O'tgan haftaning eng sara 5ta iqtibosi yoxud Suares qanday xatolar qilgan (foto)
17 fev 2014 13:45
Yangiliklar

O'tgan haftaning eng sara 5ta iqtibosi yoxud Suares qanday xatolar qilgan (foto)
O'tgan haftaning eng sara iqtiboslari bilan tanishing.
“Parma” bosh murabbiyi Roberto Donadoni:
“Klub prezidentlari bilan har doim samimiy munosabatda bo'lganman. Mana masalan, Aurelio De Laurentisga (“Napoli” klubi prezidenti va mashhur kinoprodyuseri) men kinoni yaxshi tushunganim singari u ham futbolni yaxshi tushinishini aytganman”.
“Sivassspor” klubi bosh murabbiyi Roberto Karlos:
“Zeedorfning cho'milish uchun vannaga kirgani, uch soat o'sha erda qolib ketdi degani edi. CHunki har doim sochini gellab yurardi. Bunga chidab bo'lmasdi!”
“Fulxem” klubining sobiq bosh murabbiyi Rene Melensten:
“Men hayratlandim va xafa bo'ldim. “Fulxem” rahbariyati ligadan tushib ketishdan qo'rqib o'zini boshqara olmay qoldi”.
Oltita o'yinda bir ochko va sakkizta o'yindan bir g'alaba... Bunday vaziyatda talvasaga tushish kerak emas, uzun arqon olib o'zini osish kerak xolos.
Braziliya terma jamoasining sobiq o'yinchisi Pele:
- Argentina har doim bir narsani esdan chiqaradi. Avval ularda Di Stefano bor edi, so'ngra Sivoli keldi. Sivolidan keyin Maradona paydo bo'ldi. Hozir esa barcha Messiga ishqiboz bo'layapti. SHunday ekan avval ular Argentinaning eng yaxshi o'yinchisini aniqlab olishsin, keyin esa jahon futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchi kim ekanini muhokama qilishsin.
“Liverpul” klubi hujumchisi Luis Suares:
“Faoliyatim davomida ikkita xatoga yo'l qo'yganman. Birinchisi – Bakkalni tishlaganim, ikkinchisi – Ivanovichni tishlaganim”.
sport-express.ru saytidan Murodov Miraziz tarjima qildi.

Fikrlar