O'tgan yil Belarus, "Navbahor" va "Bunyodkor"da o'ynagan uch futbolchi "Paxtakor" mashg'ulotlarida
14 jan 2021 13:09
Yangiliklar


O'tgan yil Belarus, "Navbahor" va "Bunyodkor"da o'ynagan uch futbolchi "Paxtakor" mashg'ulotlarida
Bugun 14 yanvar kuni "Paxtakor" klubi 2021 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.
Kecha tibbiy ko'rikdan o'tgan jamoa azolari bugun "Jar" stadionida mashg'ulotlarni boshlashdi. O'tgan yil Belarusning "Energetik BGU" klubiga ijaraga berilgan Humoyunmirzo Iminov "Paxtakor" ixtiyoriga qaytgan. Bundan tashqari "Navbahor"ga ijaraga berilgan hujumchi SHohruh Mahmudhojiev ham "SHerlar" bilan shug'ullanmoqda.
"Bunyodkor"da ijarada o'ynagan, huquqiy jihatdan "Paxtakor"ga tegishli IbrohimHalil Yo'ldoshev ham mashg'ulotlarda qatnashmoqda.
Birozdan so'ng "Paxtakor" mashg'ulotlaridan batafsil fotoreportaj taqdim etiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar