So’nggi yangiliklar

12:51"Реал" Мбаппенинг самарадорлигидан хавотирланмаяпти, у лойиҳанинг муҳим қисми  1 11:41"Фенербахче" ва Моуринью ўз сафини ЖЧ-2022 ярим финалчиси билан кучайтирди  0 11:16"Рома" "Атлетико" собиқ ўйинчиси билан эркин агент мақомида шартнома имзолайди  4 10:45"Ал Насср" бразилиялик иқтидорни сотиб олди  1 10:14"Romaspress" нашри бугунги учрашув учун римликларнинг эҳтимолий таркибини эълон қилди  2 09:45Flashscore. Раҳмоналиев ва Ашурматов кечаги мағлубиятдан сўнг неч баҳога лойиқ кўрилди  1 09:19"Рома" етакчиларидан бири фаолиятини Саудияда давом эттиради  1 09:15Туркия чемпионати. "Галатасарой"да йирик ғалаба, Батшуайи пенальтидан гол ура олмади  2 08:47Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 08:35А Серия. Лукаку "Наполи" сафида дебют голини урди, Абрҳам "Милан"даги биринчи ўйинида ассист амалга оширди  4 08:20"Вест Хэм" футболчиси Хебай жамоасига кўчиб ўтди  2 07:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:19А Серия. «Милан» яна ғалаба қозона олмади,«Наполи»дан эса супер камбек  1 01:44Гринвуд "Марсель" сафида Лига 1даги 3та ўйинда 5та гол урди. Бу ишни сўнгги 50 йилда фақатгина Балотелли қила олганди  4 01:20Холанд АПЛдаги 30 йиллик натижани такрорлади  6

Oybek Qilichev: Malayziyada yana bir yil qolsam kerak Yangiliklar

Oybek Qilichev: Malayziyada yana bir yil qolsam kerak

Malayziyaning Perak klubi sharafini himoya qilib kelayotgan tajribali yarim himoyachi Oybek Qilichev FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffus paytida Toshkentga tashrif buyurdi.

Paxtakordagi o'yinlari orqali tanilgan futbolchi o'z vaqtida Eronning Paykon jamoasida ham to'p surgandi. Oybek fursatdan foydalanib, Bunyodkor stadionida kechgan JCH-2018 saralashi 3-raundi doirasidagi O'zbekiston - Xitoy uchrashuvini tomosha qildi. Biz mazkur bahsdan so'ng Qilichev bilan uchrashib, undan intervyu oldik.

- Oybek, termamizning g'alabali o'yini sizda qanday taassurot qoldirdi?


- Futbolchilarning Eron jamoasiga imkoniyat boy berilganidan so'ng o'zlariga kelib olishganidan xursand bo'ldim. Odatda, bunday alamli mag'lubiyatlardan keyin qisqa fursatda ruhiy tomondan muhim o'yinga tayyorlanish, tiklanish oson kechmaydi. Yigitlar murabbiylar shtabi yordamida bu narsani uddalashibdi. Albatta, ketma-ket o'yinlarda ochko yo'qotgan xitoyliklar Toshkentga mag'lubiyatga uchrash uchun kelishmagandi. Buni ular birinchi bo'limda isbotlashdi, juda yaxshi himoyalanishdi. Lekin tanaffusdan so'ng termamiz futbolchilari tamomila o'zgarishdi. Buning natijasida raqib darvozasi ikki bor ishg'ol qilindi.

- Eron jamoasi bilan bahsdagi mag'lubiyatni qanday izohlaysiz?


- Bu kabi muvaffaqiyatsizliklar nomdor termalar o'yinlarida ham uchrab turadi. Eronliklar bitta standart vaziyatdan unumli foydalanib qolishdi. SHundan so'ng futbolchilarimiz katta ustunlikka ega bo'lishdi. O'z navbatida, forslarning kuchiga ham tan berish kerak. Ular Koreya jamoasini ham mag'lub eta olishdi. Menimcha, aynan Eron termasi guruhimiz favoriti.

- Oldinda milliy jamoamizni Janubiy Koreya termasiga qarshi safarda muhim uchrashuv kutib turibdi. Bu bahsda ijobiy natijaga umid qilsak bo'ladimi?


- Koreyaliklarga ortiqcha tarif berish shart emas. Lekin yutqazmaydigan jamoaning o'zi yo'q. 15 noyabr kuni o'tkaziladigan o'yin oldidan guruhga nazar tashlaydigan bo'lsak, biz koreyslardan yuqorida turibmiz. Mana shu holat futbolchilarimizga ruhiy ustunlik taqdim etishi kerak, deb o'ylayman. Hech bo'lmaganda, durang natija qayd etilsa, bu bizning foydamizga xizmat qilardi. SHu bilan birga, keyingi turda Eron termasi Suriya jamoasiga qarshi bahsda ochko yo'qotadi, degan umiddamiz.

- Oybek, siz sportchilar oilasida dunyoga kelgansiz. Akangiz To'lqin Qilichev boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi hisoblanadi. Nima uchun boksni emas, futbolni tanladingiz?


- O'zim Jizzax viloyatining Zafar-obod tumanida dunyoga kelganman. Maktab yillaridayoq millionlar o'yiniga bo'lgan mehrim bo'lakcha edi. Qiziqishim sabab Jizzax shahridagi futbol maktabiga borganman. O'sha kezlari qishloqdosh do'stlarimdan ikki nafari aynan shu talim maskanida tahsil olishardi. Hamon esimda, otam o'shanda To'lqin akamga Ukangni CHirchiq olimpiya zaxiralari kollejiga olib bor, u ham sen kabi bokschi bo'lsin, degandilar. Lekin akam Boksda nima qiladi, futbol bilan shug'ullanishni davom ettiraversin, deb javob bergandilar.

- Bundan afsuslanmaysiz, shundaymi?


- Hecham afsuslanmayman, akam to'g'ri qaror qabul qilgan ekan.

- Rio Olimpiadasida bokschilarimiz tarixiy natijalarni qo'lga kiritishdi. Murabbiylar shtabida akangiz ham bor edi. O'zbekistonlik charm qo'lqop ustalarining janglarini kuzatib bordingizmi?


- Albatta. Malayziyada deyarli tong sahar bo'lishiga qaramay, bokschilarimiz ishtirokidagi janglarni ko'rib bordim. Ular orasida Bahodir Jalolov, Murodjon Ahmadaliev o'z ukalarimdek bo'lib qolishgan, CHirchiq olimpiya zaxiralari kollejida birga ulg'ayganmiz. Uyimizga tez-tez tashrif buyurishardi. Hasanboy Do'smatovning oltin medalni qo'lga kiritishi boshqa bokschilarimizni yanada ruhlantirdi. Fazliddin G'oyibnazarov va SHahram G'iyosov ham yorqin taassurot qoldirishdi.

- Paxtakor jamoasida to'p surish ko'pchilikning orzusi. Sizga ham ana shu baxt nasib qilgan. Bu klubga qanday kelib qolgansiz?


- Amakim Komil Qilichev 9-sinfda o'qib yurgan kezlarim Traktor jamoasiga olib borganlar. O'sha payt bu klubga Vadim Abramov murabbiylik qilardi. Bir oy mobaynida mashg'ulotlarda ishtirok etganman. Yaxshi taassurot qoldirganman, chog'i, meni olib qolishgan. Traktor bilan ikki yillik shartnoma imzolab, shu muddat davomida jamoada o'ynadim. Keyinchalik klub tarqatib yuborilgach, Vadim Karlenovich yoniga chaqirib, Paxtakordan taklif bo'layogani, bir kun ichida o'ylab ko'rishim lozimligini aytdi. Men esa bunga bajonidil rozi bo'ldim.

- Hozir Malayziya chempionatida o'ynayapsiz, undan avval Eronda to'p surdingiz. Legionerlarga oson emasligini tushungandirsiz?


- Albatta, xorijdan tashrif buyurgan har bir futbolchi mahalliy o'yinchilardan bir bosh yuqori bo'lishi shart. Klublar sizni shunchaki taklif qilishmaydi, ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tganingizdan keyingina shartnoma imzolashadi. Ayniqsa, Eronda o'ynash qiyin, jismoniy jihatdan juda kuchli bo'lishingiz kerak. Malayziyada esa nisbatan engilroq. Bugungi kunda uch nafar o'zbekistonlik futbolchi ushbu mamlakat chempionatida faoliyat yuritishmoqda. Dilshod SHarofutdinov va Lutfulla To'raev bilan ko'rishib turamiz. O'zga yurtda vatandoshlaringizni ko'rganingizda quvonishingiz tabiiy.

- Perak bilan shartnomangiz qancha muddatga tuzilgan?


- Keyingi yili yakunlanadi. Agar hammasi joyida bo'lsa, Malayziya chempionatida yana bir mavsum to'p sursam kerak.

K.ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика