Otabek SHukurov va "SHarja" chempionlikka juda yaqin
11 apr 2019 15:22
Yangiliklar
Ayni paytda musobaqa jadvalida hamyurtimiz Otabek SHukurov o'ynayotgan "SHarja" klubi ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda.
SHukurov jamoasi 19ta o'yinda 47 ochko to'pladi. Uni taqib qilib kelayotgan "Al Ahli" va "Al Ayn" hisobida 38tadan ochko bor. Yani peshqadam ikkinchi o'rindagi jamoadan 9 ochkoga ilgarilab ketgan. Yuqorida aytganimizdek chempionat tugashiga 7ta tur qoldi. "SHarja" oldindagi 7ta o'yinning barchasida yutish salohiyatiga ega. Ular orasida eng qiyin bahs 17 aprel kuni "Al Ayn"ga qarshi bo'ladi. Ammo ushbu jamoa OCHLda ishtirok etayotgani "SHarja"ga ustunlik berishi mumkin.
Raqiblar orasida so'nggi o'rinlarda borayotgan "Emireyts", "Dabba Al Fujayra" va "Al Ittihod Kalba" klublari ham bor.
SHunday ekan, "SHarja" klubi o'z tarixida oltinchi bor BAA chempioni bo'lish uchun jad yaxshi imkoniyatga ega bo'lib turibdi. Jamoa so'nggi bor 1996 yilda mamlakat chempioni bo'lgan edi.
Ayni paytda jarohatini davolayotgan Otabek SHukurovga saytimiz xodimlari va muxlislari nomidan tezroq tuzalib safga qaytishini va jamoasi bilan birga chempionlikni nishonlashni tilaymiz.
"SHarja"ning qolgan o'yinlari:
12 aprel - "Baniyas" - "SHARJA"
17 aprel - "SHARJA" - "Al Ayn"
26 aprel - "Al Ittihod Kalba" - "SHARJA"
3 may - "SHARJA" - "Dabba Al Fujayra"
11 may - "Al Vasl" - "SHARJA"
15 may - "SHARJA" - "Al Vahda"
25 may - "Emireyts" - "SHARJA"


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar