Otabek Jo'raqo'ziev: "Mali taktik va texnik jihatdan kuchli jamoa ekan"
08 iyu 2024 00:43
Yangiliklar
Otabek Jo'raqo'ziev: "Mali taktik va texnik jihatdan kuchli jamoa ekan"
– O'yin haqida
– Mali Olimpiadaga yo'llanma olgan jamoa. Ular to'p bilan yaxshi muomala qilishadi. Taktik va texnik jihatdan kuchli jamoa. O'yinga munosib tayyorlandik. Himoyada ozgina xatoga yo'l qo'ydik. SHunday bo'lsa ham bugun yaxshi o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman. Ertadan tiklanishni boshlaymiz, shundan so'ng keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.
– Mali futbolchilarining gavdasi juda baland ekan. Bu sizlarga muammo tug'dirmadimi?
– Yo'q, bu narsa muammo tug'dirmadi.
– Bugun birinchi taymdan keyin barcha futbolchilar almashtirildi. Bu oldindan rejalashtirilganmidi?
– Ha, bugun barcha o'yinchilarga imkoniyat berilishini aytishgandi. Oldimizda qisqa vaqt davomida ikkita o'yin edi. Jamoamiz murabbiylari hammaga imkoniyat berilishini malum qilishgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar