So’nggi yangiliklar

20:15Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Қизилқум"ни 5:1 ҳисобида мағлуб этди  15 20:00Ямаль "Сельта"га қарши ўйнамайди  1 19:42Франция футбол Федерация ПСЖнинг "Мбаппе иши" бўйича апелляциясини рад этди  0 19:31Суперлига. "Нефтчи" – "Насаф" 2:0. Highlights  5 19:17Анвар Бердиев: "Мақсадимиз — Суперлигага чиқиш"  0 18:59Фарҳод Нишонов: "Ҳакам қарорини муҳокама қилишни истамайман, аммо..."  0 18:34Моуринью яна Роналду билан бирга ишлаши мумкин  0 18:08ПРО-Лига. Расман — "Шўртан" плей-оффнинг иккинчи иштирокчиси!   2 18:05Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлди  44 17:43Суперлига. "Қизилқум" - "Навбаҳор": Асосий таркиблар маълум  2 17:09ПРО-Лига. 5 та гол урилган ўйинда "Бухоро" "Арал"дан устун келди  2 16:49ПСЖ янги машғулот марказини очди  0 15:32Жорж Микаутадзе фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 15:01"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи  2 14:40Тимур Кападзе: "Ўйин томонлама "Насаф"ни эътироф этаман, мавсум ўртача ўтмоқда"  16

Oybek Nurboev: “Bizda Evropaga o'xshab ochiq transfer qilinmaydi” Yangiliklar

Oybek Nurboev: “Bizda Evropaga o'xshab ochiq transfer qilinmaydi”

O'tgan yili Quvasoyning “Cementchi” jamoasida o'ynagan Oybek Nurboev ayni damda erkin agentga aylangan. Biz Oybek Nurboev bilan bog'lanib faoliyati borasida suhbatlashdik.

- “Cementchi” va “Neftchi” o'zaro birlashdi va “Neftchi” bu yil Superligada o'ynaydigan bo'ldi. shunday bo'lsada siz na “Cementchi” va na “Neftchi” safidasiz. Bunga izoh bera olasizmi?

- O'tgan yili “Cementchi” bosh murabbiyi jamoaga yordam berishim uchun meni chaqirgandi. “Cementchi” o'rniga “Neftchi” bo'lganda nima uchun fikri o'zgardi? Yoki meni “Neftchi”ga noloyiq futbolchi, deb ko'ryaptimi? Xullas, murabbiyga aytadigan ko'p gaplarib bor edi. Bu xayot. Hech kim bir joyda to'xtab qolmaydi. Bir kun kelib o'zini shunday ahvolda ko'raman. Farg'onaga 1500 kilometr uzoqdan o'z cho'ntagimdan pul sarflab borgandim. Menga javob berib yuborsa ham yo'lkiramni qilib bersa bo'lardi. Meni shunchaki chetga chiqarib qo'yishdi. Farg'onada hokim kubogi bahslarida asosiy tarkibda yo'q edim. Qarasam zaxiradan ham joy ajratishmagan ekan. O'yin tugaganidan so'ng gaplashib olaman dedim. Kechgi ovqatdan so'ng, bosh murabbiyning oldiga kirsam menga javob berib yubordi. Unga aytadigan gaplarim bor edi. Lekin yonidagi odamlar borligi sababli shunchaki ishingizga omad deb chiqib ketdim. Bu gaplarning barchasi Abdumalik Hakimovga tegishli.

- Bilamizki siz avval ham "Neftchi" jamoasida faoliyat olib borgansiz. O'tgan yili ushbu jamoaning salbiy natija ko'rsatishiga nima sabab bo'ldi, deb o'ylaysiz?

- 2013 yili may oyida Yuriy Vazgenovich Sarkisyanni istefoga chiqarishganidan so'ng, shu kungacha jamoada ko'plab murabbiylar almashinuvi bo'ldi. birinchi bo'lib Amet Memet taklif etildi. Undan so'ng, Murod Ismoilov, Andrey Fyodorov va Vadim Abramov jamoada murabbiy bo'lib ishladi. Bularning barchasi bitta odamni vazifasini eplay olmadi, desam mubolag'a bo'lmaydi. CHunki, jamoani tuzgan inson Yuriy Vazgenovich bo'ladi. Murabbiylar almashinuvi bo'lganidan so'ng, bir nechta futbolchilar kelib-ketdi. “Neftchi”ni bunday natija ko'rsatishiga nima sabab bo'ldi, o'zim ham xayronman. “Neftchi” jamoasini birinchi ligaga tushib ketgani uchun ko'nglim og'ridi. Bir tarafdan bunga ishonish qiyin bo'ldi. Misol uchun, o'zim Nukusda yashayman, ko'pchilik muxlislar mendan “Neftchi”ga nima bo'ldi”, - deb so'rab turishadi. Ular ham “Neftchi”ni bunday holga tushishiga hayron qolishmoqda. Menimcha, murabbiylar almashinuvi ham bunga sabab bo'lishi mumkin. Har bir murabbiy o'z ishini alo darajada bajara olmadi deyishim mumkin.

- Millionlar o'yini bo'lmish futbolga kirib kelishingizga kim sababchi bo'lgan?

- To'g'risini aytsam, futbolga kirib kelishimga hech kim sababchi bo'lgani yo'q. Futbolga qiziqish mahalladan boshlangan. Oradan biroz vaqt o'tgach, futbol to'garagiga qatnay boshlaganman. Kimdur ota-onasi, yana kimdur aka-ukasi, yoki bo'lmasam do'stlari orqali futbolga kirib kelishini ko'p eshitganman. Lekin menda bunday holat bo'lmagan. Futbolga qiziqish bolaligimdan o'zimda paydo bo'lgan.

- Bilamizki siz "Jayxun", Xorazm", “Dinamo”, “Buxoro”, “Qo'qon-1912”, “Olmaliq”,  "Neftchi" va "Cementchi" jamoalarida faoliyat yuritgansiz. Hozir esa erkin agentsiz. Birorta jamoadan ko'nglingiz to'lmagan paytlar bo'lganmi?

- 2015 yili ikkinchi davrada “Qo'qon-1912” jamoasidan ko'nglim to'lmagandi. O'shanda Rustam Abdullaev bosh murabbiy edi. Lekin nima uchun ushbu jamoadan ko'nglim to'lmagani haqida OAVga ayta olmayman.

- Moliyaviy tomondan qandaydir muammo bo'lganmidi?

- Yo'q, gap pulda emas. Boshqa sabablar bo'lgan. Buni ayta olmayman.

- Qolgan jamoalardanchi?

- Qolgan jamoalardan ko'nglim to'q.

- Futbolni nima uchun tanlagansiz, pul uchunmi yoki futbolni yaxshi ko'rganingiz uchunmi?

- Pul haqida umuman o'ylamaganman. Futbolni chin yurakdan yaxshi ko'rganim uchun shu sohani tanlaganman. O'zimni futboldan boshqa sohada tasavvur qila olmayman.

- Agarda futbolchi bo'lmaganingizda qaysi kasbni tanlagan bo'lardingiz?

- Harbiy bo'lgan bo'lardim. CHunki xarakterim ham harbiylarga o'xshab ketadi. Jamoamizdagi Farrux Turdialiev meni “soldat” deb xazillashardi (kulib).

- Sulolangizda futbolchilar bo'lganmi?

- Bizning sulolamizda hech qanday futbolchilar bo'lmagan. Men birinchisiman.

- Siz bilan ishlagan faolitingizdagi eng yaxshi murabbiy kimligini ayta olasizmi?

- Yuriy Vazgenovich Sarkisyan.

- Hozir qancha maosh olishingizni ayta olasizmi?

- Yo'q, buni hech bir o'zbekistonlik futbolchilar aytmasa kerak.

- Nima uchun futbolchilarimiz qancha maosh olishlarini sir tutishadi, hamma mehnatiga yarasha oladi-ku?

- Gapingiz to'g'ri, lekin shu kungacha hech bir futbolchi qancha maosh olishini aytganini eshitmaganman ham ko'rmaganman ham. Nima uchun futbolchilar qancha maosh olishlarini sir tutishiga ko'plab misollar keltirish mumkin. Misol uchun bizda Evropa futboliga o'xshab ochiq transfer qilinmaydi. Ko'plab futbolchilarning agentlari yo'q. Ularni murabbiylarning o'zlari taklif qilishadi. Ikkila tomon ham shartnoma imzolagandan so'ng, bu narsa sir bo'lib qoladi. Bu shartnoma murabbiy va futbolchi o'rtasidagi kelishuv bo'ladi. SHuning uchun ham bizda sir tutiladi. Bizda Evropa futboliga o'xshab bu futbolchi 60 million evroga bir klubga o'tdi, boshqa futbolchi 100 million evro evaziga boshqa klubga ko'chib o'tdi deya bemalol aytishadi. Bizda unday emas, ochiq transfer qilinmaydi. Xattoki transfer degan tushunchaning o'zi yo'q, rivojlanmagan. CHunki, murabbiy o'zi taklif qilgan futbolchiga o'zi malum bir miqdorda summani aytadi, ko'tarma pullari ham buni ichida bo'ladi. Yuqorida takidlab o'tganimdek, bu murabbiy va futbolchi o'rtasidagi gap. Agarda bu haqida malumot olmoqchi bo'lsanglar murabbiylardan so'rashinglar mumkin. CHunki, barcha murabbiylar kich qancha oylik olishini yaxshi biladi.

- Qoraqalpog'istonda futbolga bo'lgan etibor qay darajada?

- To'g'risini aytsam juda ham past darajada. Futbolga bo'lgan etibor umuman yo'q. Bizda futbol o'ynayman degan yoshlar ko'p, lekin hokimlarimiz futbolga qiziqishmaydi.

- Qoraqalpog'istonga futbolni qaytarish uchun qanday ishlarni amalga oshirgan bo'lardingiz?

- Birinchi navbatda bolalar futboli va maktab internatini kuchaytirgan bo'lardim. Bizda hech qanday futbol to'garaklari yo'q. Futbol to'garagi ochish uchun yaxshi futbol o'ynaydigan maydonlar kerak. Nukus bo'yicha birgina “Turon” stadioni bor. o'sha stadionda barcha musobaqalar o'tkazilib kelinadi. “Turon” stadioni yaxshi, lekin maydoni suniy qoplamali. Yoz paytida umuman futbol o'ynab bo'lmaydi. Birinchi liga bahslari mana shu stadionda o'tkaziladi. “Orol” jamoasi uy uchrashuvlarini mana shu stadionda o'tkazadi. Birinchi liga bahslarida o'yin 17:00da boshlanadi. Yoz paytida suniy qoplamali maydon qayab turgan bo'ladi. Afsuski Qoraqalpog'istonda futbol so'nib bormoqda.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика