So’nggi yangiliklar

02:35БАА кундалиги: CА кортежи ёхуд Абу-Дабини эгаллаган ОАВ  0 02:05Роналдунинг голи Португалияни Миллатлар лигаси финалига олиб чиқди  47 01:15"Милан" Рейндерс трансферидан кутилган маблағни ишлаб ололмайди  0 00:50Невилл МЮга қандай футболчилар кераклигини айтди  0 00:17"ESPN" айни пайтдаги энг кучли марказий ҳужумчилар рейтингини тузди  3 23:36Ўзбекистон олимпиячилари ўртоқлик ўйинида Францияга кичик ҳисобда мағлуб бўлди  82 23:10"Ал Ҳилол" Инзагига қанча бонус тўлаши маълум бўлди  0 22:50Месси Чилига қарши ўйинда асосий таркибда ўйнайдими? Скалони жавоб берди  6 22:27Конате: "Мбаппе ақлбовар қилмас мавсумни ўтказди"  21 21:58"Ман Сити" Шеркига альтернатив топиб қўйди  0 21:41Ўзбекистон терма жамоасининг қувноқ кайфиятда ўтган расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 21:15Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Францияга қарши баҳс олиб боради. Французлар таркибини ўрганамиз  13 20:53"36 миллионлик халқимиз биздан ижобий натижани кутмоқда. Биз улар учун катта байрам қилиб беришни режа қилганмиз". Тимур Кападзе ва Жалолиддин Машарипов иштирокидаги матбуот анжумани  34 20:34ЎзПФЛ "Бухоро" - "Андижон" ва "Хоразм" - "Динамо" учрашувлари қаерда бўлишини маълум қилди  3 20:05Сунъий интеллект: "Ўзбекистон эртага мундиал йўлланмасини қўлга киритади, Сергеев ва Файзуллаев гол уради"  24

Otabek SHukurov qanday klubga o'tdi? Qancha maosh oladi? Yangiliklar

Otabek SHukurov qanday klubga o'tdi? Qancha maosh oladi?

O'zbekiston terma jamoasi etakchisi faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

Bunga qadar Jasurbek Jaloliddinov, Jaloliddin Masharipov va Eldor SHomurodovning nomi turk klublari bilan bog'langan, lekin transfer amalga oshmagandi. Nihoyat, "Fatih Karagyumruk" Otabek SHukurov bilan shartnoma imzolanganini malum qildi. Quyida shu haqda.

"Fotihning avlodlari"

1926 yilda tashkil topgan Istanbul klubi nomini Fatih tumanidagi Karagyumruk mahallasidan olgan. Uzoq muddat davomida quyi divizionlarda yurgan jamoaning Superligaga qaytganiga ko'p bo'lmadi (3 yil). 

Klubning elitaga mos stadioni yo'qligi tufayli 2020 yilda Otaturk nomidagi olimpiya o'yingohini ijaraga oldi. "Karagyumruk" byudjet va tarkib jihatidan turk Superligasining eng kamtarin jamoalaridan bo'lsa ham, o'tgan mavsumda 8 o'rinni egalladi.

Jamoani yaqindagina afsonaviy Andrea Pirlo qabul qilib olgan edi. Uning qo'l ostida terma jamoadagi sobiq sheriklari Emiliano Viviano hamda Fabio Borini, tajribali Janer Erkin va nigeriyalik Ahmad Musa bor.  Endi ularning qatoriga Otabek SHukurov ham qo'shildi.

Birinchi o'zbek

Bunga qadar Turkiyaning quyi divizionlarida Dilshod Rahmatullaev, Valijon Rahimov singari hamyurtlarimiz to'p tepgan bo'lsa ham, Superligaga yo'lni aynan SHukurov "kashf qildi". U mazkur chempionatdagi dastlabki o'zbekistonlik futbolchi hisoblanadi.

2018 yilda Toshkentdan SHarjaga ko'chgan Otabekning navbatdagi manzili Istanbul bo'ladi.

Eng qimmat

Hamyurtimiz ayni paytda Andrea Pirlo jamoasidagi eng qimmatbaho futbolchi bo'lib turibdi. Transfermarkt portali uni 4 mln evroga baholagan. "Gladiatorimiz" buni maydonda ham isbotlab, tez orada "Karagyumruk" yulduziga aylanishiga ishonamiz. CHunki...

Maosh

CHunki Otabekning o'zi ham kuchliroq ligalarda o'ynashni juda istayapti. U Turkiyaga o'tish uchun maoshining sal kam 3 marta qisqarishiga rozi bo'ldi. Aniqroq aytsak, amirliklarda yiliga 1 mln 800 ming dollar maosh olgan qashqadaryolik yarim himoyachi yangi jamoasida 700-750 ming atrofida ishlab topadi. 

Raqamlar orasidagi tafovut kichkina emas. Otabek SHukurov kuchliroq ligada o'ynash uchun 1 mln dollardan voz kechyapti. Unga chin ko'ngildan omad tilab qolamiz. Umid qilamizki, "gladiator"ning keyingi manzili Angliya yoki Germaniya arenalari bo'ladi...

Obuna bo'ling → FA| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +74   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика