So’nggi yangiliklar

22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  9 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9

Oybek Qilichev: "Paxtakor"ning yo'qotishlari bizni qiziqtirmaydi" Yangiliklar

Oybek Qilichev: "Paxtakor"ning yo'qotishlari bizni qiziqtirmaydi"

"Navbahor" - "SHo'rtan" (1:0) uchrashuvidagi yagona gol muallifi Oybek Qilichev uchrashuvdan olgan taassurotlari va "lochinlar" oldida turgan navbatdagi muhim uchrashuvi borasidagi fikri bilan o'rtoqlashdi.

- "SHo'rtan" bilan kechgan o'yin Sizda qanday taassurot qoldirdi?
- G'uzorliklarga qarshi uchrashuv qiyin juda qiyin o'tdi. "Navbahor"ga qarshi hozirda barcha jamoalar puxta tayyorgarlik ko'rishmoqda. SHuning uchun har bir o'yinimiz og'ir o'tmoqda. Bu jixat uchrashuv hisobiga ham tasir o'tkazmoqda. Etibor bersangiz, g'alabalarimiz minimal 1:0 yoki 2:1 hisobida bo'lmoqda. "SHo'rtan" ham bizga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rganini maydonda ko'rsatdi. Jamoa bejizga "SHo'rtan" va "Paxtakor"ni mag'lubiyatga uchratmagan. Ushbu o'yinda bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga raxmat aytaman. Ular bizga o'z daldalari bilan qo'shimcha kuch bag'ishlab turishdi. Murabbiyning ko'rsatmalarini ham g'alabaning omillaridan biri sifatida ko'rsatgan bo'lardim. Keyingi o'yinlarda ham oldimizga faqat g'alabani maqsad qilgan xolda yanada yuqori o'rinlarga ko'tarilishni istaymiz. Niyatimiz - mavsumni kuchli uchlikda yakunlash.

- Uchrashuv taqdirini xal qiluvchi golga muallif bo'ldingiz. "SHo'rtan" darvozasini ishg'ol etishni sezganmidingiz?
- To'risini aytsam, bunday jarima nuqtalaridan mashg'ulotlarda ham zarba yo'llab turaman. Yaqin masofadan jarima zarbasi belgilansa ko'proq o'zim amalga oshiraman.

- "Paxatkor"da "Navbahor"ga qarshi o'yin oldidan uchta yo'qotish bor. Lobanov, Tojiev va Hoshimovlar maydonga tushishmaydi. Ushbu yo'qotishlar "navbahorchilar"ga qo'l keladimi?
- Bizni raqibimizning qizil kartochka olgan yoki diskvalifikaciya bo'lgan o'yinchilari qiziqtirmaydi. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar biz o'zimizni nimalarga qodirligimizni ko'rsatamiz. Albatta "Paxtakor"ga ham qarshi bahsda oldimizga faqat g'alabani maqsad qilib maydonga tushamiz. Yana qaytaraman, "sherlar"ning yo'qotishlari bizni qiziqtirmaydi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика