So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  22 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

Otabek G'ulomxo'jaev: "Bugun muhim g'alabani qo'lga kiritdik" Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev: "Bugun muhim g'alabani qo'lga kiritdik"

Superliga ikkinchi turidan o'rin olgan "Andijon" hamda "Surxon" bahsidan keyin (1:0) mezbonlar bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.





O'yin haqida

- Avvalambor, "Andijon" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman! Yigitlarga jangovar o'yin uchun katta rahmat!  O'tgan o'yinda jamoada o'yin sifati bor edi. Bugungi o'yin bilan o'tgan o'yinni solishtirib bo'lmaydi, lekin futbolda muhimi – natija, bugun muhim g'alabani qo'lga kiritdik. "Surxon"ga keyingi o'yinlarda omad tilab qolaman.

- Edgar Bernxardt va Martin Boakini almashtirdingiz. Ularning o'yinidan qoniqdingizmi? Muxlislarda ularga nisbatan etiroz ko'p bo'ldi. 

- Edgar qishki yig'in davomida o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. Uni olib qolishga qaror qildik. Bilmadim, nima sababdan o'yini ochilib ketmayapti, bu borada u bilan gaplashib olamiz. 

Martin bo'yicha fikr bildirsam, u yomon hujumchi emas. Faqat bitta nuqtani qo'yib olishi kerak. Hujumchi o'z-o'ziga yaxshi vaziyatlar hosil qilishi kerak. U jamoaga yangi kelib qo'shildi, endigina 10 kun bo'ldi. Xudo xohlasa hali chempionat davomida o'zini ko'rsatadi.

- O'tgan yildan beri o'yin tashkil qilish masalasida o'zingiz istagan jamoani tuza oldingizmi? Buni foiz bo'yicha hisoblasak, necha foizni tashkil etadi?

- O'yin tashkil etishda 30% deya olaman. Sababi – jamoaga yangi kelganlar chempionat boshlanishiga oz qolganda safimizga qo'shilishgan.  Jumladan, Jaloliddinov, Dimov, Ismoilov, Boaki o'quv-mashg'ulot yig'inining birinchi qismida ishtirok etmagan. Bu endi o'yindan o'yinga bartaraf qilinadi. O'ylashimcha, 2-3 turdan keyin 80%ga men xohlagan futbolni namoyish qila boshlaymiz. Bugungi o'yinda bosim kuchli bo'ldi, ko'plab futbolchilarimiz yosh, hali bunday atmosferada o'ynashmagan. 

- O'yinda asosan, qanot futbolchilarimiz xatolikka yo'l qo'yishdi. Bunga nima deysiz?

- Menimcha, chap qanot himoyachimiz(Abdug'ani Kamolov)ni aytyapsiz. Aslida o'ylagan rejamiz boshqacha edi, nimaga deganda, tajribali o'yinchimiz Ibrohim Otaxonov qanotda yordam berishi kerak edi. Kamolov bilan bog'liq holat sekin-sekin o'nglanib boradi, U Olimpiya terma jamoamizga nomzod sanaladi. 

- Birinchi goldan keyin "Andijon" sustlashdi. Nega bunday bo'ldi?

- To'g'ri, ozgina pala-partishlik bo'ldi, to'p nazoratini boy berdik. Ammo ahamiyat bergan bo'lsangiz, 75-daqiqadan keyin yana ustunlikka ega chiqib oldik, bir nechta vaziyatlarni yaratdik. Menimcha, bugungi futbol muxlislarga manzur keldi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика