Otabek Zokirov: “Barchanig fikru-hayoli "Bunyodkor" bilan o'yinga qaratilgan”
09 may 2016 13:34
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/207442_original.jpg)
![](/upload/storage/207442_220.jpg)
Otabek Zokirov: “Barchanig fikru-hayoli "Bunyodkor" bilan o'yinga qaratilgan”
Bugun bo'lib o'tadigan “Qo'qon-1912” – “Bunyodkor” jamoalari o'rtasidagi o'yindan oldin “Qo'qon-1912” jamoasi yarim himoyachisi Otabek Zokirov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bugungi bahsning ahamiyati juda yuqori. Muxlislarimiz bizdan g'alaba kutishayotgani turgan gap. SHuning uchun “Bunyodkor”ga qarshi kechadigan uchrashuvda ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz. Barchanig fikru-xayoli bulajak o'yinga qaratilgan desam mubolag'a bo'lmaydi. Qo'qonlik futbol muxlislari har doim bizni qo'llab-quvvatlab turishibdi. Ularni xursand qilish uchun bugun maydonda borimizni berib o'ynashimiz lozim. Bugun muxlislar qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo'lgan o'yinga guvoh bo'lishadi deb uylayman, - deydi Zokirov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar