So’nggi yangiliklar

07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  1 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  3 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  7 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0 00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  0 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  0 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  0 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  12 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  24 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3 20:36Суперлига. ОКМК "Жар"да "Пахтакор"ни мағлуб қилди  6 20:25"Пахтакор" кумуш медаллар учун курашдан чиқди  13

Oybek Rustamov: “Barcha futbol muxlislarini uyda qolishga chaqiraman” Yangiliklar

Oybek Rustamov: “Barcha futbol muxlislarini uyda qolishga chaqiraman”

"Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Oybek Rustamov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

-Oybek futbolga kirib kelishingiz haqida gapirib bersangiz

-Futbolga kirib kelishimga sabab, bolaligimdan menda  “millionlar o'yini”ga qiziqish juda katta edi. Uchko'prik tumanidagi Olmurod qishlog'i ko'chalarida hamda keyinchalik esa o'zim o'qigan 33- maktab maydonida futbol o'ynab, har xil musobaqalar, makatablararo o'yinlarda qatnashardim.  Qolaversa amakim ham futbolchi bo'lgani sababali meni ham o'zlari bilan olib ketishar edi. 9 yoshimda amakim meni  mahallamizdagi futbol to'gariga olib borishgan. Birinchi ustozim Samandar Meliboev qo'l ostida futbolning ilk sirlarini o'rganganman. Ustozim bilan turli musobaqalarda ishtirok etib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritganmiz.

2012 yili Toshkentning “Spartak” klubga o'tdim va u erda  Miraziz Mirzaahmedov va Jamolidin Rahmatullaev qo'l ostida to'p surganman, Toshkent shahar chempionati 2-liga o'yinlarida qatnashganman.

2016 yili esa “Qo'qon-1912”  jamoasining o'rinbosarlar tarkibiga kelib ko'shildim. U erda Muhsin Nizomidinov boshchiligida , oliy liga jamoalarining   o'rinbosarlari ishtirokidagi chempionatda  faxrli 3-o'rini egallaganmiz. 2016 yildan beri “Qo'qon-1912” jamoasida to'p surmoqdaman.

-2020-yilgi futbol mavsumidan nimalarni kutgan edingiz ?

-Ochig'ini aytsam men bu yildan juda ko'p narsalarni kutgandim. Yil boshida Tailand mamalakatida bo'lib o'tgan U23 Osiyo chempionatida ishtirok etdik. Men Yaponiyada bo'lib o'tadigan olimpiada o'yinlariga yo'llanmani aniq olamiz deb ishongan edim. Taqdir bizga olimpiada o'yinlarida ishtirok etishni nasib qilmagan ekan, terma jamoamiz yarim qadam qolganda bu yo'llanmadan quruq qoldi. Mana shundan so'ng biroz kayfiyatsiz holda “Qo'qon-1912” jamoamiz yig'inlariga kelib qo'shildim.
Endi barcha umidlarim chempionatda munosib ishtirok etib, Qo'qonlik muxlislarimizni , ota-onam , mahalladoshlarim va o'rtoqlarimni xursand qilish.

-Muxlislar sizni markaziy himoya chizig'ida to'p surishingizga o'rganib qolishgan edi. Ko'rdikki bu mavsum “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi sizni markazda  o'ynashingizni istamoqda ? Sizga o'zi qanday poziciyada o'ynash qulay ?

-Xabaringiz bor, o'tgan mavsumda  markaziy himoyada o'ynadim. Jamoamizga yangi murabiy Baxtiyor Ashurmatov kelishdi. Har bir murabbiyning o'z taktikasi o'zining uslubi bo'ladi. Bosh murabbiy tayinlangan vaqtda men O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo chempionatida qatnashayotgan edim.  Fevral oyida jamoamizga kelib ko'shildim va bosh murabbiy bilan  ko'rishdim.  Baxtiyor Ashurmatov menga markaziy yarim himoyada o'ynatmoqchiliklarini, bu poziciyada ham bemalol o'ynab keta olishimni aytishdi. Men  har doim futbol  o'ynashga tayyorman markaziy himoya yoki markaziy yarim himoyada ahamiyatsiz. Asosiysi jamoamga foydam tegsa bo'ldi. Bosh murabbiyimiz va muxlislarimiz xursand bo'lsalar men xursand bo'laman. Aslida zamonaviy futbolda har bir futbolchi unversal bo'lish kerak deb o'ylaman.

-Bu yil tarkibga yangi qo'shilgan futbolchilar va legionerlar  haqida fikringiz ?

-Tarkibimizga kelgan futbolchilar bilan tezda chiqishib bitta oiladek bo'lib qoldik. Ko'pchiliklari bilan avvaldan ham tanish edik.  Legionerlar borasida aytadigan bo'lsam, Serbiyadan kelgan Ivan Yosovich  jamoamiz azolari bilan tezda kirishib ketdi. Yosovich juda odobli, odamjonli yigit ekan.  Superliga boshlanishiga yaqin qolganda Yakuba Bamba kelib qo'shildi. U  hozirda barchada iliq taassurot koldirmokda. Muxlislarimiz ham ularni yaxshi kutib olishdi.  Qolgan futbolchilar mening akalarim bo'lib qolgan. Yana bir xorijlik o'yinchi Filip Rayevacga kelsak, uni tariflashga hojat yo'q. O'zi  salkam Qo'qonlik bo'lib qolgan, xatto muxlislar unga Abdullajon deb o'zbekcha ism ham qo'yishgan. O'ylaymanki bosh murabbiyimiz anchagina kuchli tarkibni yig'a oldilar. Yangi kelganlardan Muzaffar Muzaffarov, Botirali Ergashev kabi futbolchilarni superliganing deyarli barcha jamoalari o'z tarkiblarida ko'rishni istasalar kerak.

-Ayni kunlarda sport formangizni qay tarzda ushlab turibsiz ?

-O'zingiz bilib turganingizdek koronavirus pandemiyasi hozirgi kunda butun dunyoda futbol uchrashuvlarini to'xtab turibdi. Bunday vaziyatda biz futbolchilarga sport formamizni ushlab turish juda muhim hisoblanadi. Ayni kunlarda murabiylarimizning bizga bergan rejalari asosida uyda sport formamizni ushlab turish uchun  mashg'ulotlarni bajarib turibmiz. Har kuni bosh murabbiyimiz telegramm orqali bizga sharoitimizdan kelib chiqib mashg'ulotlar rejasini berib turishibdi. Umid qilamanki   tez orada bu koronavirus degan balo O'zbekistonni tark etadi va yurtmizda yana bayramlar , futbol o'yinlari davom etadi. Hozircha esa  “UYDA QOLING” shioriga amal qilyapmiz.

-Oybek Rustamovning futboldagi kumiri kim ?

Menga dunyo futbol yulduzlaridan, Braziliya termasi hamda Madridning “Real” jamoasining tayanch yarim himoyachisi  Kazimironing o'yinlari yoqadi. Uning o'yinlarini tomosha qilsam maza qilaman, undan nimalarnidir o'rganishga harakat qilaman.

-Muxlislarga tilaklaringiz

Barcha O'zbekistonlik futbol muxlislariga , shu jumladan Qo'qonlik muxlislarimizga avvalo sog'lik tilayman. Barchalarini ayni kunlarda uyda qolishga chaqiraman. Biz birlashsak albatta har qanday kasallikni engamiz. Ishoninglar yaxshi kunlarga oz qoldi. Yana futbol uchrashuvlarida ko'rishamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика