So’nggi yangiliklar

22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  0 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  54 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  6 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  6 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 20:17"Манчестер Сити" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  45 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  25 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:08Суперлига. "Сўғдиёна" сафарда 10 киши қолган "Хоразм"ни мағлуб этди   14 18:45ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда аутсайдерни мағлуб этди, Раҳмоналиев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 18:21Неъматулла Қуттибоев: "Локомотив"га қарши 4 ўйин ўтказган бўлсак, шуларнинг 3тасида биз улардан яхшироқ эдик"  0 18:02Хамес Родригес Европага қайтиши мумкин  3

O'tmishning mashhur futbolchisi, qoraqalpog'istonlik Qodir Ibragimov bilan suhbat Yangiliklar

O'tmishning mashhur futbolchisi, qoraqalpog'istonlik Qodir Ibragimov bilan suhbat

Saytimizning Nukusdagi vakili Aybek Aknazarov o'z vaqtida O'zbekiston terma jamoasida o'ynagan, hozirgi vaqtda Qozog'istonning CHimkent shahrida istiqomat qilayotgan Qodir Ibragimov bilan intervyu tashkil etdi.

Quyida mazkur intervyuning to'liq matni bilan tanishishingiz mumkin.

- Qodir aka, futbolga kirib kelishingizni qanday xotirlaysiz?

- Akam Sodiq Ibragimov yosh paytimda o'zi bilan birga futbol maktabiga olib bordi. Keyinchalik o'sha erda o'ynab yurgan paytimda O'zbekiston futbol-internati maktabidan kelgan murabbiy meni Toshkentga olib ketgan. Futbolga kirib kelishim mana shunday bo'lgan.

- Eshitishimizga qaraganda, sizni o'sha vaqtlarda "Maradona" deb ham chaqirishar ekan...

- Yosh paytimda tinim bilmay ishlardim, erta tongda turib, bir soat mashg'ulot olib borardim. O'sha paytlari futbol o'ynab yurganimda 3-4 himoyachilarni aldab gol urar edim, balkim shuning uchun menga "Maradona" deb nom qo'yishgandir.

- Siz o'ynagan bir davrda o'ynagan futbolchilardan orasidan qaysi birini eng yaxshi deb ayta olasiz?

- Men Toshkentga kelganimdan so'ng jamoadoshlarim Pyatnickiy, Qudrat Madaminovlar bilan birga SSSR terma jamoasi yig'iniga borib qo'shildik. Negadir keyinchalik oramizdan faqatgina Pyatnickiyni tanlashdi. Men mana shu futbolchilar bilan birga o'ynaganman. Bulardan tashqari yana aytadigan bo'lsam birga o'ynagan Farxod Magomedovni eng yaxshilardan biri sifatida ko'rsatishim mumkin.


- O'zbekiston terma jamoasi safida maydonga tushgan o'yinlaringizdan birini yodga olsak...
- O'zbekiston terma jamoasida o'ynagan paytlarimda SSSR bo'yicha Universiadaga olib borishgan. Ushbu turnirda jami 18 ta jamoa qatnashgan edi. Biz Ukrainaning "Kiev" jamoasi bilan finalda to'qnash kelganmiz. Afsus, bosh sovrin uchun kechgan bahsda mag'lub bo'lganmiz, bizga kumush medal nasib etgan.

Keyinchalik maktab-internatni tugatib,yoshlar jamoasida o'ynab yurgan paytlarim institutga o'qishga kirdim. Istitutni tugatganimdan so'ng O'zbekiston terma jamoasida jami 10ta o'yinda maydonga tushdim. Terma jamoada Pyatnickiy, Denisov, Juravlyovlar bilan birga o'ynaganman. Esimda qolgan o'yinga kelsak, Avstriyaning "Rapid" jamoasiga qarshi bahsni ko'rsatgan bo'lardim. O'sha uchrashuvda o'yin tugashiga 30 minut qolganida zaxiradan maydonga tushganman. SHu o'yin yodimda qolgan.

- CHimkentga ketishingiz sababi nima?

- "Sohibkor" jamoasida birga ishlagan murabbiyim taklifiga ko'ra, 1992 yili may oyida "Aral"dan ketib CHimkentga keldim. Bu erda menga yaxshi shartnoma va uy-joy taklif etishdi. SHu kabi sabablar bilan CHimkentda qolib ketdim.

- "Aral" jamoasiga munosabatingiz qanday?

- "Aral" to'g'risida nimalarni aytishim mumkin? Yaxshi klub, ko'plab iqtidorli futbolchilar etishib chiqqan. Akam Sodiq Ibragimov bilan birga ishlagan paytlarimda, u klubning prezidenti edi, men esa o'ynovchi murabbiy edim. Klubning moliyaviy imkoniyati yaxshi emasdi, maosh masalasida ko'p bosh qotirar edik, bormagan joyimiz qolmas edi. Hozirda "Aral" jamoasiga shahar hokimi va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari etibor bersa yaxshi bo'lardi. Futbol bu halqning sevib ko'radigan o'yini hisoblanadi.

O'z vaqtida stadionga minglab tomoshabinlar o'yinlarga tashrif buyursa, biz futbolchilar ham quvonar edik. Qoraqalpog'istonga futbolni qaytarish kerak, sababi yoshlar etishib chiqmoqda, ular uchun ham futbolga etibor berish kerak deb o'ylayman.


- Qoraqalpog'istonda siz bilan birga o'ynagan futbolchilar bilan bog'lanib turasizmi?

- Ko'pchilik yigitlar bilan gaplashib turaman. Masalan Berdax Allaniyazov bilan aloqamiz bor. U hozir Rossiyada yashaydi. Bundan tashqari To'rtko'l yigiti Qudrat Madaminov va Jandos Ametov bilan yaqin munosabatdamiz.

- Futbol o'ynashni tugatganingizdan keyin hakamlik bilan shug'ullangan ekansiz, shu to'g'rimi?

- To'g'ri, futbol o'ynashni tugatganimdan keyin shahar hokimi chaqirib, hakamlik borasida ham yordamim kerakligini aytgan. Yaqin do'stlarim, futbol fahriylari menga hakamlik ham deyarli futbol ekanligini aytib, qo'llab-quvvatlashgan. SHundan so'ng 11 yil davomida hakamlik qildim, bu davr mobaynidp oliy toifali hakami unvonini olganman.

- Hozirgi kunda qanday ish bilan mashg'ulsiz?

- Hozirgi kunda oliygohda, viloyat futbol maktabida va kollejda murabbiylik lavozimida ishlab kelayapman.

- Futbol muxlislariga tilaklaringiz...

- Tug'ilib o'sgan yurtimga hamisha tinchlik-xotirjamlik tilayman. Sport sohasida hamisha sizlar bilanman va qo'llab-quvvatlab qolaman.


Aybek Aknazarov suhbatlashdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика