OWS: "Barselona" Messini 2015 yil yozida sotadi
07 jan 2014 02:30
Yangiliklar

OWS: "Barselona" Messini 2015 yil yozida sotadi
"Barselona" rahbariyati hujumchi Lionel Messi bilan 2015 yilning yozida xayrlashmoqchi, deya xabar beradi One World Sport muxbiri Dunkan Kaslz.
Klub prezidenti Sandro Rosel o'ziga hos biznes reja tuzib chiqqan. Unga ko'ra, argentinalik futbolchi uchun eng ko'p tovon puli ishlab olish mumkin bo'lgan pallada sotib yuboriladi.
"Barselona" bu transfer orqali 200 million evro atrofidagi mablag'ni ishlab olmoqchi. Agarda ushbu kelishuv amalga oshsa, futbol tarixidagi transfer rekordi yangilanadi.
Messining klubdagi darajasi shunchalik oshib ketdiki, bu jamoada ichki muammolar vujudga kelishiga sabab bo'lmoqda. Bunga misol tariqasida Messi, Xosep Gvardiola murabbiyligi paytida mashg'ulotlarda qatnashishdan bosh tortganligini keltirishimiz mumkin. Bu bilan Lionel murabbiy chempionat bahsida o'zini almashtirganidan noroziligini ko'rsatmoqchi bo'lgan.
Bundan tashqari, Rosel futbolchining maosh borasidagi istaklarini ham inobatga olmoqda. Messi oylik maoshini ko'tarishlari va bu borada ham Krishtianu Ronaldudan ortda qolmaslikni maqsad qilgan. Bu esa Messi va klub vice-prezidenti Xaver Faus o'rtasida ochiqcha mojaro sabab bo'ldi.
Takidlab o'tamiz, Lionel va uning vakillariga shuningdek, "Barselona"ning braziliyalik hujumchi Neymarni sotib olish uchun sarflagan pul miqdori ham xush kelmagan.

Fikrlar