So’nggi yangiliklar

00:00Париж-2024. Франция - Миср  3 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  1 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  12 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  0 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  4 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1

O'XSHAMAGAN FINAL YOXUD "FC SUGDIONA CUP-2015" Yangiliklar

O'XSHAMAGAN FINAL YOXUD "FC SUGDIONA CUP-2015"

Bu safargi final ham avvalgilardan farq qilmasligiga 99 foizga ishonchimiz komil edi, faqat uni PFL yana bir bor amalda isbotlashi qolgandi xolos.

Afsuski, har yil tanqid qilib yoziladigan kubok finalining bu safargi tashkilotchiligi hammasidan ham o'tib tushdi. Demak, ko'rgan va kechirganlarimizni  bir boshdan aytib beramiz.

Odatda final o'yinlarini qabul qiladigan stadion va shahar yil boshidayoq malum  bo'lishi kerak. Bugungi tarkibdan kelib chiqadigan bo'lsak, "So'g'diyona"ning final yo'llanmasini qo'lga kiritishi qiyin. Demak, Kubok finalining mezboni sifatida  avvaldan Jizzaxni tanlab qo'ysak bo'laverardi. Yil boshida stadionni tayyor bo'lish-bo'lmasligi haqida aniq axborot yo'q edi. Lekin ikkinchi davra avvalida barchasi malum bo'lib ulgurdi. Stadionning holati esa shu kuni alo darajada bo'ldi. 

Avvalo final uchun PFL maxsus guruhni tuzishi kerak edi. Bu guruh vakillarini final  bo'lib o'tadigan stadion xodimlari bilan uchrashgan holda ularga maxsus instrukciya berishlari kerak edi. Afsuski, bunday bo'lmadi. Agar Jizzaxning "So'g'diyona" klubi  matbuot xizmatida Umid Raimjonov faoliyat olib bormaganida, kechagi final bundan-da xunuk o'tkazilar edi. Aynan shu kishining say-harakatlari tufayli mayda  ko'ringan, ammo futbol jamoatchiligiga kerak bo'lgan barcha ishlar qo'ldan kelgancha qilindi. Bu haqda sal keyin.




Odatda har bir musobaqa start olishidan avval to'rt nafar bolakay turnir bayrog'ini olib chiqishadida, tiz cho'kkan holda uni ko'z - ko'z qiladilar. PFL mana uch yildirki, komisarlik vazifalarini joriy etdi. Kubok finalida kim komissar bo'lganini bilmadik ham. Bolakaylar bayroqni olib chiqishdida, uni o'rtaga tashlab qaytishdi. CHunki hech kim ularga o'rgatmaganda. Oliy ligada ham bu ishlarni qilmaymiz. Keyin aytishdi shekili, borib ushlab turishdi. Agar muosbaqa finaliga biron bir horijlik jurnalist kelganidami...


SERVIS

Finalni Jizzaxdagi stadion qabul qilganidan keyin tabiiyki bir kun avval ikki  jamoa ham shaharga etib borishi lozim edi. OCHLda ishtirok etadigan  jamoalarimiz guruhdagi raqiblarining nomini va uchrashuv bo'lib o'tadigan kunni  bilgach, birinchi bo'lib o'sha sana uchun mehmonxonalarni band etib qo'yadilar. PFL esa  finalchilar uchun bu ishni qilmadi. Aslida ular kamida ikki oy avval ikki jamoa  delegaciyasi istiqomat qilishi uchun mehmonxonalarni band qilishi lozim  edi. Bu oliy liganing oddiy bir tur o'yini emaski, unda mezbon va mehmon shu ishni qilsa. Final betaraf maydonda o'tganidan keyin ikki jamoa ham mehmon sanaladi. "Nasaf"  ilgariroq harakat qilib, 35 kishini sig'idira oladigan mehmonxonani band qildi.  "Bunyodkor" esa bor-yo'g'i 25 kishilik joy topdi. Boisi bu paytga kelib hududdagi barcha mehmonxonalar turli tashkilotlar tomonidan band qilib bo'lingan ekan. 

Eng yomoni bu emasdi. Issiq tana. O'yinning boshidan to oxirigacha to'p olib beruvchi bolalar shortik va maykada turganlari bo'ldi. U ham bo'lsa "So'g'diyona"ning katta o'lchamdagi futbolkalari. OCHL va MTJ ishtirokidagi o'yinlarda o'rganib qolgan ekanmiz, bolalar OFK va "Worldsportgroup"ning ekipirovkalarida chiqishadi. Ular buni o'z-o'ziga berib yubormaydilar. Bitta tikib qo'yib, bir necha yil ishlatadilar. Kecha to'p olib bergan futbolchilar bundan bir necha yil o'tib finalni, o'yindan keyin shamollab, ayasini parvarish qilib chiqqanini eslashsa kerak. Ikki soat sovuq havoda, yomg'ir ostida qolgan bola bilan tepada choy ichib o'tirganlarning nima ishi bor?




Bu surat hali yomg'ir sharros quymasidan avval olingan edi. SHundan ham bilsangiz bo'ladi-ki, bolakayni qanchalik sovuq qotganini. Unga qarama - qarshi tomonda...


Unga qarama - qarshi tomonda mana shunday kiyinib olishgan edi. Mana endi tushungandirsiz, havoning qanchalik sovuq bo'lganini?


Kubok finalini tugashini intizorlik bilan kutayotgan yana ikki nafar bolakay...


UMID AKA

"So'g'diyona" jamoasining matbuot kotibi Umid Raimjonov haqida qisqacha. Klub  matubot kotibi 15 va 16 oktyabr kunlari "So'g'diyona" bilan Toshkentda bo'lishi kerak  edi. Jamoa safarda "Paxtakor"ga qarshi o'ynardi. Ammo PFLdan bironta vakil Kubok  oldidan stadionga biriktirilmagani sababli u o'z ishini tashlagan holda, PFL  qilishi kerak bo'lgan vazifalarni bajara boshladi. Xuddi shunday holatga biz 2014  yil "Olmaliq"da bo'lib o'tgan final o'yinida ham guvohi bo'lgandik. O'shanda  hamkasbimiz Baxtiyor SHirinov kubok finalini ipidan ignasigacha o'zi o'tkazgandi. U  kishi bir necha yil "Paxtakor" safida OCHLda ishtirok etgani uchun bu ishlarni  qiyinchiliksiz o'tkazdi. Umid Raimjonov uchun bu birinchi katta o'yin bo'lgani bois  ko'p narsalarni o'zi bilgandek qildi. Vaholangki, unga PFL tomonidan hech bo'lmasa  maxsus instrukciya berilmadi. Matbuot anjumani xonasi, media markaz va OAV uchun  sharoitni qo'ldan kelgancha yarata oldi. O'yin kuni erta bilan stadionga borsak,  Raimjonov stadion bo'ylab bir nimalarni yopishtirib yuribdi. Juda ham achinarli  holat, "Uyat, PFL!". Kubokka 200 mln.so'm mukofot puli qo'yguncha, shu summani to'rtdan  birini final uchun ajratganida na "Nasaf", na "Bunyodkor" xafa bo'lmasdi. Ishlatdi  ham deylik, uni ishlata oladigan mutaxassislar bormi "PFL"da? Eng yomoni finaldan  keyin bo'ldi. Yomg'irda shundoq ham jiqqa xo'l bo'lgan Raimjonovni kechasi chiptalarni  sanash uchun olib qolishdi. Aytishlaricha, PFL  tezroq hisob-kitob qilish kerakligini aytgan...


OAVGA YARATILGAN SHAROIT

"So'g'diyona" klubi o'zi bilgan holda o'yinni o'tkazishga harakat qildi. Agar oliy liga  o'yinlari OFK talablari asosida o'tkazilganida hech qanday muammo bo'lmasdi. Final  ham shu tartibda o'tardi. Lekin bizdagi oliy liga o'yinlari shunchaki qo'l uchida  o'tkaziladi. Yaqinda "Sokker Klub" ko'rsatuvi mehmoni bo'lar ekanman, O'zbekiston  futbolida OAVga hech qanday sharoit yo'qligini aytib o'tdim. Hech yo'g'i bu gaplar  final uchun tasir o'tkazadi deb o'ylab "chuchvarani xom sanagan ekanman". Ikki yildan  beri PFL vakillari o'yinlarga komissar sifatida tashrif buyurishadi-yu, komissarlik  ishi aslida nimadan iborat ekanligini hali ham yaxshi bilishmaydi. Stadionning  bironta erida beyjik namunalari yo'q. Tartibni saqlash hodimlariga "Bu  erdan kirish huquqiga egamiz, u erdan egamiz", - deyaverib charchadik. Ularni ayblay  olmaymiz. Aytilgan ishni bajarishadi. Lekin PFLning bironta vakili bo'lmadiki, mazkur ish bilan shug'ullansa. Ularning qilgan ishi matbuot anjumaniga kelib uni o'tkazish, 2001 yil Germaniyadan olib kelingan kubokni ikki kishi bo'lib ko'tarib maxsus joyga o'rnatish va o'yindan keyin uni futbolchilarga topshirib ketish bo'ldi, xolos. 

O'yin paytida maydon atrofida kimlar bo'lmadi. OFK talabiga ko'ra, bu erda faqat  maxsus akkredidaciyaga ega kishilar bo'lishi mumkin. Bular, fotomuxbirlar,  murabbiy, futbolchi hamda OFK va O'FFdan biriktirilgan bir nafardan xodim. Kecha esa karvonsaroy bo'ldi. 

O'yindan avval televideniya vakillari o'zlari uchun kerakli malumotlarni ololmay xunob bo'ldilar. Uchrashuvga chiqarib kelingan "dasturcha" esa deyarli hech nimaga  yaramasdi. Grigoriy Retveladze ham qo'lidan kelgan ishni qildi. PFLdagilar uni  allaqachon boshiga chiqib olishgan. Mashhur olimning farzandi, kim nima desa qilaveradi, bu erda esa o'zi qolib ketaveradi. Uning yo'qligi uchun tashkilot saytida  oliy liganing 25-tur uchrashuvlari yakshanba kuniga kelib chiqdi. O'zbekiston Kubogi finaliga oid xabar esa finaldan ikki kun o'tib, dushanba kuni chop etildi. Internet asrida chet elliklarga o'zimizni o'zimiz sharmanda qilayotganimiz qolyapti.

Eng kulgilisi o'yindan bir kun avval O'FF vakillaridan biri “Bunyodkor” matbuot xizmatiga qo'ng'iroq qilib, PFL matbuot xizmati vakillari uchun fan klub avtobusida joy bormi deb so'ragani bo'ldi. Jizzaxga bitta moshina “pitak”dan bor yo'g'i 200 000 so'mga Toshkent – Jizzax – Toshkent yo'nalishi bo'ylab 4 kishini olib kelib, olib borib qo'yadi. Borgan zahoti bitta 8000 so'mlik somsani eb olsangiz choyi bilan nari borsa 50 000 so'm bo'ladi. Nahot, birgina bo'limga 250 000 so'm ajratish qiyin?


MARKETING

Bir kun avval Jizzaxda kubokni so'raganlarning soni juda ko'p bo'ldi. Afsuski, uni  sindirib qo'yishdan cho'chigan tashkilot bir kun avval Jizzaxga olib kelmadi. Aslida  esa unday emasdi. Bir kun avval PFLning bor-yo'g'i ikki nafar xodimi Jizzaxga keldi. Aftidan, ular kubokni ko'chadagi taksida olib yurishni maqul topishmagan. Har holda engil narsa emas. 

Final Jizzaxda bo'lganidan keyin bir kun avval uni stadion yaqiniga maxsus joyga qo'yib mahalliy muxlislarga bayram uyushtirib berishsa bo'lardi-ku?

Final uchun titul homiy topish aytarli qiyin bo'lmasa kerak. Vaholangki, uni stadion to'la muxlislar, to'g'ridan-to'g'ri efir va OAVlarda yoritish mumkin. Faqat buning uchun maxsus dasturni avval tuzib, keyin uni tashkilotlar rahbarlari bilan baham ko'rish kerak. Avvalgi final o'yinlari bo'lib o'tgan stadionlarda elektron bannerlar  bo'lgani bois, ikki jamoa ham o'zlarining ikkitadan homiylarini qo'yardilar.  "So'g'diyona"da esa bunday imkoniyat mavjud emas. Buning uchun OCHL kabi taxta va  bannerlardan homiylarni yasash lozim. Lekin final oldidan ikki klub uchun bu  ortiqcha yumush. SHuning uchun kecha finalda bor yo'g'i to'rtta banner turdi. Ular ham  "So'g'diyona" bo'yniga tushdi. 4ta bannerdan bittasi final haqidagi yozuv. Ikkitasi O'FF  va PFLning belgisi, bor-yo'g'i bittagina banner esa homiylik maqomiga ega. U ham bo'lsa  O'FFning tasarrufidagi "Futbolni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi". Bironta ortiqcha  brend kechagi o'yinda yo'q edi.

Reglamentga asosan final g'olibi uchun PFL tomonidan 200 mln. so'm miqdorda mukofot  pupi beriladi. A, shuni katta chek qilib chiqargan holda xalq oldida jamoa sardoriga  topshirsa bo'lardi-ku?

Eng qizig'i, ikki jamoa elektron tablo uchun o'zining tanishtiruvini qilib kelgan. "Nasaf" futbolchilari tanishtirilayotganda oddiy rasmlardan foydalanildi. "Bunyodkor"niki esa 3d grafikadan. Bitta o'yinga ikkita chiqish. Aslida buni ham PFL qilishi kerak edi. Yoki ikki jamoaniki bir xil bo'lishi uchun "Nasaf" uchun "Bunyodkor" yoki aksincha qilib berishi lozim edi, "bog'cha" (detskiy sad).


KUBOKNI TOPSHIRISH SAHNASI 

Jizzaxdagi "Markaziy" stadionga yig'ilgan muxlislar odatdagi o'yinni ko'rdilar xolos.  Faqat ikki jamoa ham ular uchun mehmon edi. Taqdirlash marosimi esa odatdagidek, hech vaqosiz bo'ldi. Bunga-ku, ko'nikib qoldik. 2014 yil kubok finali va joriy yilgi super kubokdan keyin yozilgan tanqidlardan so'ng o'zgarish bo'lishini kutgandik. 10 metr "despe" va shuncha banner bilan kichik sahnacha qurish uchun katta pul ketmaydi. Kubok finali bo'lgan shahar uchun uning kichkina maketini esdalik uchun tashlab ketishni esa allaqachon yo'lga qo'yishimiz kerak. 

Final sahnasi-ku qurilmadi. Final yakuniga etganidan keyin hakamlar brigadasi va "Bunyodkor"ning ayrim o'yinchilari rahbariyatning ko'rishib chiqishi va final diplomlarini berishini kutdilar. Ammo kubokni topshirishdi-yu... Finalchilar bilan suratga tushish, uchrashuv referilariga final diplomini topshirish, mag'lub bo'lgan jamoa qo'lini siqib, keyingi yil uchun omad tilash. Bularning bariga ketsa uzog'i 3 daqiqa ketadi. 

Hammamiz ham yomg'irda shalabbo bo'lgandik. Hech kim stadionni tark etmayotgan edi. Arxivimdan atayin 2007 yilgi "loy jangi"ni topdim. O'shandagi yomg'ir va maydonning holatini oldida kechagi vaziyat boshqa-boshqa edi. Lekin O'FF prezidenti suratdan qochmagan. Kecha Mirabror Usmonov finalga tashrif buyurmagani uchun, VIPda o'tirishni orzu qiladigan ayrim PFL vakillari ham o'sha erdan qo'nim topishdi. Kubok finalining scenariysi umuman yo'q edi. Yodimdan ko'tarilibdi, uchrashuvga futbolchilar chiqib kelishayotganida PFL ular saf tortgach mamlakat madhiyasi chalinmadi. Bugungacha bunaqasi bo'lmagan. Stadionga yig'ilgan minglab muxlislar jo'r bo'lib aytishni istagan madhiyamizsiz o'yin boshlangan edi. Stadionga ikki soat avval kelib, umumiy hisobda 5 soatga yaqin sharros yomg'ir ostida o'tirgan muxlislar uchun bundan ortiq hurmatsizlik bo'lmasa kerak.




ZAHRO OPAGA "BESH"

"Bunyodkor" gullagan paytida klubning marketing bo'limida faoliyat olib borgan Zahro Karimova mana bir necha yildirki, "Nasaf" jamoasining marketing xizmatida faoliyat olib boradi. SHu ayolni agar PFLga ishga olib kirib qo'ysak, mana ko'rasiz uning jozibasini. Finaldagi taqdirlash marosimini qanday bo'lib o'tishini avvaldan payqagan mutaxassis "Nasaf" klubi rahbarlarining birontasiga aytmagan holda unga o'zi tayyorgarlik ko'rgan ekan. "Nasaf"ning g'alabasi malum bo'lgach, "Qorbobo" kabi o'z qopi bilan stadion ichiga tushib, zarli mushaklar, oltin rangdagi futbolkalar va shampan vinolarini futbolchilarga tarqatib chiqdi. Bir ayolchalik hafsalasi bo'lmagan ayrim mutaxassislar esa bundan uyalishlari lozim. Stadiondagi aksar muxlislar bularning barini PFL tashkillashtirdi deb o'ylagan edilar, aslida esa...




"G'ANI va QIPCHOQ SOMSA"

Kecha Qarshidan 5 000 nafarga yaqin, Toshkent va boshqa viloyatlardan 1000ga yaqin muxlis Jizzaxga tashrif buyurdi. Jizzaxga kelib somsa emaslik, bu chet elga chiqib "Mcdonalds" emaslikka teng. Somsalarning narxi ham oshib ketibdi. 8000 so'mdan. Hammadan ham G'ani va Qipchoq somsaxonalari mazza qildi. Har bir kishi bittadan somsa eganda ham, 6000 nafar muxlis kamida 48 000 000 so'mlik somsa ebdi. 


DAROMADNING TAQSIMI - "UYAT"

Ikki tadbirkor bir ishni boshlasa, xarajatlarni chiqarib tashlagan holda foydani bo'lishadi. Boshlang'ich sarmoyani kim ko'p kiritgan bo'lsa, sof foyda shunga qarab bo'linadi. Kubok finalida unday bo'lmadi. Foydadan emas, sotuvdan tushgan pul 70%-30% PFL foydasiga bo'lindi. Final uchun "So'g'diyona" klubi va Jizzax shahri hokimligi o'z kissalaridan ozmi-ko'pmi harajat qildilar. O'yinning tashkilotchiligi, bannerlar, tez yordam, o'yin payti ishtirok etgan xavfsizlik vakillarining pullari, finalni deb yangi yotqizilgan asfalt va hokazo. Bularning bari tekinga bitmagan ishlar. "So'g'diyona" klubiga ajratilgan 30% esa yuqoridagi xarajatlarni uch-uchiga qopladi, xolos. Foydani esa PFL qildi. Aslida yuqoridagi harajatlarni ayirib tashlagan holda, qolgan sof foydani bo'lish to'g'ri bo'larmidi? 

To'g'risini aytsak, kubok finali haqida har yili yozaverish yoqmas ekan. Bu finalda ko'rganlarimizning teng yarmi edi. Qolganini ham yozib siz o'quvchilarning ko'zingizni og'ritib qo'ymaylik. Biz esa tashkilotni OAV tomonidan bildirilayotgan fikrlarga hech qanday etibor berilmaganidan keyin foydasi yo'q ekan degan xulosaga kelasiz. Aslida ham shunday ekan. SHuning uchun bu bizning kubok finallari haqidagi eng so'nggi maqolamiz bo'ladi. 

Hammamiz bir sohada ishlab daromad qilamiz. Tushgan pulni to'liqligicha saqlamaymiz-ku, to'g'rimi? Eb ichamiz, kiyinamiz... Futbol ham huddi shunday, stadionni kiydirib, muxlislarni edirish kerak. Hamma tushgan pulga foyda sifatidan qaravermasdan.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика