So’nggi yangiliklar

03:09Сергей Лушан: "Футболни озгина бўлса ҳам тушунадиган одам бир ойда жамоа йиғиб бўлмаслигини тушунади"  4 02:42А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Аталанта"га шармандали тарзда мағлуб бўлди  11 01:42Вадим Абрамов: "Бизни "Навбаҳор"дек жамоага қарши ўйиндаги дуранг ҳам қониқтирмасди"   3 00:21Киммихнинг "Бавария" билан янги шартномаси бўйича ҳужжатлар тайёр. Келишув 2029 йилгача мўлжалланган  1 23:55А Серия. "Рома" биринчи дақиқадаги гол эвазига "Эмполи"ни мағлуб этди, Шомуродов 72 дақиқа ўйнади  53 23:40Рўзиқул Бердиев: "Рубин Хебай бетоб экани сабаб бугун ўйнай олмади"  2 23:32РПЛ. "Рубин" Қозонда "Спартак"ни мағлуб этди, Ашурматов захирада қолдирилди  1 23:27АПЛ. Райснинг голи "Арсенал"ни МЮга қарши ўйиндаги мағлубиятдан асраб қолди  38 23:10Суперлига. "Навбаҳор" – "Динамо" 0:0, Ҳожимирзаев сўнгги дақиқаларда белгиланган пенальтини голга айлантира олмади  5 23:00Иван Бошкович: "Футболда барчаси ҳар доим сиз истагандек бўлавермайди"  5 22:55Ҳаким Фузайлов: "Мухлисларимизни 15 йил кутилган ғалаба билан табриклайман"  3 22:31Анвар Бердиев: "Хоразм" дарвозабони жуда яхши ўйнади"  5 22:15Ла Лига. "Реал" ўз уйида ғалаба қозониб, очколар бўйича "Барселона"га етиб олди  23 21:55Суперлига. Амалдаги чемпион мавсумни ғалаба билан бошлади  31 21:33"Реал" ёзда Родригони сотмайди - уни муҳим ўйинларда асосий футболчи сифатида кўришмоқда. Вингерга "Ман Сити" ва Саудия Арабистони клубларидан қизиқиш бор  2

Otabek SHomurodov: "Eldor "Roma"da nega zaxiradan maydonga tushayotganini Mourinyudan so'rash kerak" Yangiliklar

Otabek SHomurodov: "Eldor "Roma"da nega zaxiradan maydonga tushayotganini Mourinyudan so'rash kerak"

"Neftchi" muxlislar klubi jamoaning faxriy futbolchilari bilan onlayn muloqot tashkil etishni davom ettirmoqda.

Xususan, navbatdagi muloqot ishtirokchisi jamoaning taniqli sobiq futbolchisi Otabek SHomurodov bo'ldi. Muxlislar bilan tashkil etilgan suhbat jarayoni savol-javob ko'rinishida etiboringizga havola etilmoqda.

- Otabek aka, futbolga kirib kelishingizga kim sababchi bo'lgan? SHuningdek, hozirgi "Neftchi" haqida nimalarni ayta olasiz?

- Avvalambor, muloqotga taklif uchun sizlarga rahmat. Futbolga kirib kelishimga dadam sababchi bo'lganlar. "Neftchi"ni hech qachon unutmayman. Jamoa xoh Pro liga, xoh Superligada bo'lmasin, hamisha muxlislik qilaveramiz. Hozir "Neftchi"da yaxshi jamoa shakllanmoqda, mavsum yakunida Superligada chempionlik nasib etishini tilab qolaman.

- SHomurodovlar oilasi haqida muxlislarga malumot berib o'tsangiz...

- Oilada 6 nafar farzandmiz – besh o'g'il, bir qiz. Eng kattamiz – Azamat akam, yani Eldor SHomurodovning otalari. Azamat akam ham futbol bilan shug'ullanganlar. Keyingi ikki akam boshqa sohada faoliyat yuritishgan. Keyin Ilhom va men futbol bilan shug'ullanganmiz. Hozir mana Eldor futbol bilan shug'ullanyapti. 

- "Neftchi" safiga qo'shilishingiz qanday yuz bergan?

- Termizda "Neftchi"ga qarshi o'yin o'tkazganmiz. SHunda jamoaning o'sha vaqtdagi bosh murabbiyi Yuriy Sarkisyan meni "Neftchi"da ko'rishni istayotganini aytgandi. Taklifni qabul qilganman va shu tariqa jamoa safiga kelib qo'shilganman.

- Farzandlaringiz futbol bilan shug'ullanishadimi?

- Bir qiz, ikki o'g'lim bor. Katta o'g'lim Oybek, kichkinasi Og'abek. Hozirda ikkisi ham "Bunyodkor" futbol akademiyasida futbol bilan shug'ullanishmoqda.

- Eldor SHomurodov "Roma"da nega zaxiradan maydonga tushyapti?

- Buni Joze Mourinyudan so'rash kerak (kuladi).

- Demak, bu Mourinyuning aybi, shundaymi?

- Yo'q, bunday demagan bo'lardim. Qanday maqsadda Eldorni asosiy tarkibda tushirmayotganini faqat Mourinyuning o'zi biladi.

- Faoliyatingiz davomida o'ynagan klublaringiz orasida eng yorqin xotiralar qaysi jamoa bilan bog'liq?

- Albatta, bu – "Neftchi". Bu jamoa safida 3 yil o'ynadim. 

- Faoliyatingizni qaysi jamoada yakunlagansiz?

- Oxirgi o'ynagan jamoam Jizzaxning "So'g'diyona” klubi bo'lgan. Futbolchilik faoliyatimni aynan shu jamoada yakunlaganman.

- Siz uchun qiyin bo'lgan tanlovli savol. Superligada "Neftchi" – "Surxon" uchrashuvida kimga muxlislik qilgan bo'lardingiz?

- Har ikki jamoa men uchun qadrdon hisoblanadi. "Surxon"ga muxlislik qilgan bo'lardim.

- Eldor bilan gaplashib turibsizlarmi?

- Ha, Ilhom ikkimiz ijtimoiy tarmoqlar orqali deyarli har kuni gaplashib turamiz. Qo'llab-quvvatlaymiz, gol ursa, tabriklaymiz, quvonamiz. Yangi yil oldidan Eldorni farzandi bir yoshga to'lganida Azamat akamlar Italiyaga borib, o'yinlarini stadiondan kuzatib qaytdilar. Rejalashtirib turibmiz, yaqin kunlarda borib, Eldorni qo'llab-quvvatlab kelmoqchimiz.

- Yuriy Sarkisyan haqida fikringiz qanday?

- Bu kabi murabbiylar juda kam uchraydi. Yuriy Vazgenovich kuchli psixolog bo'lgan, maqsadingizni oldindan bilib turardi. SHuningdek, har bir futbolchining alohida kuchli jihatlarini aniqlay olardi.

- Futbolchilik faoliyatingizni yakunlaganingizdan so'ng murabbiylik haqida o'ylab ko'rmadingizmi?

- Yo'q, futbolni yakunlaganimdan so'ng tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanyapman. Murabbiylik kurslarida o'qimadim, to'g'risini aytsam, bu haqda o'ylab ko'rganim yo'q.

- "Neftchi" jamoasiga tilaklaringiz...

- "Neftchi"ga g'alabalar tilayman, hamisha omad va muvaffaqiyat yor bo'lsin. Mavsum yakunida chempionlikni qo'lga kiritib, muxlislarga quvonch ulashsin.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика