So’nggi yangiliklar

01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  0 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  12 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  234 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  3 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7

Otabek SHukurov: "O'z maydonimizdagi javob o'yinida xato qilishga haqqimiz yo'q" Yangiliklar

Otabek SHukurov: "O'z maydonimizdagi javob o'yinida xato qilishga haqqimiz yo'q"

Otabek SHukurov "Obod"ga qarshi o'yindan so'ng bir qancha savollarimizga javob qaytardi.

"O'yinni boshidan qandaydir ishonchsiz boshladik. Ikkinchi bo'limda biroz o'yinimiz yaxshilandi. Vaziyatlardan foydalana olganimizda barchasi yaxshi bo'lardi", - deya o'z fikrlarini boshladi "Bunyodkor" futbolchisi.

- O'yinga zaxiradan qo'shildingiz. Qay tarzda kirishib keta oldingiz?

- Bahsga yaxshi kirisha oldim deb o'ylayman. Barchasi joyida. Endi o'z maydonimizdagi o'yinda faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Xato qilishga haqqimiz yo'q. Maqsadimiz - O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritish.

- "Obod"dan mana shunday qarshilik kutganmidingiz?

- Albatta kutgandim. Buni barcha futbolchilar va murabbiylar kutishgandi. CHunki, birinchi ligadan chiqqan jamoaga qarshi safarda o'ynash doim qiyin bo'ladi. "Buxoro" ham "Obod"ga qarshi bo'lgan chempionat o'yinida mana shunday qiyinchilikka duch keldi.

- Terma jamoa yig'inida qatnashdingiz. Taassurotlar qanday?

- Terma jamoada barchasi alo darajada. Muhit, jamoadosh akalar, murabbiylar shtabi ham zo'r. Filippinga qarshi o'yin ham qiyin bo'ldi. Endi Bahraynga qarshi o'yinda barchasi joyiga tushadi va terma jamoamiz o'z maqsadiga erishadi deb o'ylayman.


Aziz To'xtamurodov


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика