizni qo'llab-quvvatlagi uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

- “Qo'qon-1912” jamoasi “Paxtakor”ga qarshi o'yinda joriy mavsumdagi eng yorqin o'yinini ko'rsatdi deb o'ylaysizmi?

- Haa. Jamoamiz mavsumdagi eng shiddatli, yorqin va hujumkor o'yinlaridan birini o'tkazdi. 

- Gol kiritgan vaziyatingiz xususida nimalarni ayta olasiz?

- Har bir futbolchi gol urishni istaydi. Men ham gol urib, jamoam g'alabasiga o'z hissamni qo'shganimdan xursandman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика