Ilhom Shomurodov: “Raqibimiz kuchli va hurmatga loyiq jamoa"

Narzulla Saydullayev
15 mar 2016, 15:12
O'yin oldi matbuot anjumanida "Nasaf" hujumchisi Ilhom SHOMURODOV ham OAV xodimlari savollariga javob qaytardi.

Ilhom SHOMURODOV: - Raqibimiz  kuchli va hurmatga loyiq jamoa. Lekin biz ham bu erga g'alaba uchun kelganmiz. Omad biz tomonda bo'lsa, safardan uch ochko bilan qaytamiz. Albatta, uydagi bahs bilan safardagi bahs bir-biridan farq qiladi. O'z maydonimizda muxlislarni qo'llab-quvvatlashi bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Lekin joriy mavsumda OCHLda birinchi safar o'yini – Saudiyada “Al Ahli”ga qarshi yomon o'yin ko'rsatmadik, deb hisoblayman. Ertangi bahsda ham chiroyli o'yin ko'rsatib, maqsadimizga erishamiz.

Raqibimiz tarkibida hamyurtimiz Sardor Rashidov to'p tepadi. U O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi hisoblanadi. Keyingi yillarda u yuqori o'sishga erishdi va “Al Jayish”ning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. Ertangi bahsda faqat g'alaba har ikki tomon uchun ham muhim. Nasib etsa, muxlislarimizni xursand qiladigan natijaga erishamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz