So’nggi yangiliklar

16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  1 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  0 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  16 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  6 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  3 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1

Otabek Valijonov: “Navbahor”ga qaytish niyatim yo'q emas” Yangiliklar

Otabek Valijonov: “Navbahor”ga qaytish niyatim yo'q emas”

O'z vaqtida Namanganning “Navbahor” jamoasi tarkibida yorqin o'yinlari bilan ko'pchilikni etiborini tortgan Otabek Valijonov hozirda legioner sifatida faoliyatini xorijda davom ettirmoqda.

Xabaringiz bo'lsa kerak, 30 yoshli futbolchi o'tgan yili Bangladesh chempionatiga qo'chib o'tgandi. SHu munosabat bilan kuni-kecha Otabek bilan bog'lanib, xorijdagi faoliyati va kelgusi rejalari haqida suhbatlashdik.

- Yodingizda bo'lsa O'zbekistondagi so'nggi jamoam hozircha “So'g'diyona” bo'lib turibdi. 2017 yil Jizzaxda malum muddat o'ynadim. Keyin oyog'imdan jiddiy jaroxat olib safdan chiqqandim. Ushbu jaroxatdan to'liq forig' bo'lib, keyin yana astoydil maydonga qaytishni o'ylab davolandim. Bilasiz, jaroxatdan keyin sport formangiz ko'ngildagidek bo'lmaydi va tabiiyki boshqa klublardan chorlovlar keskin pasayib ketadi. Menda ham deryali variant yo'q edi. SHuning uchun hech ikkilanib o'tirmasdan Bangladesh klubidan bo'lgan taklifni qabul qildim. Ayni o'ynaydigan yoshda bo'la turib, uyda jamoasiz yurishni maqul topmadim. Futbolchilarni xorij klublariga o'tishida amaliy yordam berib kelayotgan tanishim bor edi. SHu inson menga ham bir necha marotaba xorijdan takliflar bo'layotganini aytib, o'zimni sinab ko'rishim kerakligini bildirdi.

- Bangladeshdagi faoliyatimga keladigan bo'lsak, chempionat saviyasi yomon emas. Ob-havoning issiqligini aytmaganda, hammasi yaxshi kechmoqda. BJMS jamoasi sharafini himoya qilyapman. Ushbu jamoa Bangladesh poytaxti Dakka shahrining klubi hisoblanadi. Jamoani angliyalik murabbiy boshqarmoqda. Hozirda BJMS chempionatda 13ta jamoa ichida 6-o'rinni egallab turibdi. Mahalliy aholini futbolga bo'lgan qiziqishi yuqori deyish mumkin. BJMS da mendan tashqari yana 3 nafar Kamerun va Nigeriya kabi afrika davlatlaridan ham legionerlar kelib o'ynashmoqda.

- Klub menga yashash uchun alohida uy bergan. Bazida jamoa qarorgohida qolib istiqomat qilishim mumkin. Malum muddatga dam bergan paytlarda esa uyga ketaman.

- Bu erda chempionat iyun oyida yakunlanadi. Yashirmayman oldimda 3-4ta variantlar bor. Lekin men O'zbekistonga qaytishim ham mumkin. Bilasizmi namanganlik bo'lganim uchun “Navbahor”ning ashaddiy ishqibozlari men bilan bog'lanib, jamoaga qaytishimni so'rashadi. Lekin bu birgina muxlislarning yoki mening istagim bilan amalga oshmaydi. Avvalo murabbiy va rahbariyat o'zi istab, jamoaga taklif etsa keyin borishim mumkin. Namanganda oldin ham o'ynaganman. “Navbahor” tarkibida o'ynab, ozmi-ko'pmi muxlislarga tanildim. Agarda yana jamoaga qaytish imkoni bo'lsa, “Navbahor”ga bajonidil yordam bergan bo'lardim.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика